TERMOMAGNIT HODISALAR

TERMOMAGNIT HODISALAR – t-ra gradiyenti mavjud boʻlgan oʻtkazgich va yarimoʻtkazgichlarni magnit maydoniga kiritilganda hosil boʻladigan hodisalar. Bunda magnit maydoni elektron (kovak) lar harakatini oʻzgartirishi natijasida oʻtkazgich uchlarida elektr potensiallar va qoʻshimcha tralar farqi vujudga keladi. Magnit maydoni kuchlanganligi, t-ra gradiyenti, issiklik oqimining zichligi va bu hodisa oʻlchanadigan yoʻnalishga parallel vektorlarning oʻzaro vaziyatiga qarab, Termomagnit hodisalar har xil boʻladi. t-ra gradiyentiga perpendikulyar yoʻnalishda oʻlchanayotgan Termomagnit hodisalar koʻndalang, parallel yoʻnalishda oʻlchanayotgani esa boʻylama Termomagnit hodisalar deb ataladi.

Next Article

TERMOMETRIYA