TOQ (arab.) — meʼmorlikda:
1) binoning yarim shar shaklida ishlangan eshik, darvoza tepasi va peshtogʻidagi ravoq;
2) bino va inshootlarning yarim sharsimon kilib ishlangan tomi, gumbaz ostidagi rasta. Oʻrta asr Oʻrta Osiyo shaharlaridagi toʻrt ravoqli (toqravokdi) gumbazli inshoot. Asosiy savdo zali, qator savdo rastalari hamda hunarmandlar ustaxonasidan iborat boʻlib, shahar markazi, chorraha va chorsularida bunyod etilgan. Qator usti yopiq bozorlar chorsu, kappon, tim va b. nomlarda atalgan (yana q. Toqi zargaron, Toqi sarrofon, Toqi telpakfurushon).