TEXNIKA EKINLARI

TEXNIKA EKINLARIsanoat xom ashyosi sifatida yetishtiriladigan (xom ashyo beradigan) bir va koʻp yillik qishloq xoʻjaligi. ekinlari Texnika ekinlari bir qancha botanik oilaga mansub; ularga kraxmalli ekinlar (kartoshka, batat va b.); shakarli ekinlar (qand lavlagi, shakarqamish va b.); moyli ekinlar (kungabokar, kanakunjut, yer yongʻoq, soya, raps, maxsar, xantal, indov, zigʻir va b.); tolali ekinlar (gʻoʻza, tolali zigʻir, kanop, jut va b.); efir moyli oʻsimliklar (atirgul, koʻknor, yorongul, yalpiz va b.); kauchukli oʻsimliklar (geveya, gvayula, koʻksagʻiz, tovsagʻiz); oshlovchi modda olinadigan oʻsimliklar (skumpiya, badan); poʻkakli (poʻkakli dub v b.); dorivor oʻsimliklar (valeriana, belladona, jenshen va b.) kiradi. Texnika ekinlarini bu tariqa boʻlish shartlidir, chunki koʻpgina boshqa ekinlar ham texnik xom ashyo beradi (mas., donli ekinlar). Baʼzi Texnika ekinlari, mas., gʻoʻza, zigʻir, kanopdan toladan tashqari moy ham olinadi.

Next Article

TEXNIKUM