TER

TERter bezlari ajratib chikaradigan tiniq suyuklik. Odam teri tarkibida 97,5— 99,5% suv, oz miqdorda xlorid, fosfat tuzlari va baʼzi bir boshka moddalar (mochevina, siydik kislota, kreatinin va b.) bor. Teri yuzasida toʻplanadigan Ter moy bezlari ajratgan sekretga doimo aralashib ketadi. Ter tarkibi organizmning holatiga (yaʼni qon tarkibida turli moddalar boʻlishiga), terlash darajasiga boglik. Odam bir kechakunduzda 0,5—1,0 l T. chiqaradi. Bu jismoniy ishning jadalligi, tashqi muhit xarorati va ichilgan suyuqlik mikdoriga bogʻliq. Koʻp dori moddalari organizmdan Ter bilan ajraladi.

Prev Article

TEPLOVOZ

Next Article

TER BEZLARI