TOR

TOR (lot. todus — qavariqlik, tugun) — yopiq doiraning shu doyra tekisligida yotuvchi va doirani kesmaydigan oʻq atrofida aylanishidan iborat jism. Mat. da bu jism sirti ham Tor deyiladi va T2 koʻrinishida yoziladi. Topologik nuqgai nazardan Tor ikkita aylananing toʻgʻri koʻpaytmasidan iborat va ikki oʻlchovli yevklid tekisligining kismi deb qaralsa, Tor T2 toʻrt oʻlchovli yevklid fazosida tenglamalar yordamida beriladi. Mat. da ikki oʻlchovli Tordan tashqari p ulchovli Tor tushunchasi ham kiritilgan. Bu tor kurinishida belgilanadi. U aylananing toʻgʻri koʻpaytmasiga gomeomorf kup xillikdir. Har bir aylananing moduli birga teng kompleks sonlar toʻplami sifatida karalsa, T. Li gruppasiga aylanadi.

Prev Article

TOPSHIRIQ SHARTNOMASI

Next Article

TORA