TEHRON KONFERENSIYASI (1943) — 2jahon urushi davridagi 3 ittifoqchi davlat rahbarlarining konferensiyasi. SSSR (I. V. Stalin), AQSH (F. Ruzvelt) va Buyuk Britaniya (U. Cherchill) qatnashgan. 28 noyab. — 1 dek. da Texron (Eron)da boʻlgan. Germaniyaga qarshi urushda birgalikda harakat qilish va 3 davlatning urushdan keyingi hamkorlik aloqalari haqida Deklaratsiyalar hamda 1944-y. 1-mayidan kechiktirmasdan Yevropada 2front ochish, Polshaning urushdan keyingi chegaralari haqida va b. qarorlar qabul qilingan. SSSR delegatsiyasi ittifoqchilar istaklarini inobatga olib, Germaniya armiyasi tormor etilgandan soʻng, Yaponiyaga qarshi urush eʼlon qilishga vaʼda bergan.