TOJIKISTON

TOJIKISTON (Tochikiston), Tojikiston Respublikasi (Chumhurii Tochikiston) — Oʻrta Osiyoning jan. sharkida joylashgan davlat. Mayd. 143,1 ming km2. Aholisi 6578,5 ming kishi (2002). Poytaxti — Dushanba sh. Maʼmuriy jihatdan Togʻli Badaxshon muxtor viloyati, 2 viloyat va 45 tumanga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Tojikiston — respublika, unitar demokratik ijtimoiyhuquqiy davlat. Amaldagi Konstitutsiyasi 1994-y. 6 noyab. da kabul kilingan. Davlat boshligʻiprezident (1994-y. dan E. Raxmonov), u T. fukarolari tomonidan 7 y. muddatga saylanadi.

Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Majlisi Oli, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligida Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.

Tabiati. Tojikiston togʻli mamlakat, hududining 93% ini 300 m dan 7495 m balandlikkacha boʻlgan togʻlar, shuningdek, Oʻrta Osiyoning eng yirik togʻlari — Tyanshan va Pomir sistemasiga kiradigan togʻlar egallaydi. Hududining qariyb yarmini 3000 m dan baland boʻlgan togʻliklar tashkil etadi. Dare vodiylarining kengaygan joylari va togʻ oraligʻidagi soyliklar tekisliklardan iborat, shim. da Qurama tizma togʻlari (Boboiob togʻi, bal. 3769 m) va Moʻgʻultogʻ togʻlari (1624 m) joylashgan. Tojikiston markaziy qismida Olay tizma togʻlari (gʻarbiy qismi, 5539 m), Turkiston (5509 m), Zarafshon (5489 m, Chimtargʻa togʻi), Hisor va Qorategin tizma togʻlari (4643 m) va Zarafshon vodiysi (Turkiston va Zarafshon tizma togʻlari orasida), jan. gʻarbiy qismida (HisorOlay tizma togʻlarining jan. da va Pomirning gʻarbida) unchalik baland boʻlmagan Bobotogʻ, Oqtogʻ, Qoratogʻ, Teraklitogʻ, Sarsarak, Rangontogʻ, Ilonlitogʻ va b. bor. Ushbu togʻlardan ayrimlari jan. va jan. gʻarb tomonga pasaya borib, Panj va Amudaryo qirgʻoklarigacha qoʻshilib ketgan tekisliklardan iborat. Yuqoridagi tizma togʻlar oraligʻida Hisor, Vaxsh, Yovon, Quyi Kofarnihon, Surxob (Qizilsuv) va Yaxsuv vodiylari joylashgan. Tojikiston jan. sharqiy qismida Pomir togʻlari qad. koʻtargan (T. ning eng baland joyi — 7495 m). Uning markazida Muzkoʻl tizma togʻlari va jan. gʻarbda Shim. va Jan. Alichur tizma togʻlari joylashgan.

Tojikiston hududida Oʻrta va Jan. Tyanshan, Pomir burmali tizimlari hamda 2 yirik togʻlararo botiq (Fargʻona va Tojikiston depressiyalari) bor. Pomir va HisorOlay tizma togʻlarida togʻ billuri, oltin, kumush, simob, surma, mishyak, volfram, molibden, toshtuz, asbest, kumir, neft, tabiiy gaz, temir, rux, qimmatli toshlardan laʼl, lojuvard, marmar konlari mavjud. Oʻnlab mineral buloqlar, shu jumladan, Garmchashma shifobaxsh bulogʻi mashhur. Iqlimi kontinental. Yanv. da oʻrtacha t-ra vodiy va togʻ yon bagʻirlarida 2° dan —2° gacha, Pomirda —22°. Iyulning oʻrtacha trasi vodiylarda 30°, Pomirda 10°, eng yuqori t-ra 48° gacha (Vaxsh vodiysi va Quyi Panjda). Yillik yogʻin miqsori Hisor tizma togʻlarining shim. yon bagʻirlarida 1600 mm gacha. Tojikiston markazi va jan. da yoz va kuzda quruq issiq shamol va qisman garmsel, jan. da afgʻon shamoli esadi. Asosan, Pomir hududida mingdan ortiq kattakichik muzliklar bor. Dare koʻp, uz. 10 km dan ortiq boʻlgan daryolar 947 ta. Ular, asosan, Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryosi havzalariga mansub. Faqat Sharqiy Pomirdagi Oqjilgʻa, Qorajilgʻa va Muzkoʻl daryolari berkkoʻl — Qorakoʻlga quyiladi.

Tojikistonda 930 koʻl boʻlib, aksariyati Pomir va XisorOlay tizma togʻlari etagida joylashgan. Sarez, Yashilkoʻl, Iskandarkoʻl, Kattakoʻl koʻllari, Qayroqqum, Norak, Farhod, Kattasoy, Moʻminobod va b. suv omborlari bor. Tojikiston jan. gʻarbi va shim. dagi pasttekisliklarda och kulrang, togʻ yon bagʻirlarida tabiiy kulrang, toʻq kulrang yoki jigarrang tuproklar uchraydi. Shim. va HisorOlay etaklari tuproqlari och jigarrang, yuqoriroqda tabiiy jigarrang tuproklar. Gʻarbiy Pomir soyliklarida toʻq kulrang, Sharqiy Pomirda esa choʻl tuproqlari mavjud. Tojikiston hududida oʻsimliklarning 4,5 mingdan ortiq turi usadi. Togʻ yon bagʻirlarida, shuningdek, Qurama, Zarafshon, Hisor tizma togʻlarida butazor va archazor, Dangʻara, Moʻminobod, Xovaling, Chubek va Farxor atrofidagi togʻ va togʻ yon bagʻirlarida pista, yongʻoq, anor, olcha, oʻrik, nok, tut, bodom, doʻlana, jiyda, archa va b. yovvoyi mevali daraxtlar oʻsadi.

Hayvonot dunyosi boy. Sut emizuvchilarning 84, qushlarning 346, sudralib yuruvchilarning 44, hasharotlarning 10 mingdan ortiq, baliqlarning 40 turi mavjud. Yovvoyi hayvonlardan toʻngʻiz, yovvoyi echki, arxar, kiyik, ayiq, sugʻur, qushlardan tovushqon, kaklik, chil, qirgʻovul, bedana va b. mavjud. Jan. sharq va shim. dagi togʻlarda qoplon, boʻri, tulki, jayra, qashqaldoq, ilon, yovvoyi mushuk, togʻ echkisi, kiyik, parrandalardan burgut, oʻrdak, laylak va b. jonivorlar uchraydi. Tabiatni qoʻriqlash maqsadida Polvontoʻqay, Romit, Dashtijum qoʻriqxonalari va botanika bogʻlari tashkil etilgan.

Aholisi. Asosiy aholisi — tojiklar; oʻzbek, rus, qirgʻiz, turkman va b. ham yashaydi. Davlat tilitojik tili. Dindorlarning aksariyati sunniy musulmonlar. Shahar aholisi 28,3%. Yirik shaharlari: Dushanba, Xoʻjand, Qoʻrgʻontepa, Koʻlob, Ustrushona, Xorugʻ va b.

Tarixi. Oʻrta Osiyo, jumladan, hozirgi Tojikiston xududidan soʻnggi paleolit davriga oid qurollar topilgan. Qadimda Baqgriya davlati vujudga keddi. Keyinchalik Tojikiston hududida Axomaniylar hukmronligi oʻrnatildi. 329-y. da makedoniyalik Aleksandr qoʻshinlari bostirib keldi, xalq unga qattiq qarshilik koʻrsatdi. Natijada Tojikiston hududining bir qismi Salavkiylar davlati tarkibiga, soʻng hududning aksariyat qismi YunonBaqtriya podsholigi tarkibiga kirdi. Kushonlar davrida yirik sugʻorish kanallari qurildi, shaharsozlik, hunarmandchilik yuqori darajaga koʻtarildi, ayniqsa, qoʻshni mamlakatlar bilan savdosotiq va ijtimoiy aloqalar rivojlana bordi. Yunon yozuvi asosida kushon yozuvi paydo boʻldi.

5—6-a. larda Oʻrta Osiyoning sharqiy qismini koʻchmanchi xioniy qabilalari, soʻngra eftaliylar egallab oldi. 6-a. 2yarmida Tojikiston hududi Turk xoqokpigi tarkibiga qoʻshib olindi. 8-a. oʻrtalarida arablar bostirib kelishi natijasida islom dini joriy qilina boshlandi. 9—10-a. larda Tojikiston hududi Toxiriylar va Somoniylar davlati tarkibida, 9—13-a. larda Gʻaznaviylar, Krraxoniylar, Gʻuriylar, Qoraxitoylar, Xorazmshohlar davlatlari tarkibida boʻlgan. Tojikiston hududiga bostirib kirgan Chingizxon qoʻshinlari (1219—21) aholining qattiq qarshiligiga duch keldi (Xoʻjandda Temur Malik boshchiligidagi xalq qarshiligi va b.). Moʻgʻullar istilosi iqtisodiyijtimoiy va madaniy hayotga jiddiy zarar yetkazdi. 14-a. ning 2yarmiga kelib, xoʻjalik qaytadan tiklana boshladi. Tojikiston hududi bu davrda Amir Temur va temuriylar, 16-a. da esa Shayboniylar saltanati tarkibida boʻldi. Soʻngra Buxoro amirligi qoʻl ostiga oʻtib, 19-a. ning boshlarida Buxoro amirligi va Qoʻqon xonligi oʻrtasida taqsimlandi. 19-a. ning 2yarmida podsho Rossiyasi tomonidan zabt etildi. Rossiyada Okt. toʻntarishi (1917)dan soʻng aholining jiddiy qarshiligiga (Ibrohimbek, Eshon Sulton, Davlatmandbiy, Fuzayl Maxsumlar boshchiligida) qaramasdan, Tojikiston bolsheviklar tomonidan bosib olindi. 1917-y. noyab. — 1918-y. fev. da Shim. Tojikistonda shoʻro hokimiyati oʻrnatildi va u Turkiston ASSR tarkibiga kirdi. Tojikistonning qolgan hududi Buxoro amirligi tarkibida boʻldi. 1920-y. Buxoro bosqinidan keyin BXSR tashkil etildi. 1924-y. Oʻrta Osiyo respublikalarini «milliydavlat chegaralanishi» deb atalgan boʻlib tashlash natijasida Tojikiston Oʻzbekiston SSR tarkibida muxtor respublika, 1929-y. esa SSSR tarkibida ittifokdosh respublikaga aylantirildi. 1991-y. 9 sent. da mustaqillik toʻgʻrisida deklaratsiya eʼlon qilindi va «Tojikiston Respublikasi» nomi tasdiklandi. Ittifoq tugatilib, Tojikiston 1991-y. sent. da mustaqillikka erishgach, turli etnik, diniy va mahalliy urugʻaymoqchilik guruxlari oʻrtasida qurolli toʻqnashuvlar boshlandi, bu esa mamlakat siyosiy hayotida beqarorlikka olib keldi. Nihoyat, 1997-y. da oʻzaro muxolif kuchlar milliy murosaga kelib, tinchlik oʻrnatildi. Tojikiston — 1992-y. dan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1992-y. 6 yanv. da tan olgan va oʻsha yil 1 okt. da diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 9 sent. — Mustaqillik kuni (1991).

Siyosiy partiyalari va harakatlar. Tojikiston xalqdemokratik partiyasi, 1994-y. xalq partiyasi nomi bilan taʼsis etilgan, 1997-y. dan hoz. nomda; T. kommunistik partiyasi, 1924-y. tuzilgan, 1992-y. yanv. da tugatilib, mart oyida qayta tashkil etilgan; T. uygʻonish va milliy birlik harakati; Adolatxoh partiyasi, 1996-y. tuzilgan; Agrar partiya, 1999-y. taʼsis etilgan; T. islom uygʻonish partiyasi (Hizbi nahzati islomii Tochikiston), 1978-y. yashirin ravishda tashkil etilgan, 1991-y. dan oshkora faoliyat yuritadi; T. demokratik partiyasi, 1990-y. tuzilgan; T. sotsialistik partiyasi, 1996-y. taʼsis etilgan.

Xoʻjaligi. Tojikiston agrarindustrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi. ning ulushi 25%, sanoatniki 35%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 40%.

Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar 4,3 mln. gektar, shundan ekinzorlar 827631 gektar, yaylovlar 3,2 mln. gektar. Q. x. ning asosiy tarmogʻi — dehqonchilik boʻlib, jami qishloq xoʻjaligi. mahsulotining 65% ni beradi. Unda paxtachilik, ayniqsa, ingichka tolali paxta yetishtirish yetakchi oʻrinni egallaydi. Bogʻdorchilik, uzumchilik, pillachilik rivojlangan. Moyli ekinlar, zigʻir, kartoshka, sabzavotpoliz ekinlari, yemxashak ekinlari ekiladi, gʻalla va sholi ham yetishtiriladi. Togʻ oldi va togʻ mintaqalarining sugʻoriladigan yerlarida tamaki, Hisor va Vaxsh vodiylarida yorongul ekiladi. Sitrus mevalar yetishtirish yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Tojikistonning barcha hududlarida, ayniqsa, togʻ yon bagʻirlarida chorvachilik rivojlangan: qoramol, qoʻy, echki, parranda, yilqi boqiladi.

Sanoatining yetakchi tarmoqlari: yengil (paxta tozalash, ip gazlama, shoyi, tikuvchilik, gilam toʻqish), oziq-ovqat (meva konservasi, yogʻmoy va b.), rangli metallurgiya (rangli va noyob metall rudalari qazib chiqarish va boyitish, alyuminiy ishlab chiqarish. va b.), konchilik, kimyo sanoati (mineral oʻgʻit, plastmassa ishlab chiqarish.), mashinasozlik, metallsozlik. Tojikistonda osh tuzi, qoʻngʻir koʻmir, neft, gaz qazib olinadi; qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Elektroenergetika sanoati rivojlangan: Norak, Rogʻun va b. GESlarda elektr energiyasi hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 17 mlrd. kVtsoat).

Tojikiston uzunligi 490 km, avtomobil yoʻllari uz. 13 ming km. 1991-y. da tashkil etilgan «Tojikiston» aviatsiya kompaniyasi samolyotlari muntazam ravishda MDH mamlakatlarining Moskva, Samara, Novosibirsk, Olmaota, Bishkek, Ashxobod va b. shaharlariga hamda BAA (Sharja), Pokiston (Karochi), Afgʻoniston (Kobul), Eron (Mashhad), shuningdek, Xoʻjand va Xorugʻga uchadi. Dushanba va Xoʻjand sh. larida xalkaro aeroport bor.

Tashqi savdoda dunyoning 66 mamlakati, xususan, MDH davlatlari, Afgʻoniston, Xitoy bilan hamkorlik qiladi. Tojikiston chetga alyuminiy, paxta, elektr energiyasi, noyob metall va toshlar, rangli rudalar, hoʻl meva va sabzavot, teri, jun chiqaradi. Chetdan isteʼmol mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, transport vositalari oladi. Pul birligisomoniy.

Tibbiy xizmati. 90-y. lardagi siyosiy boshboshdoklik bu sohaga ham jiddiy taʼsir qildi. Mutaxassislarning bir qismi respublikani tark etganliklari bois, ushbu soha jiddiy zarar koʻrdi. Ayni paytda xalqaro hamjamiyatning koʻmagi asosida respublikada tibbiyot sohasi rivojlana boshladi. «Zumrad» (Isfara), Obigarm, Xoʻjaobigarm, Shambari, Qoratogʻ, Xavotogʻ, Garmchashma sanatoriy va kurortlari muhim shifobaxsh maskanlardir.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Maorifi boshlangʻich, toʻliqsiz oʻrta, umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlaridan iborat. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Tojikiston unti, politexnika, qishloq xoʻjaligi., sanʼat, tibbiyot, ped. intlari, Koʻlob va Xoʻjand ped. intlari. Bundan tashqari turli vazirliklarga qarashli ilmiy muassasalar (veterinariya, dehqonchilik, epidemiologiya va gigiyena intlari kabilar) bor.

Respublikadagi i. t. lar Fanlar Akademiyasi tarkibidagi i. t. institutlari va markazlar doirasida amalga oshiriladi.

1999-y. T. dagi 8 yirik oliy oʻquv yurtlarining tashabbusi bilan tuzilgan Fan va maorifni rivojlantirish uyushmasi i. t. muassasalari, oliy va oʻrta oʻquv yurtlari jamoalarini birlashtirdi. U yangi axborot texnologiyalarini ishlab chiqib uni oliy va oʻrta taʼlim tizimiga joriy etish, i. t. larni rivojlantirish, xalqaro taʼlim andozalarini Tojikiston oliy va oʻrta taʼlim tizimiga joriy etishga, bu sohada xalqaro tajriba ayirboshlashga koʻmaklashish kabi ishlar bilan shugʻullana boshladi. Tojikistonda Firdavsiy nomidagi Tojikiston davlat kutubxonasi, T. Fanlar akademiyasining Markaziy ilmiy kutubxonasi va mingdan ortik, ommaviy kutubxona; 15 davlat muzeyi (Dushanbada Tarix-oʻlkashunoslik va tasviriy sanʼat muzeyi, S. Ayniy nomidagi adabiyot muzeyi, Panjakentda A. Rudakiy nomidagi respublika tarixoʻlkashunoslik muzeyi va b.) bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Tojikistonda bir qancha gaz. va jurnali nashr etiladi. Asosiylari: «Jumhuriyat» (tojik tilida chikadigan gaz., 1925-y. dan «Idi tojik», 1955—91 y. larda «Tojikistoni Soveti» nomida chiqqan), «Xalq ovozi» (oʻzbek tilida chiqadigan gaz., 1929—91 y. larda «Sovet Tojikistoni» nomi bilan chiqqan), «Sadoi mardum» («Xalq ovozi», gaz., 1992-y. dan), «Biznes i politika» («Biznes va siyosat», gaz., 1994-y. dan); adabiybadiiy jurnalilar: tojik tilida «Sadoi Sharq» («Sharq ovozi»), «Madaniyati Tojikiston» («Tojikiston madaniyati»), rus tilida «Pamir» («Pomir») va b. T. axborot agentligi (hoz. «Xovar» axborot agentligi) 1933-y. da tashkil etilgan. Tojikistonda radioeshittirishlar 1928-y. dan, Dushanba televizion markazi 1959-y. dan ishlay boshlagan.

Adabiyoti. Tojik xalqining adabiyoti va madaniyati juda qad. va boy tarixga ega. Tojik yozma adabiyotining manbalari hoz. Eron, Afgʻoniston va Oʻrta Osiyo hududida yaratilgan qad. xalq ogʻzaki ijodidan boshlanadi. 9—15-a. larda forsiy (dariy) tilidagi mumtoz adabiyot tojik va forsiy xalklar tarixiymadaniy taraqqiyotining hosilasi edi. Tojik adabiyoti bir necha davrni oʻz ichiga oladi: 1davr — forslar va tojiklar uchun umumiy boʻlgan fors tilidagi 9—15-a. lar adabiyoti; 2davr — asosan, Oʻrta Osiyo hududida 16 — 19-a. ning 1yarmida mavjud boʻlgan tojik adabiyotini; 3davr — 19-a. ning 2yarmidan 20-a. ning 30-y. larigacha boʻlgan tojik adabiyotini; 4davr — 20-a. ning 30-y. laridan hozirgacha boʻlgan tojik adabiyotini oʻz ichiga oladi.

9 — 10-a. larda forstojik tilidagi adabiyot, ayniqsa, tez rivojlandi, shu sababli bu davr haqli ravishda tojik mumtoz sheʼriyatining «oltin asri» hisoblanadi. Somoniylar davlatining markazi Buxoroda fors tilidagi sheʼriyat asoschisi Abu Abdulloh Rudakiy ijod qildi. Sheʼriy, nasriy, falsafiytaʼlimiy asarlarda qad. xalqanʼanalari va qahramonlik voqealari, adolatli shohlar obrazlari qalamga olina boshladi. Abu Shukur Balxiy, Abulhasan Kisoiy, Daqiqiy ijodlarida insoparvarlik va adolat goyalari targʻib qilinib, zulm qoralandi. 10-a. oxiri va 11-a. boshlarida forstojik shoiri Abulkrsim Firdavsiy oʻzining oʻlmas «Shohnoma»sini yaratdi. 10-a. oxirida Eron va Oʻrta Osiyoga sufizm gʻoyalari kirib kelib, shu asosda diniyfalsafiy taʼlimotlar, jumladan, ismoiliylar oqimining adabiyotga taʼsiri kuchaydi. Ismoiliylarning gʻoyalari shoir va mutafakkir Nosir Xisrav ijodida aks etdi.

13-a. boshlarida moʻgʻullar bosqini adabiy va falsafiy goyalarning rivojiga 2 asr davomida katta zarba bergan boʻlsada, Hindistonning shim. (Xusrav Dehlaviy), Eronning jan. (Saʼdiy va uning zamondoshlari), Kichik Osiyo (Jaloliddin Rumiy)da forstojik tilidagi adabiyot rivoji davom etdi. 15-a. ga kelib Oʻrta Osiyoda adabiyfalsafiy hayot astasekin tiklana bordi. Hirot madaniy va adabiy hayot markaziga aylandi. Bu yerda, ayniqsa, temuriylar hukmronligining soʻngti yillarida atoqli shoir va adiblar toʻplangan edi. Adabiy harakat boshida forstojik shoiri Abdurahmon Jomiy va oʻzbek shoiri Alisher Navoiy turar edilar.

16-a. dan tojik adabiyoti fors tilidagi adabiyotlarning umumiy oqimidan ajralib, mustaqil rivojlandi. 19-a. ning 2yarmi — 20-a. boshlarida tojik adabiyotida maʼrifatparvarlik oqimi vujudga keldi. Bu oqimning asoschisi tojik va oʻzbek xalqlarining mutafakkiri Ahmad Donish edi. Shoir va yozuvchilardan Rahmatullo Vozeh, Shamsiddin Shohin (1859 — 93), Muhammad Hayrat (18781902) gʻoyaviy jihatdan Ahmad Donishga yaqin edilar. Tojik maʼrifatchilik adabiyotida yangi janrlar (realistik hikoya, falsafiyromantik qissa va b.) paydo boʻldi, adabiy til xalq tiliga yaqinlasha boshladi. 20-a. ning boshlarida Sadriddin Ayniy, Toshxoʻja Asiriy, Siroj Hakim kabi yozuvchilar maʼrifatchilik adabiyoti anʼanalarini davom ettiribgina qolmasdan, adabiyotni xalq hayotiga yaqinlashtirishda katta ishlar qildilar. 1920—30 y. larning boshlarida Abulqosim Lohutiy ijodi muhim oʻrin egalladi. Bu davrda S Ayniy «Odina» (1924), «Doxunda» (1930) kabi nasriy asarlarini yaratdi. 30-y. lar boshida adabiyotga Mirzo Tursunzoda, Jalol Ikromiy, Abdusalom Dehotiy, Rahim Jalil, Hakim Karim, Mirsaid Mirshakar, Sotoʻm Ulugʻzoda va b. kirib keldi. 2jahon urushi yillarida tojik adabiyoti ham butun kuchini fashizmga qarshi kurashga qaratdi. Urushdan keyingi yillarda M. Tursunzodaning «Hindiston qissasi» sheʼriy majmuasi (1947 — 1948), «Hasan aravakash» (1954), «Osiyo sadosi» (1956), «Jonginam» (1960), «Gangadan Kremlgacha» (1970) dostonlari, Mirsaid Mirshakarning «Jilovlanmagan Panj» (1949), «Togʻlik qizning ishqi» (1961—62), «Muhabbatning varaqlari» (1975) toʻplamlari va «Vatan farzandlari» pyesasi, Foteh Niyoziyning «Vafo» (2 qismdan iborat, 1949— 58), «Qurolsiz sarbozlar» (1985), Sotim Ulugʻzodaning «Yangilangan yer», Rahim Jalilning «Shoʻrob» romanlari nashr etildi. 1980—90 y. lar adabiyotga yozuvchi va shoirlarning yangi avlodi kirib keldi. Bu davrda Moʻmin Qanoatning «Sino beshigi» (1980), «Olovli muhabbat» (1985) dostonlari, Loiq Sheralining «Oq kun» (1984), «Dil uyi» (1986), «Oftobboron» (1988), «Mozor toshi» (1996) sheʼriy toʻplamlari, Bozor Sobirning «Tun kiprigi» (1981), «Oftobnihol» (1982), «Tatib, tuyib» (1987) sheʼriy majmualari, Gulnazar Keldiyevning «Langar» (1984), «Daryo oʻzani» (1986), Gulruxsor Safiyevaning «Ixlos» (1980), «Sugʻd alangasi» (1981), «Boxtar ruhi» (1987) sheʼriy toʻplamlari va «Sabzabahor ayollari» romani (1991) yaratildi. 1990-y. lardan keyin adabiyotga kirib kelgan Farzona, Iskandari Xatloniy va yana koʻplab yosh qalamkashlar tojik adabiyotining rivojida muhim oʻrin tutadi. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Tojik xalqining badiiy madaniyati qoʻshni xalqlar, ayniqsa, oʻzbeklar madaniyati bilan oʻzaro bogʻliqlikda rivojlangan. Tojikiston hududidan topilgan tasviriy sanʼat yodgorliklarining eng qad. si Sharqiy Pomirdagi mezolit (mil. av. 15—10ming yilliklar) davriga oid qoyatosh suratlaridir. Jumladan, Panjakentdan topilgan qoya suratida arfa chalayotgan qiz tasvirlangan (7—8-a. lar). 5—8-a. boshlarida Tojikiston hududida devor va minoralar bilan shahristonga ega boʻlgan shaharlar paydo boʻldi. Mintaqada islom dini tarqalgach, Tojikiston meʼmorligida masjid va madrasalar, minora, maqbara va xonaqohlar qad. koʻtardi. 9—10-a. lardan qurilishda pishiq gʻisht ishlatila boshlandi. 11—12a. larda Mozori Sharifda Muhammad Basharo maqbarasi, 14 — 15-a. larda Ustrushonada Koʻk gumbaz masjidi, 11 — 12 va 15-a. larda Konibodomda Muslihiddin maqbarasi barpo etidsi. 14-a. oxiri — 15-a. larda monumental bezak sanʼatida yogʻoch va ganchga naqsh oʻyish, sirlangan va sirlanmagan sopol, yogʻoch va ganchga tuxumli tempera bilan naqsh solish, zardoʻzlik va b. keng tarqaldi. Tojikiston meʼmorligi 1 qavat paxsa yoki xom gʻishtli uysozlikdan bosh reja asosida qurilayotgan shaharlargacha boʻlgan taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi. 1930-y. larda Dushanba, Xoʻjand, Koʻlob, Konibodom sh. lari bosh reja asosida kurila boshladi. 1930—40y. lar boshlaridagi shaharsozlikda Oʻrta Osiyo meʼmorligi elementlari boʻlgan klassitsizm shakllari ustunlik qildi. 50-y. larning 2yarmida sharq anʼanalarini oʻzida mujassamlashtirgan binolar paydo boʻla boshladi. 1960-y. lardan soʻng Tojikiston meʼmorlari kichik mavzelar barpo etishga oʻtdilar. Sanoat rivojlanishi tufayli Qoʻrgʻontepa, Tursunzoda, Norak, Yovon singari yangi zamonaviy shaharlar qad. koʻtardi. Dushanbadagi «Tojikiston» mehmonxonasi (1975, meʼmori A. I. Onishchenko), kinokonsert zali (1985, meʼmori S. M. Sutyagin) kabi zamonaviy muhtasham binolar barpo qilindi.

Tojikistonda zamonaviy tasviriy sanʼat 20-a. ning 20-y. larida vujudga kela boshladi. Ilk rassomlar siyosiy va tashviqiy plakatlar, hajviy jurnalilar uchun bezaklar yaratish, oʻquv darsliklari va badiiy asarlarni bezash bilan shugullandilar. 2jahon urushi davrida grafika, plakat va, ayniqsa, karikatura rivojlandi. 40-y. lar oxiri va 50-y. larda tasviriy sanʼat janrlari koʻpaydi, rassomlar mahorati oshdi. 1947-y. Respublika tasviriy sanʼat muzeyining ochilishi bunga yaxshi sharoit yaratdi. Peyzaj janrida I. Abdurahmonov, F. Solmonov, S. Zaxarov salmoqli muvaffaqiyatga erishdilar. Keyinchalik yetishib chiqqan rassomlar I. Raximov, X. Xushvaqtov, 3. Habibullayev, A. Aminjonov, haykaltaroshlar A. Gʻaniyev, K. Jumagazin, grafik rassomlar K. Turenko, X. Rasulov, D. Safoyevpar hayotiy mavzularda ijod qildilar. X. Xushvaqtovning «Xorugʻ», «Olay vodiysi», «Pomir togʻlarida», 3. Habibullayevning «Gʻijjak», «Yaylovda bahor» asarlari zoʻr mahorat bilan yaratilgan.

1990-y. lar Tojikiston tasviriy sanʼatida milliy anʼanalarni, zamonaviy badiiy gʻoyalarni chuqurroq singdirishga asosiy ahamiyat berildi. Chunonchi, rassom S. Qurbonov ijodiga tojik xalqining tarixi, milliylik ildizlari, urfodatlari goʻzal shakllarda romantik badiiy uslubda aks ettirilgan. Tojikiston xalqining koʻp asrlik tasviriy va amaliy sanʼatida bezak asosiy yoʻnalish boʻlgan. M. Xushmuhamedov, A. Haydarov, A. Kamelin, A. Raximov, M. Beknazarovlar milliy meros anʼanalarini birmuncha yangilagan holda mana shu yoʻnalishda ijod qilmoqdalar. P. Falbov, S. Sharipov, A. Sayfiddinov kabi rassomlar bu sohada yangi yoʻnalish yaratish yoʻliga tushib oddilar. L. Irismetova, M. Nosirova, M. Qodirova, M. Qurbonova, 3. Davlatshoyeva, D. Mamajonova, N. Hamidova, S. Saidova singari isteʼdodli ayol rassomlar yetishib chikdi. Tojikiston zamonaviy haykaltaroshligi (A. Bikasiyon, V. Odinayev, J. Toshmatov asarlari) da ham yangi yoʻnalish boshlangani seziladi. A. Lohutiy (haykaltarosh I. Milashevich), Mirzo Tursunzoda (haykaltarosh A. Bikasiyon) haykallari, B. Gʻafurov byusti (haykaltarosh I. Ivanov), Dushanba sh. dagi «Vaxdat» memoriali (1999), Qoʻrgʻontepadagi Ismoil Somoniy haykali (1999) shundan dalolat beradi.

Amaliy sanʼat sohasida — kulolchilikda A. va B. Mavlonovlar, S. va S. Soxibovlar, M. Mirzoyev; naqqoshlikda M. Olimov, K. Gayurov; yogʻoch oʻymakorligida Yu. Baratbekov, A. Yoʻldoshev, A. Yahyoyev; kashtachilikda 3. Baxriddinovalar samarali ijod qilmoqsalar. 1998-y. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalila Tojikiston rassomlarining badiiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Unda Tojikiston istikdol davri tasviriy sanʼati keng namoyish etilgan. T. Meʼmorlar uyushmasi 1936-y., Rassomlar uyushmasi 1933-y. tashkil etilgan. Tojikiston badiiy sanʼat xodimlari Dushanbadagi Davlat Badiiy kollejida tayyorlanadi. Koʻpgina tojik sanʼatkorlari Oʻzbekiston sanʼat intlari va bilim yurtlarida taʼlim olgan.

Musiqasi. Anʼanaviy musiqa madaniyati boy va xilmaxil. U bir necha mahalliy uslubdan tashkil topgan. Sugʻd viloyatida azaldan yonmayon yashab kelgan tojik va oʻzbek xalqlarining musiqa anʼanalari oʻzaro qorishib ketgan. Ikkala qardosh xalq musiqa ijodida mehnat, maishiy va morosim qoʻshiqlari («Mayda», «Yoryor», «Naqsh» «Alla», «Boychechak», «Sadr», «Marsiya» kabi), lirik qoʻshiklar («muxammas», «bayt» va b.), laparlar, bastakorlar ashula va kuylari (Sodirxon hofiz Bobosharifov va b.), xalq va professional sozlardan dutor, gʻijjak, chang, nay, surnay, qoʻshnay, doyra va b. asosiy oʻrin tutadi (yana q. FargʻonaToshkenpg musiqa uslubi). Xatlon viloyatida «Falak» («Falaki») qoʻshiq turkumlari lirikfalsafiy mazmundagi forscha sheʼrlarga yakkaxon xonanda tomonidan soz joʻrligida aytiladi. Shu yerda yashayotgan oʻzbek (laqay)larning musiqa anʼanalari Oʻzbekistonning SurxondaryoQashqadaryo musiqa uslubiga yaqin: doston va terma janrlari, doʻmbira, changqoʻngʻiz, choʻpon nay ijrochiligi va h. k. Togʻli Badaxshon muxtor viloyatida istiqomat qilayotgan vanchlik, yazgulemlik, rushonliklar kabi elatlarda oʻyin qoʻshiq va kuylari («Aspakbozi», «Rupsak bazay» kabi), musiqiy tomosha («Bobo safar» «Moʻgʻulbozi»), «Dehqonnoma» kabi mehnat qoʻshiklari, «Chorbaytxo», «Gʻazalxo» kabi lirik qoʻshiqlar, ayollar ijodida — «Bulbulik», «Dargilak» kabi lirik aytimlar, cholgʻulardan esa soʻrnak (choʻpon nay), vanch dutori, pomir rubobi, blandzikom va b. mashhur. Mumtoz musiqa (maqom, ashula yoʻllari, cholgʻu kuylar) asosan shahar (Xoʻjand va b.)larda shakllangan. 20-a. oʻrtalaridan FartnaToshkent maqom yoʻllari bilan birga Buxoro Shashmaqomn ijrochiligi ham rivoj topgan (F. Shahobov, Sh. Sohibov, B. Fayzullayev va b.). T. da dastlabki musiqa oʻquv yurtlari 1929-y. Xoʻjandda, 1934-y. Dushanbada tashkil etilib, 1939-y. da birinchi tojik operasi «Vose qoʻzgʻoloni» (kompozitor S. A. Balasanyan) namoyish qilindi. Tojikistonda Sugʻd viloyat musiqali komediya teatri, davlat filarmoniyasi, «Gulshan» estrada ansambli (1966-y. dan), Borbad nomidagi konsert saroyi faoliyat koʻrsatadi. Bastakorlardan Aqmad Boboqulov, Boymuxdmmad Niyozov, Maʼrufxoʻja Bahodurov, xonandalardan Zafar Nozimov, Hanifa Mavlonova, Shohista Mullajonova, Joʻrabek Murodov, Joʻrabek Nabiyev, Nigina Raupova, Mastona Ergasheva, Davlatmand Xolov, Daler Nazarov, Afzalsho Shodiyevlarning tojik sanʼatini rivojlantirishdagi hissalari katta.

Teatri. Yevropacha tipdagi tojik teatri dastlab 1919-y. da Xoʻjandda, keyinchalik Konibodom, Oʻratepa va Isfarada havaskorlik teatrlari tarzida paydo boʻddi. 1929-y. Dushanbada havaskorlik toʻgaragida Tojik davlat drama teatri nomi bilan 1professional teatr (hoz. Lohutiy nomli teatr) tashkil etildi. 1932-y. Xoʻjandda musikali drama teatri ish boshladi. Ularda zamonaviy mavzudagi asarlar sahnalashtiryddi. A. Usmonovning «Kurash», K. Yashinning «Yondiramiz», J. Ikromiyning «Dushman», M. Tursunzodaning «Hukm», M. Aminzodaning «Sharaf» pyesalari koʻrsatildi. Firdavsiyning «Shohnoma»si asosidagi «Rustam va Suhrob», jahon mumtoz dramaturgiyasining «Otello», «Makr va muhabbat» asarlari Lohutiy nomli teatr sahnasida namoyish etildi. Aktyorlardan M. Qosimov, L. Zohidova, T. Fozilova, A. Burhonov, X. Rahmatullayev, G. Vallamatzoda, B. Tojiboyeva, balet raqkrsasi M. Sobirova va b. mashhur. Rudakiy nomidagi Xorugʻ va S. Valizoda nomidagi Koʻlob musikali drama teatrlari jamoalari Tojikistonda teatr sanʼatining rivojiga muhim hissa qoʻshdilar.

Kinosi. Tojikiston kinematografiyasi 1929-y. vujudga keldi. Dushanbaga 1poyezd kelishiga bagʻishlangan kinojurnal suratga olib koʻrsatildi. 1930-y. «Tojikkino» birlashmasi tashkil etildi. 1932-y. «Amirlar oʻlgan chogʻda» birinchi badiiy filmi yaratildi. 1939-y. «Bogʻ» (rej. N. V. Dostal), «Doʻstlar qayta uchrashganda» (rej. K. Yormatov) nomli dastlabki ovozli badiiy filmlar yaratildi. 40-y. larda harbiy vatanparvarlik mavzuidagi hujjatli filmlar («Temurning qasami», «Tojikiston farzandi» va b.) suratga olindi. 1957-y. rej. B. A. Kimyogarov S. Ayniyning «Doxunda» tarixiy qissasini, soʻng M. Tursunzodaning «Hasan aravakash» dostonini ekranlashtirdi. Shundan soʻng bir kator badiiy filmlar — «Doʻstim Navruzov» (rej. lar Sh. Qiyomov, N. Litus), «Togʻdagi chirok» (rej. B. Dolinov), «Bir qizni uchratdim» (rej. R. Ya. Perelshteyn), «Oʻgʻlim uylanmoqchi» (rej. T. Sobirov) badiiy filmlari yaratildi. 1960—70 y. larda yetishib chiqqan M. Qosimov, M. Oripov, S. Hamidov, V. Ahadov, B. Arabov kabi rej. lar kinematografiyaga yangi mavzu va uslublar olib kirdilar. Ularning «Nisso», «Togʻlarda yuragim qoldi», «Koʻhna masjid yonidagi uchrashuv», «Joʻra sarkor», «Uchinchi qiz» kabi filmlari muvaffaqiyat qozondi. 1970—1980-y. larda qator badiiy va hujjatli filmlar suratga olindi. D. Xudonazarov («Yoshlikning birinchi tongi»), Yu. Yusupov («Jinoyatchi va oqlovchi») kabi rej. lar mashhur boʻldi. Tojik kinosini rivojlantirishga rej. lardan K. Yormatov, N. Tillayev, artistlardan M. Qosimov, 3. Doʻstmatov, M. Vohidov, ssenariychilardan M. Tursunzoda, S. Ulugʻzoda, M. Mirshakar va b. katta hissa qoʻshdilar.

Oʻzbekiston — T. munosabatlari. Tojik va oʻzbek xalkdarining yashash sharoiti, urfodatlari, turmush tarzi bir-biriga nihoyatda yaqin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta I. A. Karimov taʼkidlaganidek, oʻzbek va tojik xalklari ikki tilda gaplashadigan bir xalq. Bu 2 xalqning oʻtmishda birgalashib, oʻz ozodligi, erki uchun kurashgani, oʻlmas meʼmoriy yodgorliklari va sanʼat durdonalarini yaratgani tarixdan maʼlum. Asrlar davomida kupgina tojik va oʻzbek sanʼatkorlari biribiriga ustoz, biribiriga shogird boʻlib ijod kilib kelishgan.

Ikki buyuk arbobJomiy bilan Navoiyning doʻstligi va hamkorligi tojik hamda oʻzbek adabiy va madaniy aloqalari tarixidagi yorqin sahifadir. Jomiy va Navoiy boshlab bergan zullisonaynlik anʼanalarini Mashrab, Turdi, Nodira, Furqat, Zavqiy, Anbar otin, Asiriy, Ayniy, Hamza va b. davom ettirdilar. Hamza tojik tilida ham gʻoyaviy badiiy jihatdan yetuk sheʼrlar yaratishi bilan barobar oʻzining drama truppasi bilan Tojikistonning shahar va tumanlarida tomoshalar koʻrsatdi.

S. Ayniy «Kullar» romanini oʻzbek tilida yaratdi va tojik hamda oʻzbek tilida samarali ijod qilib, oʻzining ham badiiy, ham ilmiy asarlari bilan 2 xalq madaniyatini rivojlantirishda katta rol uynadi.

20-y. lar oxiridan Tojikiston teatrlarida Xamzaning «Boy ila xizmatchi», K. Yashinning «Gulsara», F. Zafariyning «Halima», Xurshidning «Farhod va Shirin», keyinroq S. Abdullaning «Tohir va Zuxra», Uygʻun va I. Sultonning «Alisher Navoiy», Tuygʻunning «Muhabbat» va b. pyesalari sahnalashtirildi. Ai ni vaqtda tojik dramaturglaridan S. Ulugʻzodaning «Gavhari shamchiroq», S. Gʻanining «Tuy», Gʻ. Abdulloning «Sharq sadosi» kabi pyesalari oʻzbek teatrlari sahnalarida namoyish qilindi.

Tojikoʻzbek madaniy va adabiy aloqalarning ravnaq topishida badiiy tarjimachilik ham muhim ahamiyatga ega. S. Ayniyning 8 jildli asari, A. Lohutiyning «Devon»i, M. Tursunzodaning deyarli barcha asarlari, Mirshakarning «Biz Pomirdan keldik», «Oltin qishloq», «Tog qizining ishqi», J. Ikromiyning «Olov qizi», «Buxoroning oʻn ikki darvozasi», S. Ulugʻzodaning «Yoshligimiz tongi», «Vosye», R. Jalilning «Poʻlod va Gulroʻ», «Shoʻrob», F. Niyoziyning «Vafo» asarlari va b. ning sheʼriy, nasriy asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan. Ayni vaktda Hamza, A. Qodiriy, F. Gʻulom, Oybek, A. Qahhor, Gʻayratiy, H. Olimjon, Sh. Rashidov, Zulfiya, A. Muxtor, R. Fayziy, S. Abdulla, E. Vohidov, A. Oripov, G. Jurayeva, B. Boyqobilov va b. ning asarlari tojik tiliga tarjima qilinib, Tojikistonda nashr etilgan. Oʻzbektojik adabiy va madaniy aloqalarining ravnaq topishida Tojikistonda yashab oʻzbek tilida ijod kilgan shoir va yozuvchilar: Ashirmat, M. Toʻlqin, M. Oston, Oʻ. Jamol, J. Toshmatov, 3. Doʻstmatov, K,. Mamajonov, Sh. Sattor, A. Usmon, X. Qurbonova, S. Nishonova, J. Ergash, U. Umarov, A. Zuhur va b. ning ham hissasi bor.

Ushbu ijtimoiytarixiy anʼana har 2 davlat milliy mustaqillikni qoʻlga kiritgach, yangicha mazmun kasb etdi. Oʻzbekiston Tojikiston dagi harbiysiyosiy vaziyatni barqarorlashtirishda va uni ijobiy yechimini topishda sezilarli mavqeni egalladi. OʻzR Prezidenti I. A. Karimov 1992-y. sent. da BMT ning Bosh kotibiga murojaatnoma yoʻllab, xalqaro hamjamiyat eʼtiborini Tojikiston muammolariga qaratib bu muammolarni tinch yoʻl bilan hal etishga chaqirdi. Tojikistonda tinchlik jarayonining amalga oshishi va ahdlashuvlarning barcha bosqichida Oʻzbekiston rasmiy kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. 2000-y. 14—15-iyunda I. A. Karimovning rasmiy tashrif bilan Dushanba sh. da boʻlishi, E. Rahmonovning Toshkentda boʻlishi oʻzbektojik munosabatlarining yangi pogʻonaga koʻtarilishidan dalolat edi.

1998-y. yezda Oʻzbekistonda T. Respublikasining madaniyat kunlari boʻlib oʻtdi. 1995-y. Toshkent sh. da T. Respublikasining, 2000-y. Dushanba sh. da OʻzR elchixonasi ochilib, ular davlatlararo siyosiy, iqtisodiy, madaniy va maʼnaviy alokalarni muvofiqlashtirish yoʻlida xizmat qilmoqda.

Keyingi vaqtda OʻzR bilan Tojikistonning savdoiqtisodiy aloqalari birmuncha rivojlandi. OʻzRning tashqi savdo aylanmasida Tojikistonning ulushi 2003-y. da 2002-y. ga nisbatan 24,7% oshdi va 2,2% ni tashkil etdi.

Nasriddin Mamanazarov.

Prev Article

TOJIYEV