TELISHEVSKIY Isidor Abramovich

TELISHEVSKIY Isidor Abramovich (1910.16.12 Toshkent 1976.22.2) — dermatovenerolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1974), tibbiyot fanlari dri (1966), prof. (1967). ToshTI ni tugatgan (1935). Oʻzbekistonda teri va tanosil kasalliklari i. t. institutida kichik (1935—37) va katta (1937—43) ilmiy xodim, direktor (1943—47), Toshkent vrachlar malakasini oshirish inti teri va tanosil kasalliklari kafedrasi dotsenti (1947—66), 1966-y. dan mudiri va prof. Ilmiy ishlari dermatozlarni davolashga oid. Teri kasalliklarini Chortok. mineral suvi bilan davolash ustida tadqiqot ishlari olib borgan.

Prev Article

TELES

Next Article

TELLER