TOʻPOLONDARYO

TOʻPOLONDARYOSurxondaryo viloyatidagi dare. Hisor tizmasining jan. yon bagʻridan boshlanadi. Surxondaryoning eng sersuv oʻng irmogʻi. Uz. 117 km. Suv yigʻish mayd. 2200 km2. Eng yuqori oqimi Sariosiyo yoki Krrasuv, soʻngra Talishush deb ataladi. Gʻovasoy qoʻshilgandan soʻng Toʻpolondaryo nomini oladi. Boshlanish joyidan Zarchoʻp qishlogʻiga qadar chuqur va tor, baʼzi joyida kanyonsimon vodiydan oqadi. Vodiyning kengligi 20—30 m dan 200 m gacha. Zarchoʻp qishlogʻidan oʻtgandan soʻng daryo vodiysi bir oz keng, yon bagʻirlari qiya. Togʻlar orasidan chiqqach, qayirdan tashqari yana 3 ta koʻhna qayir (terrasa) hosil boʻlgan.

Toʻpolondaryoning bir qancha irmoqlari bor. Ulardan eng yiriklari: chapdan — Oybeksuv (21 km), Xovatsoy (42 km), Kishtutsoy (61 km), Dashnobod (64 km); oʻngdan — Shatrut (25 km), Chosh (37 km); Balandsoy (18 km). Toʻpolondaryo asosan, mavsumiy qor va muzliklar suvidan toʻyinadi. Havzasida umumiy mayd. 22,5 km2 ga yaqin muzlik va qrrliklar mavjud. Qor chizigʻi oʻrtacha 3900 m balandda. Eng koʻp sutkalik suv sarfi (470 m3/sek.) 1941-y. yanvar oyida va eng kam suv sarfi (5,48 m3/sek.) 1946-y. dekabr oyida kuzatilgan. Yillik suv hajmining 51,8% mart — iyun, 37,4% iyulsent., 10,8% okt. — fev. oylarida oqib oʻtadi. Bir yilda oʻrtacha 850 ming t loyqa olib keladi. Daryo vodiysida yongʻoqzor, archazor, yaylovlar bor.

Toʻpolondaryodan chiqarilgan Hazorbogʻ kanali Denov, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon tumanlarini suv bn taʼminlaydi.

Prev Article

TOʻPGUL

Next Article

TOʻPON