TOKIO

TOKIO — Yaponiyanit poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy, moliyaviy va madaniy markazi. Aholisining soni va sanoatning oʻsish surʼatlari boʻyicha dunyodagi yirik shaharlar orasida yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Xonsyu o. ning jansharqiy qismida, Kanto tekisligida, Edogava, Arakava, Sumida, Tama daryolarining Tokio qoʻltigʻiga quyilish yerida joylashgan. Iqlimi subtropik, mussonli, eng sovuq oy — yanv. ning oʻrtacha trasi 3,G, eng issik, oy — avg. niki 25,6°. Yillik yogʻin 1343 mm. Seryogʻin mavsumda tez-tez tayfun boʻladi. Tokio seysmik faol zonada joylashgan.

Aholisi 8,1 mln. kishi (2000). Poytaxt prefekturasi (Syutoken) yoki Katta Tokio tarkibiga 4 ta prefekturaning shahar va shaharchalari kiritiladi, aholisi 28 mln. kishidan ziyod. Mamlakat milliy daromadining 1/5 kismi Tokioga toʻgʻri keladi.

Tokioga 15-a. ning oʻrtalarida asos solingan. 1457-y. da Edo qasri qurilgan boʻlib, uning atrofida savdogar va hunarmandlarning uylari koʻpayib bordi. 1590-y. da Edo sh. Tokugava sulolasining qarorgohiga aylandi. Yaponiyaning rasmiy poytaxti esa oʻsha vaqtda Kioto sh. edi. 18-a. da Edo jahonning eng yirik shaharlaridan biriga aylandi. 1869-y. da hokimiyat boshqa sulola vakili imperator Mutsixito qoʻliga oʻtgach, poytaxt Edoga koʻchirildi va Tokio («sharqiy poytaxt») deb ataldi. 19-a. ning 2yarmida Tokioda ipak, lokboʻyoq, chinni sanoatlari, 19-a. ning oxiridan mashinasozlik va kemasozlik sanoatlari rivojlana boshladi. 1923-y. 1 sent. dagi zilzila va uning okibatlarida kelib chiqqan yongʻin tufayli Tokioning koʻp qismi vayron boʻldi. 2jahon urushi vaqtida Tokio AQSH aviatsiyasi tomonidan bombardimon qilingan.

Tokio — transport yoʻllarining yirik tuguni. Dengiz porti (yiliga 70 mln. t dan ortiq yuk ortibtushiriladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Metropoliten qurilgan. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik (xususan, elektrotexnika, umumiy mashinasozlik, transport jihozlari ishlab chiqarish., anik, mexanika) va metallsozlik. Kime, poligrafiya va oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlangan. Neftni qayta ishlash va neft kimyosi, qurilish materiallari va yengil sanoat (toʻqimachilik, zargarlik va yodgorlik buyumlari ishlab chiqarish.) korxonalari mavjud. Sanoati, asosan, chet eldan keltirilgan xom ashyo hisobiga ishlaydi. Sanoat korxonalarining katta qismi mayda va oʻrta korxonalardan iborat. Tokio — yirik savdotaqsimot markazi. Shaxarda tovar va fond birjalari, savdo firmalarining vakolatxonalari, yirik banklar, sugʻurta idoralari joylashgan. Tokioda untlar, Yaponiya FA, Sanʼat akademiyasi, teatrlar, 30 dan ortiq muzey (shu jumladan, Genri galereyasi, BriJston sanʼat muzeyi, zamonaviy sanʼat milliy muzeyi, Tokio milliy muzeyi va b.), kutubxonalar, konsert zallari bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan shahar markazida atrofi bogʻ bilan oʻralgan imperator saroyi (1869-y. gacha Edo qasri, 15—17-a. lar), saroy majmuasi (1600), manzarali bogʻ (17—18-a. lar) saqlangan. Uning atrofida hukumat binolari, Tosyogu va Meydzi ibodatxonalari joylashgan. Soka unti hududida 2004-y. 26-martda Alisher Navoiyga haykal oʻrnatildi (haykaltarosh J. Mirtojiyev). 1964-y. da Tokioda 18Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan.

Prev Article

TOKDOSHLAR

Next Article

TOKIO UNIVERSITETI