TOSHKENT

TOSHKENT — shahar, Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti, Toshkent viloyati markazi. Markaziy Osiyoning yirik sanoattransport chorrraxasi va madaniyat markazlaridan. Respublikaning shim. sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440—480 m balandlikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan. Iqlimi kontinental, yillik oʻrtacha t-ra 13,3°, yanv. ning oʻrtacha trasi —1,1°, eng past t-ra —29°. Iyulning oʻrtacha trasi 27,5°, eng yuqori t-ra 42°. Yiliga 360 — 390 mm yogʻin yogʻadi. Chirchiq daryosidan chikarilgan va butun shahar boʻylab oʻtadigan Boʻzsuv, Salor, Anhor, Qorasuv, Oqqoʻrgʻon, Boʻrijar, Oktepa, Qoraqamish va b. kanallar uning mikroiklimiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Mayd. 327,9 km2. Aholisi 2157,8 ming kishi (2004-y. ; 1977-y. 1689 ming kishi, 1970-y. — 1385 ming kishi, 1959-y. — 927 ming kishi, 1939-y. — 556 ming kishi, 1926-y. — 314 ming kishi, 1897-y. — 156 ming kishi). Shaxarda 11 tuman (Akmal Ikromov, Bektemir, Mirzo Ulugʻbek, Mirobod, Sergeli, Sobir Rahimov, Chilonzor, Shayxontohur, Yunusobod, Yakkasaroy, Hamza), 1 shaharcha(Ulugʻbek) bor (2004).

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Toshkentda Oʻzbekistonning boshqa viloyat va shaharlarida boʻlgani kabi boshqaruvning tarixiymilliy shakli — hokimlik oʻrnatildi. 1991-y. 18-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti — Toshkent shahri maqomi va davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq Toshkentda hokim lavozimi joriy etildi. Toshkent shahar hokimi Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda Xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiklanadi. Shahardagi tumanlarning hokimlari shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi xamda xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiklanadi. Toshkent 2000-yillikdan ortiq tarixga ega. Bu davr ichida u mudofaa devori bilan oʻralgan qalʼadan jahondagi yirik shaharlardan biri, Oʻzbekiston Respublikasining poytaxtigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. Asrlar davomida shahar oʻzining tinch hayotidagi muhim voqealarni va suronli jangu jadallarni,. yuksalish va inqiroz davrlarini boshidan kechirdi. Necha bor shahar vayron boʻlib, qayta qad koʻtardi. Kds. oʻrnidan necha bor siljib, nomi xam bir necha marta oʻzgardi. Xoja Ahror Valiy, Shayx Umar Bogʻistoniy, Abu Bakr Shoshiy, Abu Sulaymon Banokatiy, Hofiz Koʻhakiy kabi butok allomalar shu hudjda yashab, ijod etganlar.

Toshkentning uzoq oʻtmishi va u qad koʻtargan qad. Choch yoki Shosh viloyati haqidagi maʼlumotlar yozma manbalarda xilmaxil hamda uzuqyuluq tarzda aks etgan. Zardushtiylarning qad. muqaddas kitobi Aeecmona Sirdaryo havzasidagi mamlakat «Turon», aholisi esa «tur»lar deb yuritilgan. Bu oʻlkada tur qavmlari urugʻ va qabila oqsoqollarining diniy va siyosiy qarorgohi — Qangʻxa (Qangʻa) shahri borligi tilga olinadi.

Toshkent haqidagi dastlabki aniqroq maʼlumotlar mil. av. 2-a. — mil. 5-a. larga mansub Xitoy manbalarida uchraydi. Ularda Toshkent viloyati qadimda Loyuyeni, Yuni, soʻngra Chjeshe, Chjechji, Chjesi va Shi deb nomlangan. Bu atamalar (avvalgi ikkitasidan tashqari) «Choch» soʻzining xitoycha talaffuz etilishi natijasida hosil boʻlib, hatto oxirgi «Shi» toponimi xitoychada «tosh» maʼnosini anglatgan.

Mil. av. 3-a. da qad. Choch viloyatida tashkil topib, milodning 3-a. larigacha hukm surgan «Qangʻ» («Qangʻa» yoki «Qangʻxa») davlati Xitoy yozma manbalarida «Kangkiya» («Kanizyuy») nomlari bilan tilga olinadi. Qad. toxarlar tilida «qangʻ» soʻzi ham «tosh» maʼnosini anglatgan. Bu davlatning poytaxti — Bityan sh. boʻlib, u IoshaXasart daryosi (Sirdaryo) boʻyida joylashgan. Bityan sh. Davan (Fargʻona vodiysi)dan 1510 li (528 km) masofada boʻlgan. Bityan sh. ning bizgacha saklanib qolgan xarobalari mahalliy aholi oʻrtasida «Qanqatepa» nomi bilan mashhur (q. Qanqa). U T. dan 70 km jan. da — Sirdaryoga yaqin yerda, Ohangaron daryosining qurib qolgan qad. oʻzani boʻyida joylashgan. Arxeologik maʼlumotlardan maʼlum boʻlishicha, Qanqatepa mil. av. 3-a. dayoq atrofi mudofaa devori bilan oʻralgan hamda arkli katta shahar boʻlib, mayd. 160 gektarga teng boʻlgan. Kdd. Qangʻ davlatining fuqarolari ham «qangʻar», «qanzar», keyinchalik «qanhi», «qangʻli» yoki «qaʼni» deb nomlangan. Ular (qanqalar) hindlarning qad. kitobi «Mahabharata»da saklar va toxarlar nomlari qatorida tilga olingan.

Yozma manbalarda keltirilishicha, Toshkentning qad. nomi «Choch» boʻlgan. Toshkent arablar tasarrufiga oʻtgach, arab alifbosida «ch» harfining yoʻqligi bois arabiy asarlarda «Shosh» deb yuritilgan. Ilk oʻrta asrlarda u «Choch», «Shosh», «Shoshkent», «Madinat ashShosh», «Binkat» va «Tarkan» deb nomlangan. Toshkent haqidagi dastlabki maʼlumotlar mahalliy olimlar (Xorazmiy) va tarixchigeograflardan Tabariy, Istahriy asarlarida uchraydi. Istahriyning «Kitob al masolik val mamolik» («Yoʻllar va mamlakatlar toʻgʻrisidagi kitob»)ida Shoshning bosh shahri Binkat deb koʻrsatiladi. 10-a. da yozilgan (muallifi nomaʼlum) «Hudud ulOlam» («Olamning chegaralari») kitobida «Choch bu katta viloyat, xalqi jangovar va sahiydir. U yerda kamon va oʻqyoy yasaladi. Binkat Chochning poytaxti hisoblanadi. Bu katta shahar, ayni vaqtda podshoning qarorgohidir», deb taʼriflanadi. Firdavsiyning «Shohnoma» asarida Choch oʻzining kamoni Shoshiy (oʻqyoylari) bilan mashhurligi haqida misralar bor.

Shahar «Toshkent» nomi bilan dastavval 11-a. ning mashhur allomalari — Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Koshgʻariyning asarlarida tilga olinadi. Beruniy «Hindiston» asarida Toshkent nomining kelib chiqishi toʻgʻrisida soʻz yuritib, «Tosh» soʻzi asli turkcha boʻlib, Shosh koʻrinishini olgan. «Toshkand — toshli qishloq demakdir» (Abu Rayqon Beruniy, Tanlangan asarlar, Toshkent, 1963, 2j., 2326.), deb izohlaydi. Mahmud Koshgʻariyning maʼlumoti boʻyicha, Toshkent 11 —12-a. larda «Tarkan» deb ham yuritilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» da Toshkent nomi ustida toʻxtalib, «… asarlarda Toshkent nomini Shosh, baʼzan Choch yozadilar» deb qayd etadi. Biroq 16-a. oxiri va 17-a. boshlarida Toshkent toponimi shuhrat topib, uning qad. Choch, Shosh va Binkat nomlari astasekin muomaladan tushib qoldi. 17-a. da yashagan tarixchi olim Mahmud ibn Vali shunday yozadi: «Shosh — Sayxun (Sirdaryo)ning u tomoniga joylashgan shahar va Turkiston (viloyat)ga karaydi… Uni Choch ataydilar. Biroq hoz. vaqtda u Toshkent nomi bilan mashhurdir».

Toshkent vohasida shahar madaniyatining shakllanib, shaharning qad koʻtarishi shu oʻlkada yashagan qad. chorvador va dehqonlarning ijtimoiyiqtisodiy va madaniy hayotidagi ulkan tarixiy jarayon boʻlib, bu jarayon shubhasiz oʻlkaning oʻzlashtirilib, obod etilishi, ayniqsa, unda chorvachilik va dehqonchilik xoʻjaliklarining tashkil topishi hamda hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivojlanish tarixi bilan uzviy bogʻliqdir. Bu jarayonning tarixiy manzarasi nihoyatda keng boʻlib, u yozma manbalarga nisbatan koʻproq arxeologik tadqiqotlar vositasi bilan tiklanmoqda. Shuning uchun ham Toshkent hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning natijalari qad. va oʻrta asrlarga oid manbalardagi maʼlumotlarni toʻldirib, ularga aniklik kiritmoqda.

Geografik jihatdan qulay, iqlimi moʻtadil boʻlgan Chirchiq va Ohangaron vodiylarida uzoq oʻtmishdayoq chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullangan aholi yashagan. Arxeologik yodgorliklarnint guvoxlik berishicha, mil. av. 2ming yillikning oxiri va 1ming yillikning boshlarida koʻchmanchi chorvador aholining oʻtroklashuvi kuchayib, dehqonchilik kengaya boshlagan. Hali sugʻorma dehqonchilik va irrigatsiya inshootlari qurish imkoniyati boʻlmagan Toshkentning dastlabki dehqonlari, garchi daryoning asosiy oqimidan suv bogʻlab olishga qurbilari kelmagan boʻlsada, lekin, daryo toshqinlari va adirlardan kelgan suvlardan hosil boʻlgan irmoqlar boʻyida, tabiiy zaxob yerlarda dehqonchilik kilganlar. Hoz. Toshkentning Qorasuv, Salor va Joʻn arigʻidan sugʻoriladigan jan. qismida shunday ibtidoiy dehqonchilik madaniyati tashkil topgan. Toshkentning bu ibtidoiy dehqonchilik madaniyatining izlari dastavval shahardan 30 km jan. da Burganlisoy yoqasida topilib, tadqiq etilgani tufaili tarix fanida u Burganli madaniyati nomi bilan mashhur boʻlgan.

Mil. av. 6—4alarda Qorasuv, Salor va Joʻn arigʻi yoqalarida dastlab ilk qishloqlar qad koʻtargan. Shulardan biri Joʻn arigʻi boʻyidagi Shoshtepaning ostki qatlamidan qazib ochilgan qalʼa xarobasidir. 1980—82 y. larda olib borilgan kazish ishlari uning mil. av. 6—4-a. lar va 2—1-a. lardagi rivojlanish boskichlarini aniqlashga imkon berdi. Bir tomoni Joʻn arigʻiga yondoshgan bu qad. joy atrofi dastavval tuproq, marza bilan oʻralib, qalʼa, istehkom qiyofasini olgan. Shoshtepaning qad. aholisi chorvachilik (qoramolchilik, yilqichilik, qoʻychilik hamda tuyachilik) bilan shugʻullangan. Qad. shoshtepaliklar jez va temirdan qurolyarogʻ va asboblar yasashni, kulolchilik hamda toʻqimachilikni yaxshi bilgan. Shubhasiz, bu qishloklarda, keyinchalik Toshkent vohasida shahar madaniyati shakllanib, qad. Toshkentning astasekin qad koʻtarishiga zamin boʻldi.

Mil. av. 2—1-a. larda Shoshtepada qad. shahar belgilari paydo boʻddi. Qad. qishloq xarobalari ustida atrofi qalin aylanma devor bilan oʻrab olingan doira shaklidagi qalʼa (qoʻrgʻon) qad. koʻtardi.

Mil. 1—2-a. larda suyakdan yasalgan yozuv tayoqchasi (stil) qad. Shoshda yasalib ishlatilgan. 15 sm li bu suyak qalamning bir tomoni yozish uchun uchli qilib, ikkinchi oʻchirgich tomoni esa qiyshiq koʻp burchak shaklida kurakcha qilib yasalgan. Bu topilma milod boshlaridayoq Toshkent vohasida ham xattotlik mavjudligidan guvohlik beradi.

Shoshtepadagi arxeologik obidalar shaharning mustahkam mudofaa devori, hashamatli meʼmoriy majmuoti, hunarmandchilik buyumlari, xatsavod va savdodan dalolat beruvchi topilmalar milod boʻsagʻasida Toshkent vohasida shahar madaniyati rivojlanib, Shoshtepadagi qad. qishloq shahar qiyofasini ola boshlaganini koʻrsatadi. Shoshtepani oʻrganish Toshkent hududidan shahar madaniyati tarixi xuddi shu davrdan boshlangan, yaʼni uning yoshi 23 asrdan kam emas deb bahrlashga imkon berdi.

Mil. ning 1-a. iga kelib Chirchiq, Salor, Qorasuv boʻylaridagi vohaning qariyb yarmidan koʻprogʻi oʻzlashtirilib obod etilgan. Salor yonida joylashgan Choch shahri bu davrda har tomonlama yetakchi mavqega ega boʻlib, uni muarrixlar haqli ravishda milodning boshlaridagi Toshkentning asosi deb hisoblaydilar. Buyuk ipak yoʻlida joylashgan Toshkent Yevropa mamlakatlarining Hindiston va Xitoy bilan olib borgan turli aloqalarida muhim rol oʻynagan. Bu shahar 6—8a. larda, ayniqsa, ravnaq topgan. Shaharning Turk xoqonligi tarkibiga kirishi, uning Qoramozor togʻlaridagi konlar yaqinida joylashganligi, hunarmandchilik mahsulotlariga doimo muhtoj dasht koʻchmanchilarining yondoshligi, shuningdek, asosiy karvon yoʻllari, xususan, Buyuk ipak yoʻli vohaning shim. hududlaridan oʻtishi uni tezda Choch davlatining poytaxti boʻlib qolishiga imkon berdi. Shahar atrofi kuchli mudofaa devorlari bilan oʻrab olinib, maxsus saroyqalʼa qurilgan. Arxeologik qazishmalar vaqtida topilgan ishlab chiqarish. qurollari va uyroʻzgʻor buyumlari bu yerda yuksak madaniyat boʻlganidan dalolat beradi. Manbalarga koʻra, shahar, ichvda saroy, ibodatxona boʻlgan ark, amaldorlarning uylari joylashgan shahriston, hunarmandlar mahallalari oʻrnashgan ichki va tashqi rabodlardan iborat boʻlgan.

Shahar atrofida ozod jamoalarning keng ekinzorlari, qishlokdari, ilk zamindorlik dehqonlarining qoʻrgʻon va bogʻrogʻlari, istehkomlari paydo boʻlgan. Ekinzor yerlar va bogʻlar chekkasida — koʻchmanchilar dashtiga tutash chegaralarda mudofaa istehkomlari qurilgan. Arab manbalarida bu shahar Chochning poytaxti — «Madinat ashShosh» (Shosh shahri) deb atalgan.

Choch poytaxti hunarmandlari metalldan mehnat qurollari, yarogʻaslahalar, zebziynat va roʻzgʻor buyumlari yasashgan, koʻnchilik bilan shugʻullanishgan, paxta va junshisha idishlar, zargarlik buyumlari yasab, ichki va tashqi savdoni taʼminlashgan.

Shahar qizgʻin savdo markazi ham boʻlgan. Gʻarbda Vizantiyadan tortib, sharqsa Xitoygacha boʻlgan davlatlarning Toshkent hududidan topilgan tangalari shundan dalolat beradi. Choch hokimi ham oʻz tangalarini zarb qildirgan. 4—8-a. larda Chochda kumush tangalar chikaradigan zarbxona boʻlgan. Qad. Choch hukmdorlari odd tomoniga mulkdorning surati, orqa tomoniga hujumga tayyorlanib turgan qoplon tasviri yoki sulolaviy ayri tam/a tushirilgan pullarni zarb etgan. Chochning xuddi shu davrda zarb etilgan baʼzi tangalari orasida hukmdor bilan yonmayon turgan malika tasviri tushirilgan pullar ham uchraydi. Bu shubhasiz, Chochning ilk oʻrta asr ijtimoiy va iqtisodiy, ayniqsa, siyosiy hayotida hukmron tabaqa ayollarining yuqori nufuzga ega boʻlganligini koʻrsatadi. Ular «Shoʻrxon xotun» va «Kabachxotun» (uy malikasi) kabi sharafli nomlar bilan ulugʻlanib, shahar tashqarisida joylashgan soʻlim qarorgohda istiqomat qilganlar. Bunday oyimlar yashagan joy «Achabat» (Katta ona qoʻnogʻi) deb yuritilgan. Savdosotiq va hunarmandchilik bilan birga madaniyat ham yuksalgan. Manbalarga koʻra, tasviriy sanʼat va, ayniqsa, musiqa rivoj topgan.

Arab qoʻshinlari Chochga ilk bor 713-y. da bostirib kelishgan. Tabariyning yozishicha, Chochni zabt etish uchun arablar 20 ming kishilik qoʻshin tortgan. Shahar aholisi arablarga qarshi qattiq qarshilik koʻrsatgan. Pekin, arablar koʻp oʻtmay Chochni bosib olganlar va talontoroj qilib katga oʻlja bilan qaytganlar. Arab istilochilari tomonidan vayron etilgan shahar oʻzini oʻnglay olmadi. Faqat 9-a. ga kelib, avvalgi oʻrnidan 4 — 5 km shim. gʻarbroqsa, Boʻzsuv kanalidan chiqarilgan Kaykovus (Kolkohdiz) arigʻi yonida yangitdan vujudga keddi va yana Chochning poytaxtiga aylanib, jadal taraqkiy eta boshladi. Bu yangi shahar arab manbalarida Binkat (uzokdan koʻrinib turuvchi yoki quyi shahar) deb tilga olinadi. Bu nom 9 — 10-a. larda zarb etilgan kumush va chaqa tangalarda Shosh va Madinat ashShosh nomlari bilan bir katorda uchraydi. Bu shaharda ham hunarmandchilik va savdosotiq tez rivoj topdi. Arablar dashtlik chorvador kabilalar hujumidan hosildor yerlarni muhofaza qilish maqsadida 8-a. ning 70-y. larida Chirchiq vohasining shim. gʻarbiy chegaralari boʻylab Soyliq qishlogʻi yonidagi togʻlardan to Sirdaryogacha devor qurdirganlar. Uning xarobalari Kanpirdevor nomida saqlanib qolgan. 9—10-a. larda Shosh Somoniylarta tobe boʻlgan.

Yozma manbalar va arxeologik tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, Binkat sh. ning keyingi asrlardagi oʻrni Toshkentning toʻrt dahasida, asosan, uchtasi — Sebzor, Koʻkcha, Beshyogʻoch hududida joylashgan boʻlib, u alohida qalin devorlar bilan oʻrab olingan 4 qism: ark (oʻrda), shahriston (shaharning asosiy qismi) hamda i ch k i (rabodi doxil) va t a sh q i (rabodi xorij) rabodlardan iborat boʻlgan va bir necha qator mudofaa devori bilan oʻralgan. Shu davrdagi ark (mayd. 3 ga) va shahriston (mayd. 15 ga cha) shahar markazida hoz. Shayxontohur tumani hududidagi Eski joʻva bozori va undan sharqdagi katta tepaliqda joylashgan. Qalʼada hukmdor saroyi va zindon boʻlgan. Saroyning bir darvoza (qopqa)sidan shahristonga, boshqasidan shaharning ichki rabodiga chiqilgan. Shahar markazida bozor boʻlgan, u «Joʻba» deb yuritilgan. Markaz bilan shahar darvozalari koʻchalar orqali bogʻlangan. Bir va ikki kavatli paxsa yoki sinchkori devorli hovlili qilib turar joylar qurilgan. Ichki va tashqi rabod devorlari oraligʻi 4 km boʻlgan. Shaharda kulolchilik, oʻqyoy, gazlama, gilam, chodir hamda charm mahsulotlari ishlab chiqarish. rivojlangan.

10-a. oxiri — 12-a. oʻrtalarida Choch Krraxoniylar davlati tarkibiga kirdi. 1214—15 y. larda Muhammad Xorazmshoh qoraxitoylar qoʻshini hamda naymanlar xoni Kuchluq bilan jang qilib, Shosh viloyatini ulardan tortib oddi va viloyat dushmanlar qoʻliga oʻtmasligi uchun Shosh markazi aholisini koʻchirtirib yubordi. Shu bois moʻgʻullar 1220-y. da shaharni qarshiliksiz qoʻlga kiritgan boʻlishi mumkin. Juvayniyning moʻgʻullar bosqini haqidagi xabarida Toshkent sh. tilga olinmagan. 13—14-a. ning 1yarmida Toshkent viloyati Chigʻatoy ulusi tarkibida, 14-a. ning 2yarmi — 15-a. ning 80-y. larigacha Toshkent Amir Temur va Temuriylar tarkibida boʻldi. 1404-y. da Ulugʻbek ixtiyoriga mulk tarzida berildi. Bu davrda shahar voha bilan dasht chegarasidagi kuchli qalʼaga aylandi, uning hududi kengaydi, ishlab chiqarish., savdosotiq, madaniyat rivojlandi. Registon, Shayxontohur ansamblidagi maqbaralar, Jome mayejidi va b. qurildi. Arxeologik topilmalar, meʼmoriy obidalar mahalliy anʼanalarning qoʻshni Sharq mamlakatlari madaniyati bilan uygʻunlashib ketganligini koʻrsatadi. Temuriylar oʻrtasida boshlangan taxt uchun kurash natijasida Toshkent 1485-y. da Moʻgʻuliston xoni Yunusxon ixtiyoriga oʻtdi va uning qarorgohiga aylandi. Lekin, u koʻp hukmronlik qilmay, 1487-y. da Toshkentda vafot etdi. Yunusxondan keyin taxtga uning oʻgʻli Sulton Maxmudxon oʻtirdi. Uning hukmronligi ham koʻpga bormadi. Toshkent 1503-y. da Shayboniyxon va Koʻchkunchixon tasarrufiga oʻtdi. 16-a. da Toshkent yana obodonlashib, Turkistonning hunarmandlik, savdosotiq va madaniy markazlaridan biriga aylandi. Shahar yangi devor bilan oʻraldi. Meʼmorlik obidalari qad koʻtardi, ularning ayrimlari (Shayx Xovandi Tohur maqbarasi, Koʻkaldosh madrasasi, Baroqxon madrasasi) bizning davrimizgacha yetib kelgan. Hunarmandlikning taraqqiyoti savdosotiq aloqalarining kengayishiga olib keldi. 1558-y. da Toshkent qirgʻizqaysoklar qamaliga bardosh berdi.

16-a. ning 2yarmida Qozon va Astraxon xonliklarining Rus davlatiga boʻysundirilishi natijasida Toshkent bilan Moskva oʻrtasida savdo aloqasi rivojlandi, har ikki tomon bir-biriga elchilar yubordi. 1579-y. da Toshkentni Buxoro xoni Abdullaxon II bosib oldi. 1588-y. da shahar aholisi Abdullaxon II ning noibi, Toshkent viloyatining hokimi Oʻzbekka qarshi isyon koʻtargan. Lekin, koʻp oʻtmay isyon bostirildi. 1597-y. da shaharni Tavakkalxon (1598-y. v. e.) bosib oldi. Oz fursat oʻtmay Toshkent yana Buxoro xonligiga oʻtdi. Ashtarxoniylardan Imomqulixon qozoqlarni tormor keltirib, 1611-y. da oʻgʻli Iskandarni Toshkentga noib qilib tayinladi. Biroq shahar aholisi isyon koʻtarib, qochib ketayotgan Iskandarni tutib oʻldirdi. Bundan gʻazablangan Imomqulixon Toshkent aholisidan shafqatsiz oʻch olib, ularni qirgʻin (qatliom) qildi.

1723-y. da T. Jungʻar xoni GaldanSiren qoʻliga oʻtdi. Bu davrda Toshkent aholisi tokchilik, bogʻdorchilik hamda poliz ekinlari, bugʻdoy, tariq, arpa, suli, zigʻir, kunjut yetishtirish bilan shugʻullanardi. Shahar rastalarida ipak mato, ip gazlama, zarbof kiyimlar koʻp boʻlgan. Rus savdogarlari Toshkentga movut, qunduz terisi va turli boʻyoklar keltirishgan. Toshkent bilan Balx, Xiva, Buxoro, Samarkand, Koʻlob, Shahrisabz va b. shaharlar oʻrtasida savdosotiq rivojlangan. Pul muomalasi bu davrda xam hali yaxshi taraqkiy kilmagan edi. Toshkent aholisiga don va qoramol bilan toʻlanadigan maxsus soliq (hosilning 1/101/5 ulushi) solingan. Toshkent Jungʻariya xonligi barham topgandan keyin (1758) Katta Oʻrda va qalmoklarning hujumlari natijasida koʻp zarar koʻrdi.

18-a. oʻrtalarida garchi shahar qoʻldanqoʻlga oʻtib turgan boʻlsada, Toshkent 4 daha (qism)ga — Shapxonshohur, Sebzor (Qaffoli Shoshiy), Koʻkcha (Shayx Zayniddin), Beshyogʻoch (Zangiota) dahalariga boʻlinib, ularning har birini mustaqil hokim boshqargan. Toshkent tarixida bu davr Chorhokimlik deb atalgan.

Shaharni boshqarish boʻyicha barcha maʼmuriy lavozimlarga Toshkentning boy savdogar va aslzodalari tomonidan koʻrsatilgan shaxslar tayinlangan.

Hokimlar tashqi bosqinlarga qarshi kurashish uchun navbat bilan qoʻshin ajratganlar. Muhim masalalar ham birgalikda hal qilingan. Hokimliklar oʻrtasida shaharda hukmron boʻlish uchun baʼzan toʻqnashuvlar boʻlib turgan. Bunday toʻknashuvlar sababli yuzaga kelgan notinchlik davri deyarli chorak asr davom etgan. Ayrim vaktlarda butun shahar hududi jang maydoniga aylangan. Lekyn, 4 daha hokimlarining oʻzaro toʻqnashuvlari asosan, shaharning Janggoh, Labzak arigʻi boʻyida («Jangob») boʻlgan. Oʻzaro toʻqnashuvlarga shahar aholisi ham jalb etilgan. Faqat Eski joʻva bozori betaraf joy hisoblanib, notinchlik vaktida ham savdosotiq davom etgan. Chorhokimlik davrida Toshkent aholisi atrofdagi shahar va qishloqlar, Dashti Qipchoqning chorvador aholisi hamda Sibir bilan savdo aloqalarini uzmagan. Rossiya bilan savdosotiqni rivojlantirish maqsadida 1779-y. da Toshkentdan Tobolsk sh. ga elchilik missiyasi joʻnatilgan. Biroq, bu davrda Toshkent dagi ichki ziddiyatlar va notinchliklardan foydalangan koʻchmanchilar shaharga bir necha marta hujum qildilar. Natijada shahar atrofidagi bogʻlar, dehqonchilik dalalari payhon qilindi. Umuman olganda chorhokimlik davri Toshkent hayoti xoʻjaligining tushkunlik davri boʻddi. Shu bois savdohunarmandchilik axlining ilgʻor fikrli vakillari oʻrtasida shaharni yagona hokim qoʻl ostida birlashtirish gʻoyalari vujudga keldi. Shu davrda shahar yaxlit tashqi devor bilan oʻralgan va uning uz. 14 km, darvozalar soni 12 ta edi.

1784-y. Shayxontohur dahasi hokimi Yunusxoʻja qolgan 3 daha hokimligini ham oʻz tasarrufiga olib, mustaqil Toshkent davlatini tashkil etdi. Bir necha harbiy yurishlardan keyin u Katta Oʻrdadan Toshkent atrofidagi qishloqlarni qaytarib olishga, Toshkent aholisiga tinchlik bermayotgan koʻchmanchi juz qabilalarini boʻysundirishga muvaffaq boʻldi. 1799-y. da Qoʻqon qoʻshinlari Toshkentni qamal qildi, ammo toshkentliklarning kuchli zarbasiga uchrab orqaga qaytdi.

Toshkent davlati tashqi kuchlar, ayniqsa, Koʻqon xonlari tazyiqida boʻlsada, 20 y. dan ziyod umr koʻrdi.

Toshkent davlati markazlashgan davlat sifatida boʻlib, uning maʼmuriyatini «voliy viloyat» lavozimi bilan Yunusxoʻja boshqardi. Keyinroq Yunusxoʻja «Xazrati Eshon» unvonini olib, ayni paytda «xon» deb ham yuritildi. Yunusxoʻja huzurida tuzilgan «xon kengashi»ga 4 daha mingboshilari, oqsoqollari va b. kiritilgan. Kengashda, asosan, daha va ulus boshqaruvi hamda harbiy masalalar muhokama etilib bir yechimga kelingan. Davlatning ichki va tashqi siyosatini devonbegi, qozi va raislar amalga oshirganlar. Oʻta jiddiy masalalar: oʻgʻirlik, qotillik va b. ni Yunusxoʻjaning oʻzi hal etib, aybdorga tegishli jazo berilgan; qotillarga esa oʻlim jazosi qoʻllanilgan. Xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalarni ham Yunusxoʻjaning oʻzi olib borgan.

Anhorning oʻng tarafida xon farmoni bilan baland va qalin devor oʻralgan Oʻrda, yaʼni davlat mahkamasi bino qilingan. Unda Yunusxonning qarorgohi va devonxonadan tashqari zarbxona joylashgan. Oʻrdani qoʻriqlash va muhofaza etish uchun 2 ming kishilik maxsus harbiy qism («qoraqozon») tashkil etilgan.

Toshkentlik tarixchi Muhammad Solihning maʼlumotiga koʻra, otaliqdevonbegi lavozimiga Rustamtoʻra, parvonachi lavozimiga Odiltoʻra, bosh harbiy amir lavozimiga Sarimsoqtoʻra, qoʻshin boshligʻi lavozimiga Boboxontoʻralar tayinlangan. Davlatning moliya ishlari bilan boshchixoʻja shugʻullangan. U ichki va tashqi savdo ishlarini nazorat qilgan.

Yunusxon shim. da Toshkentga tutashgan Dashti Qipchoq xududini ham tasarrufiga olib, aholisiga ziddiyatli vaqtlarda zaruriy sondagi lashkar toʻplab berish majburiyatini yuklagan. Chimkent va Sayram sh. lari, keyinchalik Turkiston sh. ham Toshkent davlati tarkibiga kiritilgan. Niyozbek, Oltintepa, Krrabuloq, Sarapon, Temir mavzelari va b. oʻnlab qishloklar Toshkentga tobe boʻlgan.

1800-y. da Toshkent davlatining chegarasi jan. va gʻarbdan Sirdaryo boʻylab, shim. dan Turkiston va Qoratogʻ yon bagʻirlari orqali oʻtgan. Sharqda Sayram tizmasi va Ugom daryosining oʻng sohili, jan. sharkda ChatqolQurama togʻ tizmalarini yoqalab Sangir qishlogʻigacha choʻzilgan. Uning shim. va gʻarbiy hududlarida, asosan, chorvador koʻchmanchi aholi yashagan. 1797-y. maʼlumotlariga qaraganda, barcha soliq va majburiyatlardan ozod, yer va suv bilan taʼminlangan 2 ming doimiy qoraqozondan tashqari Yunusxon ixtiyorida 50—70 ming atrofida lashkar boʻlgan. Maxsus guruxlardan tuzilgan qoraqozon va lashkar navkarlari piltali miltiq, oʻqyoy, qilich va qalqon bilan qurollangan. Yunusxon qoʻshinida 20 ga yaqin toʻp boʻlgan. Oʻklar asosan, Toshkentning oʻzida Oʻqchi mahallasida quyilgan.

Toshkentning ikki ming yillik tarixi davomida oʻrni almashdi, hududi ham kengayib bordi va undagi aholi joylashuvi kichik maʼmuriy qismlar — mahallalar shaklini olgan. Mahallalar, odatda, kattakichik koʻchalar, ariq yoki jarlik kabi tabiiy toʻsiqlar orqali chegaralangan hamda jamoa boʻlib yashash zaruriyati yoki kasbkori, ijtimoiy holati, etnik tarkibi kabi belgilari asosida shakllangan.

Qad. va oʻrta asr Toshkent mahallalari haqida yozma maʼlumot juda oz. Toshkent hududida 9-a. dagi shahar — Binkat (11-a. dan Toshkent) ning keyingi asrlarda kengayib borishi bilan unda mahallalar soni ham koʻpayib borgan va bulardan baʼzilarining nomlari yozma manbalarda uchraydi.

18-a. ga kelib Toshkent maʼmuriy hududiy jixatdan 4 kism — dahalariga boʻlingan. Dahalar oʻz navbatida bir qancha mahalla va guzarlardan tashkil topgan; dahalarda mahallalar soni va ularning kattakichikligi turlicha boʻlgan. Baʼzi yirik mahallalar bir nom bilan atalsa ham uning keyinroq paydo boʻlgan qismlari tartib raqami bilan (mas., 1, 2, 3, 4Eshonguzar) yoki hududiga qarab atalgan (mas., Katta Kamolon va Kichik Kamolon). Aholi soni oʻsgan sayin mahallalar kengaygan yoki yangilari paydo boʻlgan. Mahalla maʼmuriy holati jihatdan oʻz ichki tartibqoidalariga ega jamoa tashkiloti sanalgan va uni mahalla aholisi tomonidan saylangan boshliq (oqsoqol) boshqargan, 20-a. boshlariga kelib ular yuzboshi mavqeida koʻrilgan. Oqsoqollarga mahallaning jamoat ishlari, marosimlari, yigʻinlarini boshqarish hamda manfaatlarini himoya qilish vakolati berilgan.

19-a. ning 2yarmiga oid yozma manbalarda Toshkent mahallalari haqida statistik maʼlumotlar mavjud. Ularda qayd etilishicha, bir mahallada 50 tadan 150 tagacha xonadon boʻlgan. 1910-y. T. da 146 ming aholi yashagan, xonadonlar soni 21 mingga yetgan. Shahar markazidagi mahallalar chekkalaridagiga nisbatan qad. boʻlib, aholi ham zich yashagan. Baʼzi mahallalarning nomlari oʻsha joyda rivojlangan kasbhunarni anglatgan (Pichoqchilik, Degrez, Etikdoʻz); boshqalari etnik atamalar (Oʻzbekmahalla, Tojikkoʻcha, Moʻgʻulkoʻcha) yoki joyning relyefi (Sassiqhovuz, Chuqurkoʻprik, Balandmasjid va h. k.) orqali ifodalangan.

Mahallalarning masjidi va choyxonasi uning gavjumroq yerida joylashgan, aholining turli maʼrakalari uchun zarur umumiy mulki saqlangan. Bir nechta mahallaga bir umumiy markaz — guzar, unda masjid, hunarmandchilik ustaxonalari, choyxona, nonvoyxona, doʻkonlar hamda bozorcha xizmat koʻrsatgan. Guzarlar, odatda, katta koʻchalar yoki chorrahalarda joylashgan.

Toshkent mahallalari haqida aniqroq yozma maʼlumotlar dahalardagi qozilik daftarlarida, 19-a. ning 2yarmida esa ruscha nashrlarda qayd etilgan. Shunga koʻra, 1865 i. T. da 140 ta mahalla boʻlgan, aholisi 76 ming kishi. Turkiston oʻlkasi statistikasi yilnomasida (1876) Toshkentda 149 ta mahalla (Shayxontohur dahasida 48 ta, Sebzor dahasida 38 ta, Koʻkcha dahasida 31 ta, Beshyogʻoch dahasida 32 ta) boʻlganligi taʼkidlangan. N. G. Malliskiy 1927-y. nashr etgan roʻyxatda esa Toshkentda 280 ta mahalla va shahar aholisiga tegishli 171 ta mavze nomi bor (q. plansxema). Mavzelar, odatda, shaharliklarning shahar tashqarisida joylashgan ekinzorlari va bogʻlaridan iborat boʻlgan; shoʻrolar davrida mavzelar davlat tomonidan musodara qilinib jamoa xoʻjaligiga aylantirilgan.

Toshkentning eng gavjum kismi, uning bozorlari hisoblangan. Eski joʻva, Chorsu va Koʻkaldosh madrasasi oraligʻida Registon, Chorsu va Kappon (gʻalla) bozorlari joylashgan. Registon bozorida xonliklarda ishlab chiqarilgan mollar bilan bir qatorda Hindiston, Afgʻoniston, Eron, Koshgʻar, Xitoy va Rossiyadan keltirilgan mollar ham sotilgan. Toshkentdan savdo karvonlari dasht orqali Sibir shaharlari, Koshgʻar, Xitoy, Hindiston, Afgʻoniston va Eron tomon qatnagan. Toshkent davlati tashqi va ichki savdoni rivojlantirish maqsadida old tomonida «Muhammad Yunusxoʻja Umariy» deb yozilgan, sirtiga lochin yoki yoʻlbars tasvirlari tushirilgan oʻz tangalarini zarb etib, mustaqil ichki va tashki siyosat yuritgan. Yunusxoʻja, ayniqsa, Rossiya bilan muttasil savdo aloqalari olib borish va uni kengaytirishga intilgan. 1792-y. Yunusxoʻja rus podshosiga xat yuborib unga Katta juz biylari bilan ittifoq tuzganligini, Toshkentdan Rossiyaga eltadigan karvon yoʻllaridagi talonchiliklar tuxgatilganligani xabar qiladi. 1802-y. ning kuzida Yunusxoʻja vaziri aʼzam Mullajon Oxund Mahzum bilan Ashurali Bahodir mingboshini SanktPeterburgga elchi kilib yuboradi. Elchilikdan maqsad, faqat savdo aloqalarini kengaytirishgina emas, balki Rossiyadan qurolyarogʻ, choʻyan va mis rudalarini sotib olib, oʻz harbiy kuchini mustahkamlash hamda Rossiyadan tup kuyuvchi usta va konchilarni Toshkentga taklif etib, bu yerda toʻpchilik hunarmandchiligini rivojlantirish va konlarni ishga solish ham koʻzda tutilgan edi. 1803-y. mart oyida Toshkent elchilari imperator Aleksandr I va davlat kansleri hamda tashki ishlar vaziri graf A. Voronsov qabulida boʻddilar.

Toshkentning qalʼa devori 19-a. boshlarida Yunusxon farmoni bilan daqalar mahallalarining barcha erkaklari ommaviy xasharga jalb qilinib taʼmirlandi. Lashkar Qushbegi davrida shahar atrofi boʻylab Qoʻymas, Qoʻqon, Qashqar, Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sagʻbon, Chigatoy, Koʻkcha, Samarqand, Kamolon va Beshyogʻoch kabi 12 darvoza bor edi. Muhammad Solihning yozishicha, devor boʻylab har ming qadamda bittadan «bord» (moʻla), har 4 ming qadamda esa bittadan burj (minora)lar qurilgan. Shaharning sharqiy darvozasidan to gʻarbiy darvozasigacha 8500 qadam, shim. dan jan. ga esa 8100 qadam masofa hisoblangan. Har bir darvozadan shahar markazi — Registon bozoriga eltuvchi koʻchalar va ulardan esa koʻplab tor koʻchalar shoxlab ketgan.

Yunusxoʻja vafot etgach (1803), uning oʻgʻli Sultonxoʻja Toshkent hokimi boʻldi. Yunusxoʻjaning oʻlimidan foydalangan Qoʻqon xoni Olimxon oʻz ukasi Umarxon qoʻmondonligida qoʻshin tortib, Toshkentni egalladi va unga Sultonxoʻjaning ukasi Hamidxoʻjani hokim qilib tayinladi. Hamidxoʻja Qoʻqonga boʻysunmay qoʻydi. Natijada Olimxon shaxsan oʻzi qoʻshin tortib, Toshkentni Qoʻqon xonligiga uzilkesil qoʻshib oldi. Shundan boshlab, Toshkentga noib sifatida faqat Qoʻqon xoni tomonidan beklarbegi tayinlanadigan boʻddi. Bu davrda shaharning hududi 16 km2ni, aholisi 80 ming (baʼzi manbalarda 100 ming) kishini tashkil etardi. Shaharda hunarmandchilik, toʻqimachilik, yogʻoch oʻymakorligi, degrezlik, temirchilik, koʻnchilik, kosibchilik, kulolchilik va b. rivojlangan. Koʻplab nonvoyxonalar, choyxonalar, doʻkonlar boʻlgan. Shahar hunarmandchiligining deyarli barcha sohalari mahalliy xom ashyo hisobiga ishlardi. Koʻpchilik mahalla aholisi qishda biror kasbhunar bilan shugʻullanib, yozda shahar tashqarisidagi yer (mavze)larida dehqonchilik va bogʻdorchilik qilgan.

19-a. oʻrtalarida Rossiya podsho hukumati yirik strategik mavqega ega boʻlgan Toshkentni bosib olish maqsadida harbiy yurish boshladi. Bu vaqtda Toshkent va Toshkent viloyati Qoʻqon xonligi tarkibida edi. 1864-y. 1 okt. da M. G. Chernyayev boshchiligidagi rus qoʻshinlari Chimkent yoʻlidan kelib Oqqoʻrgʻon tepaligiga oʻrnashdilar va shaharni qamal qilib toʻplardan oʻqqa tutdilar. Toshkentliklar shaharni qattiq turib himoya qildilar. Qoʻqondan xonlik lashkarboshisi Mulla Alimqul mingboshi koʻp ming kishilik qoʻshin bilan Toshkentga yetib kelgach, Chernyayev qoʻshinlari bilan Chimkentga chekinishga majbur boʻldi. Birok 1865-y. 27 apr. da Chernyayev qariyb 2000 kishilik qoʻshin bilan yana Toshkent tomon yoʻlga chiqib, Chirchiqdaryosi boʻyidagi Niyozbek qalʼasini egallaydi va shaharni suvsiz qoldirish maqsadida Kaykovus arigʻi (Boʻzsuv kanali) suv oladigan toʻgʻonni buzdirib tashlaydi. Lashkarboshi Alimqul ham oʻz qoʻshinlari bilan Qoʻqondan Toshkentga yetib keladi. Sulton Saidxon, Alimqul va toshkentlik akobirulamolar boshchiligida shaharni himoya qilishga katta tayyorgarlik koʻriladi. Chernyayev 7-mayda qoʻshinlari bilan Toshkentga yaqinlashadi. Dushman qoʻshinlari Salor arigʻini kechib oʻtib, TarxonSayyod (hoz. Darxonota) arigʻining oʻng sohili (hoz. Pushkin koʻchasi)da muqobil turgan Toshkent himoyachilariga qarata toʻpdan oʻt ochadilar (q. Darxon jangi). 9 may kuni shaharning shim. sharqidagi Shoʻrtepada Toshkent himoyachilari bilan rus bosqinchilari oʻrtasida yana qattiq jang boʻladi. Jangda Alimqul ogʻir yarador boʻlgach, himoyachilar oʻrtasida parokandalik va vahima boshlanadi. Qoʻqon xonligi askarlari Alimqul xazinasini olib oʻz yurtlariga joʻnab ketdilar. Toshkentda Qoʻqon xonligining 60 yillik hukmronligi barham topdi. Buxoro amirligi, Qoʻqon va Xiva xonliklari Toshkent himoyachilarining yordam soʻrab qilgan murojaatlariga rad javobini berdilar. Chernyayev fursatni boy bermaslik uchun Toshkentni qamal qildi. Shahar aholisi suvsiz qoldi, oziq-ovqat zaxirasi ham tugadi. 14-iyunda dushman askarlari shaharga bostirib kirishga muvaffaq boʻldi, ular doʻkon va uylarga oʻt qoʻydilar. Shahar mudofaasida faol qatnashgan toshkentlik tarixchi Muhammad Solih «Jadidai tarixi Toshkand» asarida yozishicha, toshkentliklar dushmanga qattiq qarshilik koʻrsatganlar. Bosqinchilar birinchi galda Oʻrda saroyini yondirdilar, keyin portlatdilar. Uch kun davom etgan mislsiz jangdan soʻng 42 kun suvsiz qolgan va ochlikdan tinkasi qurigan Toshkent himoyachilari 17-iyunda ertalab taslim boʻlishga majbur boʻldilar. Chernyayev shahar ayonlaridan Toshkentning 12 darvozasi ramziy oltin kalitlarini topshirishni talab qildi. Juda koʻp odam qurbon boʻldi. Chernyayev buyrugʻi bilan uylar yondirildi, egalari otib tashlandi yoki miltiq nayzasi bilan sanchib oʻldirildi. Hech kimga shafqat qilinmadi. Shunday qilib, podsho Rossiyasi qoʻshinlari maxsus otryadi bilan Toshkentni bosib olishga muvaffaq boʻldi. Toshkent va unga qarashli atrof yerlarda rus davlatining xukmronligi oʻrnatildi. T. Rossiyaning keyinroq Turkiston xonliklarini bosib olishi uchun tayanch punktiga aylantirildi. Chernyayev, oʻz bosqinchiligini oqlash uchun Toshkent goʻyo ixtiyoriy ravishda Rossiya tobeligiga oʻtganligi haqida shahar ayonlari nomidan qalbaki hujjat tayyorladi. Bu hujjatni imzolashdan bosh tortgan Solhbek Oxund va yana ayonlardan 6 kishi Sibirning Tomsk sh. ga surgun qilindi. 1865-y. sent. da Orenburg generalgubernatori Krijanovskiy Toshkentga kelib shaharni Rossiya imperiyasi tasarrufiga oʻtganligini eʼlon qildi. 1866-y. avg. da Rossiya imperiyasining Toshkentni Rossiya tobeligiga olinganligi haqida rasmiy farmoni eʼlon qilindi. Toshkent 1867-y. da tashkil etilgan Turkiston generalgubernatorligiisng siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi boʻlib qoldi. Anhorning chap sohilida mustamlakachi maʼmurlar va harbiylar uchun Yangi shahar qurila boshladi. 1865-y. avg. — okt. oylarida ruslar T. ning Qoʻymas darvozasi roʻparasidagi tepalikda Toshkent Tuprokqoʻrgʻoni harbiy qalʼasini barpo etishdi. Yangi shahar hududida maʼmuriy idora va mahkamalar joylashdi. Anhorning oʻng sohilidagi qad. T. Eski shahar deb atala boshladi. Toshkentning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi butun Turkistonni bosib olinishini tezlashtirdi.

1892-y. da toshkentliklar mustamlaka zulmiga qarshi koʻzgolon koʻtardilar (q. Toshkent qoʻzgʻoloni). 1899-y. Zakaspiy t. y. Toshkentgacha uzaytirildi. 1906-y. esa Toshkentni Rossiya markazi bilan bogʻlovchi eng yaqin yoʻl Orenburg — Toshkent t. y. qurildi. Toshkent asosiy t. y. tuguni, savdo va tranzit punktiga, Turkiston oʻlkasining maʼmuriysiyosiy markaziga aylandi. Shaharda yangi sanoat korxonalari hamda savdo muassasalari vujudga keldi. Aholisi ham, asosan, yevropaliklar hisobiga tez oʻsib bordi. 1913-y. da Toshkentda 111 sanoat korxonasi, jumladan, 15 paxta tozalash zdi, 3,5 mingdan ortiq hunarmandchilik ustaxonasi, 22 rus va chet el savdo firmalarining boʻlimlari, 186 ta kattakichik doʻkon boʻlgan. Toshkent aholisi, asosan, hunarmandchilik, dehqonchilik, bogʻdorchilik va savdosotiqbilan shugʻullangan. Toshkentning Yangi shahar qismida yevropaliklar qurgan sanoat va transport korxonalari (paxta tozalash, yogʻmoy, vinoaraq, gʻisht, pilla va b. korxonalar, t. y., tramvay va b.)da mahalliy aholi vakillari ham ishlay boshladi. Toshkent dagi Bosh t. y. ustaxonasining 800 ishchisidan 120 tasi mahalliy millat vakili boʻlgan. Tramvay transporti va elektrenergetika korxonalarida 1000 dan ziyod ishchi ishlagan. 20-a. boshlarida Toshkentda 280 ga yaqin mahalla, 170 mavze boʻlgan.

1916-y. iyulda Toshkent mehnatkashlari oq podshoning mardikorlikka olish haqidagi farmoniga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi (q. Mardikorlik).

Rossiyada Oktyabr toʻntarishi haqidagi xabar Toshkentga yetib kelgach, bolsheviklar va soʻl eserlar hokimiyatni zoʻravonlik yoʻli bilan egallash uchun kurashdilar. 1917-y. 28 okt. da Bosh t. y. ustaxonasining mahalliy millatga mansub boʻlmagan ishchilari hamda askarlar qoʻzgʻolon boshladilar. Ular t. y. deposi, tovar omborlari, 1Sibir polki kazarmalarini ishgʻol qildilar. Shahar markazi qoʻzgʻolonchilar qoʻliga oʻtdi. 1 (14) noyab. da Tuproqqoʻrgʻon ham ishgʻol qilingach, Toshkentda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. Shu tariqa Toshkentda Rossiyadan badargʻa qilingan bolsheviklar 1917-y. 1 noyab. da t. y. masterovoylari yordamida toʻntarish oʻtkazib hokimiyatni egalladilar. 1918-y. 30 apr. dan T. Turkiston ASSRning poytaxti deb eʼlon qilindi. 1924-y. da Oʻzbekiston poytaxti Samarqandga koʻchirildi. 1930-y. dan Toshkent yana poytaxt boʻldi.

Sovet hukumati yillarida Toshkent mahallalari boshlangʻich maʼmuriy birlik shaklida saqlanib qoldi, biroq ularning vazifalari koʻp tomondan cheklab qoʻyildi.

2jahon urushigacha boʻlgan davrda Toshkentda bir qancha sanoat korxonasi — tikuvchilik, tamaki, poyabzal fkalari, toʻqimachilik kti, metallsozlik, mashinasozlik zdlari va b. qurildi. Boʻzsuv, Qodiriya, Boʻrijar GESlari bunyod qilindi. 2jahon urushi yillarida Toshkent sanoati butunlay frontga xizmat qildirildi. Sanoat 1943-y. da 1940-y. dagiga nisbatan 3 barobar koʻp mahsulot berdi. Urush yillarida nemislar okkupatsiya qilgan viloyatlardan evakuatsiya qilingan 300 ming kishi, shu jumladan, 200 mingga yaqin bola Toshkentga joylashtirildi. 1930—40 y. larda Toshkentda asosan, qishloq xoʻjaligi. ni texnika bilan taʼminlashga qaratilgan ogʻir sanoat tarmoklari tez surʼatlar bilan rivojlantirildi. Yirik sanoat korxonalari — «Uzbekqishloqmash», ekskavator zdi, «Toshtekstilmash», «Toshpaxtamash», «Toshkentkabel», yogʻmoy kti, karborund zdi, mashinasozlik, elektr lampa va elektr mexanika zdlari, yirik panelli uysozlik kti va b. kurildi.

1966-y. 26 apr. da Toshkentda yuz bergan zilzila natijasida shahar jiddiy shikastlandi. Zilzila oqibatlari qisqa muddat (3,5 y.)da tugatildi (q. Toshkent zilzilasi). Shahar qiyofasi butunlay oʻzgardi. Toshkent hududi atrofga bogʻ va ekinzorlar hisobiga tez oʻsdi, koʻplab turar joy massivlari, jamoat binolari, metropoliten qurildi. 1983-y. da shaharning 2000-yillik toʻyi oʻtkazildi.

1991-y. 31 avg. da Toshkentda Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilindi. Hoz. T. Oʻzbekiston Respublikasining siyosiy markazi hamdir. Bu yerda Oʻzbekiston Prezidentining qarorgohi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, ijtimoiy harakat va partiyalarning va b. jamoat tashkilotlarining markazlari, chet el elchixonalari, BMT ga qarashli tashkilotlar vakolatxonalari joylashgan. Toshkent chet ellardagi birodarlashgan shaharlar bilan doʻstona aloqalarni rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshmoqda, Toshkent bir qancha xorijiy shaharlar bilan birodarlashgan.

Toshkentning eng muhim xususiyatlari shahar gerbi (ramzi) da aks etgan. U uzok, tarixga ega. Ilk oʻrta asrlardayoq Toshkentning oʻziga xos ramzi yuzaga kelgan. 8-a. da Choch (Shosh) sh. ning nishoni qoplon (togʻ barsi) boʻlgan. Buni 8-a. birinchi yarmida hukmdorlik qilgan Yabgʻu Tarnovcha nomi bilan zarb qilingan tangalarning old tomonida krplon, orqasida esa qangʻarlarning ayri tam/ali va sugʻd yozuvida «Tarnovcha» deb bitilgan muhri tasvirida koʻrish mumkin. Toshkent hukmdorlari koʻpincha oʻz valiaxdlariga ham togʻning eng kuchli va epchil jonzodiga qiyosan Elbarsxon, Belbarsxon kabi ism qoʻyganlar. Toshkentning Oʻzbekiston mustaqilligi davridagi gerbi 1996-y. da tasdiqlangan, 2003-y. da gerb tasviriga qisman oʻzgartirishlar kiritilgan (519betdagi rayemga q.).

Toshkentda jahon mamlakatlari, BMT tashkilotlari va Markaziy Osiyo davlatlarining turli muhim mavzulardagi seminar, simpozium va qurultoylari oʻtkazib turiladi. 1998-y. da YUNESKO tashkiloti Ijroiya Kengashining 155sessiyasi, 1999-y. 19—20-iyulda Afgʻoniston muammosini hal etish boʻyicha 6Q2 guruhining BMT homiyligidagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda tarixiy Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. 2000-y. sent. da YUNESKO xrmiyligida «Dinlararo dialog va dunyo madaniyati» mavzuidagi xalqaro konfess, 2003-y. 14-mayda «Interkontinental» mehmonxonasida «Markaziy Osiyo 20asrda: hamkorlik, sheriklik va muloqot» mavzuida xalqaro konferensiya, 2004-y. iyun oyida Shanxay hamkorligi tashkilotining konferensiyasi oʻtkazildi.

Toshkentda mustaqillik sharofatidan kelib chiqib ham iqtisodiyot, ham maʼnaviyat sohasida tub islohotlar qilina boshladi. Iqtisodiyot sohasida bozor munosabatlariga oʻtilishi talablari asosida biznes, ishbilarmonlikni, xorijiy sarmoyalar kiritishni ragʻbatlantirish, yangi bankkredit sistemasini barpo etish, mulkni xususiylashtirishga doir bir qancha amaliy tadbirlar koʻrildi. Shaharda xorijiy mamlakatlar ishbilarmonlari bilan hamkorlikda qoʻshma korxonalar, firmalar ochish rivoj topa boshladi.

Shahar qiyofasiga sharqona tus berilishiga ahamiyat berildi. 1991-y. 1 sent. da Toshkent dagi Markaziy maydonni Mustaqillik maydoni deb atash haqida Oʻzbekiston Prezidenti farmoni eʼlon qilindi. Koʻchalar, maydonlar, tashkilotlar, tumanlar qayta nomlana boshladi. Shahar markazidagi eng katta xiyobon Amir Temur nomi bilan atalib, Sohibqironga haykal oʻrnatildi va temuriylar davri tarixi davlat muzeyi qurildi. Shaharning olimlar yashaydigan dahasidagi maydonlardan biriga Mirzo Ulugʻbekka haykal qoʻyildi va h. k.

Toshkentni obodonlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shaharga kerak boʻlmagan, uning tabiiy muhitini buzadigan korxonalar, tashkilotlar yopildi yoki shahardan tashqariga koʻchirildi. Toshkentning Eski shagʻar qismida joyning oʻziga xos xususiyatlarini eʼtiborga olib, asosan, 1995-y. dan butun infrastrukturani kompleks rivojlantirishga kirishildi. Mahallalararo aloqalarni saqlab qolib, shaharning tarixan tarkib topgan qismini tubdan taʼmirlash va obodonlashtirish yoʻlida katta ishlar kilindi. Jumladan, Eski shaharning Krrasaroy, Sagʻbon, Bobojonov, Forobiy koʻchalari kengaytirilib, kayta ochildi. Bu koʻchalarda transport qatnovi yaxshilandi. Fargʻona yoʻli, shuningdek, Toshkentni Qozogʻiston bilan bogʻlovchi Keles koʻprigi va b. qayta qurildi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Islom unti, «Turkiston» saroyi, Respublika Birja markazi, «Tata» («Quality») mehmonxonasi, «Toshkentlend» istirohat bogʻi va b. inshootlar foydalanishga topshirildi. «Olay», «Eski joʻva», «Farhod», «Beshyogʻoch», «Mirobod», «Asaka», «Otchopar», «Parkent», «Koʻkcha» bozorlari deyarli qayta qurildi. Toshkent metrosining Yunusobod yoʻnalishi ishga tushirildi. Toshkent dagi bir qancha xashamatli binolar, Oʻzbekiston milliy bogʻi, Yapon bogʻi, Gʻafur Gʻulom nomidagi bogʻ, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Xalqaro biznes markazi, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, «Interkontinental Toshkent», «Le Meridian otel Tashkent Palace», «RadissonSAS Tashkent» mehmonxonalari, «Yunusobod», «JAR», «Golfklub» sport majmualari, eng yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan Oʻzbekiston milliy banki sport majmuasi, shaharning bir qancha joylarida qurilgan koʻpriklar va kichik halqa yoʻli, «Shahidlar xotirasi» majmui, «Xotira» maydoni, Oʻzbekiston tasviriy sanʼati galereyasi va b. Oʻzbekiston poytaxtining taraqqiy qilish bosh rejasining eng koʻzga koʻringan bosqichlari xolos. Bu oʻzgarish va qurilishlarning muallifi va tashabbuskori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovdir.

Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida «Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qoʻllabquvvatlash haqida»gi farmoni (1998) va qonuni (1999), «Obod mahalla yili» dasturi (2003) asosida Toshkent mahallalari oʻz huquqiy maqomiga ega boʻldi. Ularning faoliyat doirasi kengaydi. Mahallalar yuridik shaxs sifatida oʻz mulkiga, moliyaviy byudjetiga bankdagi hisob raqami — jamgʻarmasiga ega boʻldi, rahbariyat (rais, kotib)ning nufuzi ortdi, vazifalari aniq belgilandi. Mahallalar oʻz hududlarida savdo va maishiy xizmatni, sanitariya va ekologik holatlarni yaxshilash, toʻlovlar sistemasida ishtirok etib, mahalla va aholi ahvolini yaxshilashga koʻmaklashish kabilarda faol qatnashish imkoniga ega boʻldilar.

Shaharda 493 fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organi — fuqarolar yigʻini (mahalla qoʻmitasi) ishlaydi (yana q. Mahama).

Toshkent — Respublikaning eng yirik sanoat markazi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan mahsulotning 30% ga yaqini poytaxt hissasiga toʻgʻri keladi. Shahar sanoatida 14 tarmoqqa mansub 300 dan ziyod asosiy korxonalar ishlab turibdi. Sanoat ishlab chiqarish. tarkibida elektr energetikasi, mashinasozlik va samolyotsozlik, metallga ishlov berish, binokorlik materiallari, yengil va oziqovqat sanoati kabi tarmoklar salmoqdi oʻrinni egallaydi. Toshkent toʻqimachilik ktida ip gazlama mahsulotining asosiy qismi ishlab chiqariladi. Aviatsiya ishlab chiqarish. birlashmasi, Toshkent traktor zdi, «Algoritm», «Zenit» i. ch. birlashmalari, elektronika zdi, «Tong», «Malika», «Yulduz» tikuvchilik fkalari, binokorlik korxonalarining keng tarmogʻi ishlab turibdi. Bu korxonalar oʻz mahsuloti bilan tashki dunyoga chiqmoqda. Aviatsiya ishlab chiqarish. birlashmasining jahon andozalariga javob beradigan «Il76», «Il114» samolyotlari ishlab chiqarilmoqda.

Toshkent korxonalari Germaniya, Syangan, Vengriyaga mis simi, bir qancha mamlakatlarga paxta terish mashinalari, Belgiya, Shveysariya, Fransiya, Germaniya, AQSH, Serbiya va Chernogoriyaga paxta tolasi va b. mahsulotlarni eksport qiladi. Toshkentda 80 dan ziyod xorijiy mamlakat firma va kompaniyalari bilan birgalikda tashkil etilgan 1423 qoʻshma korxona va firmalar faoliyat koʻrsatmoqda (2004). Jumladan, Turkiyaning «Shayxontohur tekstil», «Sagʻbontekstil», Jan. Koreyaning «UZOmegaTex», Germaniya va Shveysariyaning «Xobas tapo», AQSHning «Bezak» qoʻshma korxonalari Toshkent iqtisodiyotini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshmoqsa. 2003-y. nodavlat sektorida sanoat mahsulotlarining hajmi 88,6% ga yetdi.

T. Oʻrta Osiyodagi eng yirik transport chorrahasi, aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Shaharda t. y. vokzali, 2 aeroport, avtovokzal, 5 avtostansiya ishlaydi. Bu yerdan Toshkent — Orenburg — Moskva, Toshkent — Turkmanboshi, Toshkent — NamanganAndijon va boshqa t. y. oʻtgan. Toshkent — Yangiyoʻl, Toshkent — Xoʻjand, Toshkent — Samarkand, Toshkent — Guliston yoʻnalishida elektr poyezdlari qatnaydi. Toshkentdan MDH dan tashqari London, Frankfurt Mayn, TelAviv, Jidda, Dehli, Karochi, Istanbul, Bangkok, Pekin, NyuYork, Amsterdam, Sharja (BAA), KualaLumpur, Tehron, Afina, Syangan sh. lariga muntazam havo yoʻllari, Halab, Seul, Osiyo va Yevropaning koʻpgina shaharlariga charter yoʻlovchilar tashuvchi reyslar oʻtgan. Shaxardan bir necha muhim avtomobil yoʻli boshlanadi, ularning eng yirigi — Katta Oʻzbekiston traktoʻ. Toshkent halqa avtomobil yoʻli mavjud. Shahar yoʻlovchilar ichki qatnovi metropoliten, trolleybus, avtobus, tramvay, taksi orqali amalga oshiriladi.

2003/04 oʻquv yilida Toshkentda 362 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 378,9 ming oʻquvchi, 11 gimnaziyada 17,1 ming oʻquvchi, 23 akademik litseyda 9,3 ming oʻquvchi, 30 musiqa va 25 sport maktabida 19,2 ming oʻquvchi taʼlim oldi. Toshkentda 30 oliy oʻquv yurti (jumladan, Oʻzbekiston milliy unti, I va II T. Tibbiyot intlari, Pedagogika unti, Iqtisodiyot unti, Islom unti, Texnika unti va b.) boʻlib, ularda 107,8 ming talaba taʼlim oldi (2004). Toshkentda 1998 — 2003-y. larda 47 kasbhunar kolleji va akademik litseylari binolari ishga tushirildi. Ular zamonaviy dastgoh va texnika bilan jihozlandi. Shaharda 31 kasbhunar kollejida 29,1 ming oʻquvchi oʻqiydi.

Toshkentda 16 muzey (Oʻzbekiston davlat sanʼat, Adabiyot, Oʻzbekiston kino sanʼati, Oʻzbekiston sogliqni saqlash, Antiqa va zargarlik buyumlari va b. muzeylar) boʻlib, ularda 800 mingga yaqin eksponat qoʻyilgan, 166 jamoat kutubxonasi (13,8 mln. nusxa asar), 9 madaniyat saroyi, 65 madaniyat uyi bor.

Toshkentda 13 teatr (Oʻzbek milliy teatri, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek davlat akademik opera va balet katta teatri, Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali teatri, Abror Hidoyatov nomidagi yoshlar teatri, Yoʻldosh Oxunboboyev nomidagi Oʻzbek davlat respublika yosh tomoshabinlar teatri, Toshkent davlat rus akademik drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri, Rus davlat respublika yosh tomoshabinlar teatri, operetta teatri va b.) mavjud.

Toshkent sirkida 1940-y. dan boshlab mashhur oʻzbek dorbozlari — Toshkanboyevlar sulolasi faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Toshkentda 16 madaniyat va istirohat bogʻi bor. Shulardan biri markaziy, 5 tasi bolalar bogʻi (shulardan biri shahar bogʻi), 10 tasi madaniyat va istirohat bogʻi. Ayniqsa, Alisher Navoiy nomidagi milliy bogʻ, Gʻafur Gʻulom, Furqat, Bobur nomidagi, «Bogʻi eram», «Akvapark» bogʻlari mashxur. Undan tashqari dendrapark, botanika bogʻi, hayvonot bogʻi, Gagarin bosh faoliyat koʻrsatadi. Amir Temur xiyoboni va b. bor. Toshkent dagi ziyoratgoh joylardan Shayx Zayniddin, Choʻponota, Kaffol Shoshiy, Xoʻja Alambardor maqbaralari mavjud.

Toshkentda 18,6 ming oʻrinli (10 ming kishiga 86,8 oʻrin) 99 kasalxona muassasasida 16,5 ming vrach, 25,2 ming oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. Shaxarda 115 poliklinika, 594 dorixona faoliyat koʻrsatadi. Respublika ahamiyatidagi shoshilinch tibbiy yordam, urologiya, koʻz mikroxirurgiyasi, kardiologiya, jarroxlik, onkologiya markazlari Toshkentda joylashgan.

Toshkentda 5 sanatoriy, 19 ta sanatoriyprofilaktoriy, dam olish uyi bor, shulardan, Chinobod sanatoriysi, Tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tadqiqot inti qoshidagi davolash klinikasi va bolalar statsionari va b. faoliyat koʻrsatadi. Toshkent yaqinida Toshkent mineral suvi balneologik kurorti joylashgan.

1994-y. da Toshkentda «Yunusobod» tennis saroyi qurilib, unda UzR Prezidenta sovrini uchun tennis boʻyicha katta xalqaro musobaqalar oʻtkazilmoqda. Shaharda Olimpiada oʻrinbosarlari bilim yurti, «Paxtakor» sportmashgʻulot birlashmasi, «Qibray» oʻquvmashgʻulot markazlari, yengil atletika boʻyicha «Yangiobod» oʻquvmashgʻulot bazasi joylashgan. «Yoshlik» sport arenasi, «Paxtakor» markaziy stadioni va b. xalqaro sport talablariga javob beradigan sport inshootlardir. Shu bois Toshkentda katta xalqaro sport musobaqalari oʻtkazib turiladi. 1995-y. sent. da 1Markaziy Osiyo oʻyinlari, 1998-y. noyabda «suv pariyey» sinxron suzish boʻyicha 1xalqaro turnir, 1999-y. 7-iyunda «Dinamo» tennis kortida «Tashkent open» xotinqizlar turniri boʻlib oʻtdi. Oʻzbekistonning «Paxtakor» futbol jamoasi oʻz stadionida jahon va Osiyoning nufuzli jamoalari bilan uchrashuvlar oʻtkazib kelmoqda. Mashhur oʻzbek kurashi boʻyicha ham Toshkentda xalqaro musobaqalar boʻlib oʻtdi. 2004-y. iyul oyida toshkentlik Rustam Qosimjonovnnng shaxmat boʻyicha jahonning eng kuchli shaxmatchilarini yengib Jahon chempioni unvonini olishi oʻzbek shaxmat sportining buyuk gʻalabasidir. Toshkentda sport mavzusiga bagʻishlangan bir qancha jurnali va gaz. lar chiqadi. Shulardan «Sport», «Oʻzbekiston futboli» va b. ni aytish mumkin. Oʻzbekistonda sport kadrlarini, asosan, Oʻzbekiston davlat jismonii tarbiya inti tayyorlaydi. Int qoshida 1993-y. dan Oʻzbekiston Olimpiya akademiyasi faoliyat koʻrsatadi.

Toshkentda 19 nomda respublika gaz. lari, 2 viloyat gaz. («Toshkent haqiqati», «Tashkentskaya pravda»), 2 shahar gaz. («Toshkent oqshomi», «Vecherniy Tashkent»), 44 koʻp tirajli gaz. nashr etiladi. Respublikada nashr etiladigan 67 nomdagi jurnalning 62 tasi Toshkentda chiqadi (q. Matbuot). T. da 4 ta informatsiyey agentlik faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekistondagi nashriyotlarning asosiy qismi Toshkent shaxridadir (q. Noshirlik). Oʻzbekiston radioeshittirishlarida Toshkent radiosi yetakchi oʻrinni egallaydi. Toshkent shahri va viloyat radio tinglovchilari uchun har kuni Toshkent shahar va Toshkent viloyat radioeshittirishi bosh tahririyatida tayyorlangan eshittirishlar beriladi (1971-y. dan). Bosh tahririyatda axborot va ijtimoiysiyosiy boʻlimlar bor (q. Radioeshittirish). Toshkent televideniye studiyasining Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi uchun moʻljallangan koʻrsatuvlari bosh tahririyati maxsus koʻrsatuv turkumlarini tayyorlaydi (q. Televideniye).

Toshkent dagi tarixiy meʼmoriy yodgorliklardan: Koʻkaldosh madrasasi (16-a.), Shayx Zayniddin bobo makbarasi (13 — 14-a. lar), Xoʻja Alambardor makbarasi (taxm. 10-a.), Abulqosim shayx madrasasi (19-a.), Yunusxon makbarasi (15-a. oxiri), Shayx Xovandi Tohur maqbarasi (15a.), Qaldirgʻochbiy makbarasi (15-a. ning 1yarmi) va b. saklangan.

Toshkent shahri tumanlari Akmal Ikromov tumani — T. dagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1977-y. Chilonzor va Oktyabr (hoz. Shayxontohur) tumanlarini ixchamlashtirish maqsadida, ular hududida tashkil etilgan. Davlat arbobi Akmal Ikromov nomiga qoʻyilgan. 1977-y. dan hoz. chegarasida jan. va jan. sharkdan Zargarlik va Qatortol koʻchalari bilan boshlanib, gʻarb va shim. gʻarbda avtomobil halqa yoʻliga tutashadi. Mayd. 2797 ga, jumladan, koʻkalamzor yerlari — 1124 ga. Aholisi 228,3 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 424 tani tashkil etib, shundan 8 tasi markaziy hisoblanadi. Asosiy avtomagistrallari: Lutfiy, Hamroqul Tursunqulov, Farhod, Sulton Segizboyev, Uygʻur, Nazarbek, Ziyo Sayd, Toʻqimachi koʻchalari va Kichik halqa yoʻl. Tumanda 50 ta mahalla mavjud.

Tuman hududida quyidagi sanoat korxonalari: zargarlik zdi, bulkakonditer, sut ktlari, «Toshkentsut» aksiyadorlik jamiyati, «Fonon» zdi, «OsiyoFud» non mahsulotlari korxonasi, «Chevar» tikuvchilik ishlab chiqarish. birlashmasi, «Gazavtomatika» korxonasi, «Toshinterm» Oʻzbekiston — Xitoy, «Shayxontohurtekstil» koʻshma korxonalari, Toshkent mexanizatsiya vositalari va jihozlari hamda stanoksozlik tajribaeksperimental mexanika zdi, toʻqimachilik ktining 4yigiruvtoʻquv fkasi, 13 avtotransport va 5 qurilish tashkiloti mavjud. Tumanda Jahon tillari unti, Davlat soliq akademiyasi, yuridik kolleji, sanʼat internat maktabi, 3 ta akademik litsey, 5 kasbhunar kolleji, 37 umumiy taʼlim maktabi, 53 bolalar bogʻchasi va yaslisi, 8 davolash yaslisi, 6 davolashprofilaktika muassasasi, 22 poliklinika, 6 oilaviy poliklinika, 5 kasalxona va dispanser bor. Tuman aholisiga 512 oziq-ovqat va 550 sanoat mollari doʻkoni, 420 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi xizmat qiladi. 2 madaniyat uyi, 8 jamoat kutubxonasi, «Vatan» kinoteatri, Akmal Ikromov nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi bor. Turar joy fondining umumiy foydali mayd. 3486 ming m2 (2004). Tumanda qurilish ishlari 1966-y. dan boshlangan. Toshkentni rekonstruksiya qilish va rivojlantirish Bosh planiga muvofiq tumanda katta qurilish ishlari olib borilmoqda; 70, 72 ATS, stomatologiya poliklinikasi, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, «Karvonsaroy bozori», «Oʻrikzor», «Guliston» turar joy massivlari, bolalar bogʻchalari, maktablar qurilib ishga tushirildi. Farhod va Uygʻur koʻchalari kengaytirildi.

Bektemir tumani (1990-y. gacha Narimonov) — T. dagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1960—81 y. lar Bektemir shaharchasi: 1973—90 y. larda shahar, 1981—90 y. larda davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Narimon Kerbalay Najaf ugli Narimonov (1870—1925) nomi bilan yuritilgan. 1990-y. dan Toshkent tarkibidagi Bektemir tumani. Chirchiqdaryosining chap sohilida. Bu dare Bektemir tumanini boshqa tumanlardan ajratib turadi. Mayd. 1,83 ming ga, shu jumladan koʻkalamzorlashtirilgan hududi 0,012 ming ga. Aholisi 29,9 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 45 ta. Asosiy yirik koʻchalari: Husayn Boyqaro, Ohangaron shohkoʻchasi, Bektemir. 12 ta mahalla mavjud. Tuman hududida «Oʻzsmatana», «Agrokeramika», «Mirmaks» qoʻshma korxonalari, 17 sanoat korxonasi, shu jumladan, Toshkent motor, «Irgidromash» va b., 9 transport muassasasi, «SredazVNIIgidromash» i. t. instituta, 5 umumiy taʼlim maktabi, musika maktabi, bolalar sport maktabi, 13 bolalar bogʻchasi, 16tibbiyotdavolash muassasasi, 4 poliklinika bor. Tumanda 522 yirik hamda kichik oʻrta biznessubyektlari faoliyat koʻrsatadi, shundan 44 tasi xorijiy investitsiyalar ishtirokida tuzilgan korxonalardir. Tuman aholisiga 11 oziqovqat, 4 sanoat mollari, 7 aralash mollar doʻkonlari, univermag, 30 ovqatlanish korxonasi, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari xizmat qiladi. 5 jamoat kutubxonasi, klub, madaniyat uyi, kinoteatr, 10 dan ziyod bolalar sport maydonchalari, tennis korti, 2 futbol maydoni bor.

Tumanda Oʻrta Osiyoda yagona boʻlgan «Golfklub» tashkil etilgan.

Mirzo Ulugʻbek tumani (1935-y. gacha — Proletar tumani, 1992-y. gacha Kuybishev tumani; 1992-y. maydan Mirzo Uluyebek tumani) — T. dagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1929 i. tashkil qilingan. Hoz. chegarasi 1978-y. dan buyen oʻzgarmagan. Toshkentning shim. sharqiy qismida joylashgan. Toshkent markazi (Amir Temur xiyoboni)dan boshlanib, shim. sharqiy tomonga, Toshkent avtomobil halqa yoʻligacha boradi. Feruza mavzesi, Toshkent traktor zdi, Ulugʻbek shaharchasi gʻam tuman hududiga kiradi. Maydoni 3,2 ming km2, shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan hudud — 0,579 ming ga. Aholisi 247,6 ming kishi (2004). Tuman hududida tarixiy va madaniy yodgorliklardan Kirxa (1892) saklangan. Koʻchalar soni 532 ta. Asosiy magistrallari: Pushkin, Parkent, Temur Malik, Oqqoʻrgʻon koʻchalari, Buyuk ipak yoʻli shohkoʻchasi, Habib Abdullayev koʻchasi, Kichik halqa yoʻl. 49 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 377 yirik korxona, shundan 28 sanoat korxonasi (shu jumladan, «Toshkentkabel», traktor zdlari, «Oʻzbekiston paxtachilik mashinasozligi», lokboʻyoq zdlari.), 3119 kichik va oʻrta biznes subyektlari bor. 27 i. t. instituta, 10 loyiha inti, 4 oliy oʻquv yurti (Madaniyat inti, Jahon iktisodiyoti va diplomatiya unti va b.) xamda umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti, harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish inti, yozuvchilar, kompozitorlar, meʼmorlar ijodiy uyushmalari va teatr jamiyati, 33 umumiy taʼlim maktabi, 12 kasbxunar kolleji, 4 bolalar musiqa maktabi va sanʼat maktabi, 10 kasalxona va dispanser, «Ona va bola» markazi, 11 oilaviy poliklinika, 2 tibbiysanitariya qismi ishlab turibdi.

Aholiga 176 oziq-ovqat doʻkoni, 244 sanoat mollari doʻkoni, 304 umumiy ovqatlanishkorxonalari, 517 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi xizmat qilmoqda. Muxtor Ashrafiy, Sergey Yesenin uymuzeylari, 28 jamoat kutubxonasi, 3 madaniyat uyi va saroyi, 3 madaniyat va istirohat bogʻi, hayvonot bogʻi va b. ishlab turibdi. Turar joy fondining umumiy foydalanish mayd. 2579 ming m2.

Mirobod tumani (1992-y. gacha Lenin tumani) — T. dagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1929-y. Shayxontohur tumani bilan birgalikda tashkil etilgan. Hoz. chegarasi 1977-y. dan buyen oʻzgarmagan. Tuman Toshkentning janubiy qismida joylashgan. Shim. da Amir Temur xiyobonidan halqa yoʻligacha choʻzilgan. Mayd. 1,71 ming ga, shu jumladan koʻkalamzorlashtirilgan hududi —0,356 ming ga. Aholisi 123,8 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 103 ta, shundan 8 tasi markaziy koʻcha hisoblanadi. Bularga Fitrat, Movarounnahr, Nukus, Kosmonavtlar koʻchasi, T. Shevchenko, Fargʻona yoʻli va b. kiradi. 39 ta mahalla mavjud. M. t. janubdan Bektemir, sharqdan Hamza, shim. dan Yunusobod, shim. gʻarbdan Yakkasaroy, jan. garbdan Sergeli tumanlari bilan chegaradosh. Tuman chegaralari Sharof Rashidov, Istiqlol, Oxunboboyev, Fargʻona yoʻli, Toshkent Katta halqa yoʻli, Beshkent, Fitrat, Turgʻunboyeva,. Oq yoʻl, Kichik Beshyogʻoch, Nukus, Kunayev koʻchalaridan oʻtadi. Toshkent metropolitenining «Oybek», «Toshkent» stansiyalari M. t. hududidadir. Tuman hududidan 4 ta kanal (Baratxoʻja, Qorasuv, Salor, Tolariq) oqib oʻtadi.

M. t. da 3167 korxona va tashkilot faoliyat koʻrsatadi, shundan 349 tasi yirik, 818 tasi kichik va oʻrta biznes subyektlaridir. Toshkent sh. boʻyicha sanoat ishlab chiqarish. umumiy hajmidagi tumanning ulushi 10,5% ni tashkil etadi. «Oʻzelektroapparat», «Oʻzkimyofarm», «Foton», «Tong» aksiyadorlik jamiyatlari, «Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir», «Uchqun» kabi yirik sanoat korxonalari respublika ahamiyatiga ega.

M. t. da asosiy doiradagi sanoat korxonalari soni 31 tani tashkil qilib, sanoatning 8 ta tarmogʻi boʻyicha faoliyat yuritadilar, bular yengil sanoat, oziqovqat, tibbiyot, matbaa sanoati, mashinasozlik va metallni qayta ishlash sohasi, yogʻochni qayta ishlash va qogʻoz ishlab chiqarish. sanoati, kimyo va neft kimyosi sanoati, qurilish ashyolari ishlab chiqarish. tarmoqdaridan iborat. Xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish. hajmlarining eng yuqori oʻsish surʼatlari yengil, oziq-ovqat sanoat sohalarida kuzatiladi.

Tuman eksport salohiyatining asosiy qismi «Oʻzbekiston havo yoʻllari» va «Oʻzbekiston temir yoʻllari» kompaniyalariga toʻgʻri kelib, Toshkent sh. boʻyicha eksportning 1/3 qismi tuman ulushiga toʻgʻri keladi.

Tumandagi oʻzida chiqarilgan mahsulot eksporti bilan shugʻullanuvchi korxonalar «Uzelektroapparat», «Foton» aksiyadorlik jamiyatlari, «Kvark», «Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir», «Tashelektroapparat» korxonalari va b. dir.

M. t. da Mirobod bozori, aeroport, t. y. vokzali, 17 umumiy taʼlim, 2 musiqa, 3 sport maktabi, 8 kasbhunar kolleji, 3 akademik litsey, 6 oliy oʻquv yurti (Toshkent Vestminster unti, Toshkent davlat aviatsiya, Toshkent farmatsevtika, Toshkent temir yoʻllari transporti muhandislari, Toshkent sharqshunoslik, Toshkent avtomobil va yoʻllar intlari), 5 oʻrta maxsus bilim yurti faoliyat koʻrsatadi. Aholiga 778 savdo va 180 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi xizmat koʻrsatadi. Ulardan 108 oziqovqat, 55 sanoat mollari doʻkonlari, 227 ovqatlanish, 160 nooziq, 160 aralash, 58 nostatsionar savdo shoxobchalaridir.

Toshkent shahar, viloyat hokimiyatlari, Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek davlat akademik opera va balet katta teatri, Toshkent davlat rus akademik drama teatri, shuningdek, 4 madaniyat uyi, 2 madaniyat va istirohat bogi, Le Meridian otel Tashkent Palace, «Poytaxt» mehmonxonalari, 7 kutubxona, Sanʼat, Temir yoʻl texnikasi, Tibbiyot muzeylari, Oʻzbekiston BA Markaziy koʻrgazma zali mavjud. Tumanda 1 klinik shifoxona, bolalar kasalxonasi, shahar klinik ruxiy kasalliklar shifoxonasi, 2tugʻruq majmuasi (4 va 5 sonli), 40 oilaviy poliklinika, Temir yoʻl, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Markaziy konsultativ tashhis poliklinikalari, stomatologiya poliklinikasi (7sonli), shahar jismoniy tarbiya dispanseri, teritanosil kasalliklari dispanseri (1sonli), Toshkent shahar yoʻlovchitransport tibbiyot sanitariya qismi, shahar bolalar ruhiyasab kasalliklari shifoxonasi va sanatoriy ishlab turibdi. Turar joy fondining umumiy mayd. 1432,1 ming m2.

Sergeli tumani — shahardagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1967-y. da tashkil etilgan. Toshkent shahrining jan. gʻarbiy qismida. S. t. hududi markaziy t. y. trassasidan Chirchiq daryosi qayirlarigacha boʻlgan yerlarni, jan. gʻarbda Choshtepa, Noʻgʻayqoʻrgʻon, Toshkent aeroporti atrofi, Qoʻyliq 5—7, Sergeli 1 — 8, Sputnik (Yoʻldosh), Doʻstlik, Quruvchilar mavzelari, Eski Sergeli, Sanoat zonasini qamrab oladi. Shim. gʻarbdan Toshkent viloyatining Zangiota, jan. sharqsan Yangiyoʻl tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 5,19 ming ga, shu jumladan, koʻkalamzor yerlar 0,347 ming ga. Aholisi 154,4 ming kishi (2004). Mahallalar va uyjoy shirkatlari soni 33 ta boʻlib, 14 ta mavze va Yoʻldosh (Sputnik) shaharchasidagi (1966-y. da tashkil etilgan) 17 ta kichik mavzedan iborat. Koʻchalar soni 147 ta. Asosiy magistrallari: Toshkent avtomobil halqa yoʻlining jan. qismi, Yangi Sergeli, Choshtepa, S. Tolipov, Qipchoq koʻchasi; Toshkent — Angren t. y. ham tuman hududidan oʻtadi.

S. t. da 1101 korxona boʻlib, shulardan 167 tasi yirik, 252 tasi kichik va b. korxonalardir. 330 ta sanoat korxonasida: mebel, ikkilamchi kora va rangli metall, porshen, gigroskopik paxta, asfalt, rezina va plastmassa buyumlari, yogʻochni qayta ishlash, charm va b. mahsulotlar ishlab chiqariladi. «Fayz» xolding kompaniyasi, «Mebel» korxonasi, aviatsiya taʼmirlash zdi, «Novator» (traktor porshenlari), «BarakatAlfa» (gigroskopik paxta), «Grinvord» (bolalar oziq-ovqati, meva sharbatlari), Toshkent temir yoʻl masofasi (konteynerlar joʻnatadi) korxonalari, Quyoshdan himoyalash buyumlari zdi (plastmassa romlar va b.), «Toshkent» xalqaro aeroporti, Sergeli aviaotryadlari, 3 avtokombinat, «RAF» avtokorxonasi (yoʻlovchilarga kichik avtobusda xizmat koʻrsatiladi), 4, 12avtobus saroylari mavjud. Shuningdek, 973 ta tadbirkor faoliyat koʻrsatadi. Tumanda 27 umumiy taʼlim maktabi, 5 ta maktabdan tashqari taʼlim markazi, 6 kasbhunar kolleji, 2 bolalar sport maktabi bor. Sogʻliqni sakdash sistemasida 491 oʻrinli 3 ta shahar kasalxonasi, 5 poliklinika, tugʻruqxona, teritanosil kasalliklari dispanseri, 33 dorixona Aholiga xizmat koʻrsatadi. St. da Oʻzbekiston Respublikasi tashki iqtisodiyot milliy banki, Sanoat qurilish banki, «Asakabank», Uyjoy jamgʻarma banki, Xalq banki boʻlimlari mavjud. Shahardagi eng yirik savdo majmualaridan dexdon bozori, Sergeli, «Avtomakon» bozori, Poytaxt Sergeli savdo markazi ishlab turibdi. 8 kutubxona, 3 madaniyat uyi, Usmon Nosir va Yangi Sergeli madaniyat va istirohat bogʻlari, musiqa maktabi bor. 106 sport inshooti, shu jumladan, stadion, 5 suzish havzasi, 43 sport zali, 51 sport maydonchasi, 4 sogʻlomlashtirish sport majmuasi mavjud.

Tumanda qurilish ishlari, asosan, Toshkent zilzilasi (1966-y.)dan keyin boshlangan boʻlib, 1 va 2 qavatli yogʻoch uylar qurilgan. Sergeli turar joy dahasidagi 4 va 9 qavatli binolar 1980 — 90 y. larda qad koʻtargan. St. turar joy fondining umumiy foydali mayd. 2718,5 ming m2 (2004).

Tumanning asosiy yoʻnalishi — umumshahar markazi bilan bogʻlaydigan Yangi Sergeli koʻchasi. Tuman hududida Choshtepa va Noʻgʻayqoʻrgʻon arxeol. yodgorliklari bor.

Sobir Rahimov tumani — T. dagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1970-y. da tashkil kilingan. Sobir Rahimov nomi bilan atalgan. 1980-y. dan hoz. chegarasida. Toshkentning shim. gʻarbida joylashgan. Shim. gʻarbda Toshkent viloyati Zangiota tumani, shim. va shim. sharkda Toshkent tumani, sharkda Yunusobod tumani, jan. va jan. gʻarbda Shayxontohur tumani bilan chegaradosh. Mayd. 3,4 ming ga, shu jumladan koʻkalamzor yerlari 1,01 ming ga. Aholisi 283,6 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 290 ta. Asosiy magistrallari: Beruniy, Niyozov, Kichik halqa yoʻl, Forobiy, Ziyomov, Chimboy, Usta Shirin, Tansiqboyev, Hasanov, Oybek va Qorasaroy koʻchalari. 58 ta maxalla mavjud.

Tuman hududida K«olorfleks», «Imperial», «Osiyobatareya» qoʻshma korxonalari, 30 sanoat korxonasi, shu jumladan, «Toshkentmarmar» ishlab chiqarish. birlashmasi, «Mikond», agregat, tajribamexanika, ekskavator taʼmirlash, «Kompressor», «Oniks» va chinni zdlari, «Toshkent mebel» i. ch. birlashmasi, «Tola» (pillakashlik) korxonasi, bosh kiyimlar fkasi, 10 avtotransport va 10 kurili sh tashkiloti faoliyat koʻrsatadi. Tumanda 19 ilmiy tadqiqot inti, 4 loyihalash tashkiloti («Oʻzgazloyiha», «Oʻzqishloqxoʻjalik loyiha», Xalq taʼlimi Vazirligining loyihakonstruktorlik byurosi, «Tash. ZNIIEP»), 3 oliy oʻkuv yurti (OʻzMU, ToshDTU, 2Toshkent tibbiyot inti), 1 litsey, 1 kasbxunar kolleji, 37 umumiy taʼlim maktabi, 1 sanʼat, 1 ta musika maktabi, 60 ta maktabgacha tarbiya muassasasi bor. Tuman aholisiga 47 oilaviy poliklinika, 20 ta kasalxona, 8 madaniyat uyi va saroyi, 10 ta kutubxona, yosh tomoshabinlar teatri, tabiat muzeyi, 3 ta bozor, 5 ta stadion, 6 ta suzish havzasi, 57 sport zali, 10 ta tennis majmuasi xizmat koʻrsatadi. Tuman xududida «Oymomo» madaniyat va istirohat bogʻi, bir necha kichik dam olish maskanlari, «Oʻzekspomarkaz» xalqaro koʻrgazmalar majmui, «Olimpiya» mexmonxonasi faoliyat koʻrsatadi. 110 oziqovkat va 51 sanoat mollari dukoni, 196 umumiy ovqatlanish korxonasi, 467 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi mavjud.

Mustaqillik yillarida Sagʻbon, Qorasaroy, Forobiy koʻchalari kengayib, Moyqoʻrgʻon, Beshqoʻrgʻon mavzelari tashkil qilindi, uz. 1 km dan ziyod koʻprik bunyod etildi.

Tuman xududida meʼmoriy yodgorliklardan Barokxon madrasasi, Qaffol Shoshiy maqbarasi bor. Beruniy, Furqat, Sobir RahimovvaL. B. Shastri, Berdaq, A. Kodiriyga haykal oʻrnatilgan. Shahar metropolitenining Beruniy metro styasi tuman xududida joylashgan.

Chilonzor tumani — T. dagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1963-y. da tashkil kilingan. Toponimistlarning fikricha tuman nomi chilon (jiyda) oʻsimligidan olingan. Toshkent zilzilasi (1966) dan keyin tumanda qurilish ishlari avj oldi. Toshkentning jan. gʻarbiy qismida joylashgan. Shim. da Oktepa kanali, sharkda Boʻrijar kanali, jan. gʻarbda Oʻrta Osiyo t. y. boʻylab Toshkent avtomobil halqa yoʻli va Bobur koʻchasigacha davom etgan. Mayd. 2994 ga, shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan maydonlar 1,334 ming ga. Aholisi 217,1 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 262 ta. 45 ta mahalla mavjud. Tumandagi baʼzi joylar Toshkent tarixi bilan bogʻliq. Chilonzor Oktepasi arxeologik yodgorligi (4—8-a. lar, 10 — 11-a. lar), Abulqosim Shayx madrasasi, Xayrobod Eshon meʼmoriy majmuasi kabi meʼmoriy yodgorliklar shu tuman xududida joylashgan.

Asosiy magistrallari — Xalqlar doʻstligi, Muqimiy, Choʻponota, Farhod, Gavhar, Chilonzor, Qatortol, AlXorazmiy koʻchalari. Hududida qoʻshma korxonalar («Sovplastital» Oʻzbekiston — Italiya qoʻshma korxonasi, «Oʻzbegiminterneshnl» qoʻshma korxonasi va b.), 24 sanoat korxonasi (shu jumladan, 3 poyabzal i. ch. birlashmasi, koʻrlar jamiyatining i. ch. kombinati, «Rele va avtomatika», «Algoritm» korxonalari, elektr roʻzgʻor buyumlari zdlari); 8 i. t. instituta, 8 loyihalash inti, konstruktorlik byurosi, Toshkent davlat iqtisodiyot unti, 38 umumiy taʼlim maktabi, 20 akademik litsey va kollej, 65 maktabgacha yoshdagi bolalar muassasasi; 9 kasalxona va 31 ta poliklinika bor. Aholiga 152 oziqovqat, 64 sanoat mollari doʻkonlari, 121 umumiy ovqatlanish korxonasi, 96 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, Chilonzor buyum bozori xizmat kiladi. Mukimiy nomidagi musiqa va drama teatri, Davlat musiqali komediya (operetta) teatri, 2 kinoteatr, Navoiy nomidagi Milliy bogʻ, Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi, Xalqlar doʻstligi saroyi faoliyat koʻrsatadi. 4 stadion, 101 sport zali, 166 sport maydonchalari, 6 suv havzasi, otchopar majmuasi bor. Turar joy fondining umumiy foydali mayd. 3178 ming m2.

Shayxontohur tumani — T. dagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1929-y. Oktyabr tumani nomi bilan tuzilgan. 1992-y. da Shayxontohur (Shayx Xovandi Tohur) tumani deb oʻzgartirilgan. 1978-y. dan hoz. chegarada. Shim. gʻarbda Zangiota tumani, shim. da Sobir Rahimov, shim. sharkda va sharqda Yunusobod, jan. da Chilonzor va Yakkasaroy, gʻarbda Akmal Ikromov tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 2,73 ming ga, shu jumladan koʻkalamzorlashtirilgan maydonlar 0,832 ming ga. Aholisi 263,1 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 622 ta. Asosiy magistrallari: Abdulla Qodiriy, Navoiy, Uzbekistan, Beruniy shohkoʻchalari, Furqat, Uygʻur, Samarkand darvoza koʻchalari. Xalqlar doʻstligi, Xadra, Chorsu, Ostepa maydonlari, 48 ta mahalla bor.

Tumanda 3379 korxona va tashkilot mavjud. 9 sanoat korxonasi, shundan «Sharq guli» badiiy, Toshkent tikuvchilik, «Orzu» i. ch. birlashmalari, Toshkent matbaa kti, koʻnmoʻyna zdi va b. ishlab turibdi. 3069 kichik va oʻrta biznes subyektlari qayd etilgan. Sh. t. da 18 vazirlik, davlat qoʻmitalari va yirik idoralar, meʼmorlik va shaharsozlik bosh boshqarmasi, 11 loyihalash inti, Oʻzbekiston Respublikasi FAning Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi, Seysmologiya, Polimerlar kimyosi va fizikasi, Mikrobiologiya intlari, Arxitektura va qurilish, kimyotexnologiya intlari, 16 oʻrta maxsus oʻquv yurti, 42 umumiy taʼlim maktabi va b. muassasa, tashkilotlar bor. 10 ta oilaviy va stomatologiya shifoxonasi, 18 poliklinika va ambulatoriya, 8 kasalxona xizmat koʻrsatadi. Mustaqillik yillarida tuman hududida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Islom universiteta, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya unti qoshidagi akademik litsey qurildi, Oʻzbek milliy akademik drama teatri, «Chorsu» savdo markazi binolari hamda Eski joʻva bozori kayta taʼmirlandi.

Eng yirik guzarlari: «Gulzor», «Ipakchi», «Koʻkcha», «Islomobod». Tumanda «Yangi Kamolon», «Huvaydo», «Bogʻkoʻcha», «Choʻponota», «Ipakchi» mahallalarida katta sport maydonlari mavjud. 562 oziq-ovqat, 346 sanoat mollari doʻkonlari, 174 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, «Chorsu» savdo markazi tuman aholisiga xizmat koʻrsatadi.

Oʻzbek milliy akademik drama teatri, Abror Hidoyatov nomidagi Oʻzbek davlat drama teatri, Satira teatri, Rus yosh tomoshabinlar teatri, sirk, «Sanʼat saroyi», «Oʻzkoʻrgazmasavdo» saroyi, 9 madaniyat uyi va muassasasi, Kino uyi, 22 jamoat kutubxonasi, 4 kinoteatr va b., «Paxtakor» stadioni, «JAR» sport majmui, «Sharq», «Xadra», «Yoshlar uyi», «Sun Shine Tyron» mehmonxonalari ishlab turibdi. Tuman hududida meʼmoriy yodgorliklaridan Koʻkaldosh madrasasi (16-a.), Yunusxon (15-a.), Shayx Zayniddinbobo (13— 14alar) maqbaralari saklangan.

Yunusobod tumani — T. dagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1936-y. da Kirov tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1992-y. may oyidan Yunusobod tumani deb ataladi.

Yunusobod nomining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar bor. Ayrim tadqiqotchilar (akad. A. Muhammadjonov) fikricha, joyning nomi juda qad. boʻlib, asli «Yunusrabot» deb atalgan. Bu oʻrinda «rabot» karvonsaroy maʼnosida qoʻllangan (q. Rabot). Shim. tomondan shaharga kiruvchilar shu joyda qoʻnib oʻtishgan. Mahalliy ziyolilarning fikricha, joyning nomi sebzorlik tadbirkor Yunusʼhoji Nodirhoji oʻgʻli (19-a., Yunusobod Oktepasida bogʻrogʻlari boʻlgan) haqidagi rivoyatlar bilan bogʻliq. Tuman shaharning shim. qismida joylashgan. Amir Temur xiyobonidan boshlanib shim. tomonga, Toshkent katta halqa yoʻligacha davom etadi.

Mayd. 4,14 ming ga, shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan mayd. 1,073 ming ga. Aholisi 289,0 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 441 ta. Asosiy magistral koʻchalari: Sharof Rashidov, Amir Temur, Ahmad Donish, Xurshid, Gʻani Mavlonov, Jahon Obidova, Gvardiya polkovnigi Xoʻjayev. 50 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 3547 korxona va tashkilot boʻlib, kichik va oʻrta biznes subyektlarining sanoat i. ch. dagi ulushi 36,3%, qurilishda 64,2%, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 50,9% ni tashkil etadi. Ular orasida 155 ta qoʻshma korxona faoliyati i. ch. va aholiga xizmat koʻrsatishga yoʻnaltirilgan.

Sanoat korxonalaridan «Uzbekqishloqmash», «Yulduz» tikuvchilik, «Asbobsoz», «Raupxon» korxonalari; vagon taʼmirlash zdlari, kitobjurnal fkasi, «Oʻzbekenergotaʼmir» i. ch. birlashmalari va b. ishlab turibdi. Chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan «Dilek interprays», «Aylin Gida Sanayi», «Aziya Silk» shoʻba korxonalari, «Rastr», «Supertekstil» korxonalari, shuningdek, mebel ishlab chiqaruvchi 3 ta kushma korxona bor.

20 ga yaqin i. t. instituta, loyihalash intlari, 6 litsey, 6 kasbhunar kolleji, 4 oliy oʻquv yurti, 42 umumiy taʼlim maktabi, 3 musiqa maktabi, 70 maktabgacha tarbiya muassasasi, 8 ta kasalxona, 40 poliklinika va ambulatoriya muassasalari, 1 sanatoriy bor. 2 kinoteatr, «Turkiston» kinokonsert zali, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston xalklari tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi, hayvonot bogʻi, «Interkontinental», «Dedeman Silk Road», «Sheraton» mehmonxonalari, Shahidlar xotirasi majmuasi, 5 madaniyat uyi, 12 kutubxona, 186 sport inshootlari, Olay, Yunusobod bozorlari, 1785 ta savdo, 356 ta umumiy ov~ qatlanish va 467 ta maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turipti. Toshkentning asosiy televizion minorasi tuman hududida joylashgan. Turar joy fondining umumiy foydali mayd. 5223 ming m2. Yu. t. hududida Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻnalishining Yunus Rajabiy, Abdulla Qodiriy, Minor, Habib Abdullayev styalaridan elektr poyezdlar qatnaydi. 2005-y. gacha yana 3 stya (F. Xoʻjayev, «Yunusobod», «Turkiston»)ni ishga tushirish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.

Yakkasaroy tumani — T. dagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1936-y. Frunze tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1992-y. maydan Ya. t. deb ataldi. Tuman Toshkentning jan. va qisman markaziy kismida joylashgan. Shim. da Oʻzbekiston koʻchasidan jan. da Urta Osiyo t. y. liniyasigacha choʻzilgan. Mayd. 1,39 ming ga, shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan hududi 0,144 ming ga. Aholisi 112,3 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 156. Asosiy magistrallari: Bobur, Usmon Nosir, Nukus, Uzbekistan, Shota Rustaveli, Afrosiyob koʻchalari. 17 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 24 sanoat korxonasi va 32 qurilish tashkiloti joylashgan. 3 avtotransport korxonasi, yuk ortishtushirish t. y. styasi, avtovokzal ishlab turibdi. Yirik sanoat korxonalaridan «Toshtoʻqimachi» kti, «Toshkent yogʻochni qayta ishlash zdi», Temirbeton mahsulotlari zdi, «Agama» korxonasi, poyabzal, Sanoatindustriya birlashmalari va b. faoliyat koʻrsatadi. 26 i. t. instituta, loyihalash tashkilotlari va konstruktorlik byurosi, 4 oliy oʻkuv yurti (Nizomiy nomidagi Pedagogika unti, Toʻqimachilik va yengil sanoat inti, Mannon Uygʻur nomidagi Sanʼat inti, Toshkent Xoreografiya oliy maktabi), 6 ta kasbhunar kolleji va litseylar, 19 umumiy taʼlim, 2 sport, 2 musiqa maktablari, 8 kutubxona mavjud. Tuman aholisi salomatligi muhofazasini 14 davolash muassasasi va 5 ta oilaviy shifoxona taʼminlaydi. «Toʻqimachi» stadioni, 4 suzish havzasi, 29 sport zali, 89 korxona va muassasalarga qarashli sport maydonchalari, 2 megʻmonxona, 1 kinoteatr, 9 kutubxona, Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogi, Respublika Baynalminal madaniyat markazi, qoʻgʻirchoq teatri, Amaliy sanʼat muzeyi, Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasining koʻrgazmalar zali mavjud. Aholiga 97 oziq-ovqat, 60 sanoat mollari doʻkoni, 188 umumiy ovqatlanish korxonasi, 129 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, «Askiya» dehqon bozori xizmat koʻrsatadi.

Tumandagi koʻp qavatli binolar asosan, «Boshliq», «Qushbegi» turar joy massivlari va yirik magisgrallar boʻylab joylashgan.

Hamza tumani — T. dagi maʼmuriyhududiy birlik. 1968-y. da tashkil qilingan. Hamza nomiga qoʻyilgan. Gʻarbda Amir Temur xiyoboni va Yoʻldosh Oxunboboyev koʻchasidan boshlab sharqda Ohangaron yoʻligacha davom etadi. Xududi 3,46 ming ga shu jumladan, koʻkalamzorlar — 172 ga. Aholisi 208,7 ming kishi (2004). Kuchalar soni 220 ta. Asosiy magistrallari: Jarqoʻrgʻon, Lisunov, Hamza, Yoʻldosh Oxunboboyev kuchalari va Fargona, Ohangaron yoʻllari. H. t. da 50 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 2152 ta tashkilot, shu jumladan, 34 sanoat korxonasi (Toshkent aviatsiya ishlab chikarish birlashmasi, «Toshqishloqmash», «Toshmargyogʻ», «Toshkentvino», «Oʻzbek qogʻozi», «Oʻzbekiston shampani», «Toshdonmahsulot», «Toshkentguruch» aksiyadorlik jamiyatlari korxonalari va b.); 168 kurilish tashkiloti; t. y. transporti korxonalari — teplovoz va vagon depolari, Toshkent yuk ortishtushirish t. y. stansiyasi bor. Shuningdek, tumanda 37 transport va aloqa korxonalari joylashgan.

Keyingi yillarda tashkil qilingan «Farm Glase» Uzbekistan—Britaniya, «Tufin» Oʻzbekiston—Isroil, «LokKolorSintez» Oʻzbekiston — Shveysariya, «XobasTapo» Oʻzbekiston—Germaniya— Shveysariya, «NWA» — Oʻzbekiston— Rossiya qoʻshma korxonalarida import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar i. ch. yoʻlga qoʻyilgan.

H. t. da Oʻzbekiston Respublikasi FA Prezidiumi, 3 i. t. instituta, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, 25 umumiy taʼlim maktabi, 50 ta maktabgacha tarbiya muassasasi, 5 musika, maktabi, 4 kasbhunar kolleji, Toshkent birinchi tibbiyot inti va biznes maktabi bor. 9 kasalxona, 30 poliklinika va ambulatoriya muassasasi, 1 qon kuyish stansiyasi faoliyat koʻrsatadi. Aholiga 359 oziq-ovqat, 595 sanoat mollari doʻkonlari, 197 umumiy ovqatlanish, 324 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari xizmat kiladi. 16 jamoat kutubxonasi, 4 kinoteatr, 2 madaniyat saroyi, 4 madaniyat uyi, «BaxtRohat» dam olish zonasi bor. Turar joy fondining umumiy mayd. 2,5 mln. m2 ga yaqin.

Ad.: Toshkent [ensiklopediya], T., 1992; Azadayev F., Tashkent vo vtoroy polovine XIXveka, Toshkent, 1959; Sokolov Yu. A..Tashkent, tashkentsы i Rossiya, Toshkent 1965; Dobroyemыslov A. I., Tashkent v proshlom i nastoyaщyem. Istoricheskiy ocherk. T., 1912; Bartold V. V., Sochineniya, 3t. ; M., 1965; Mukminova R. G., Filanovich M. I., Tashkent na perekrestke istorii, Toshkent, 2001; Oʻrin boye v A., Boʻriyev O., Toshkent Muhammad Solih tavsifida, Toshkent, 1983; Beysembiyev Toshkent, «Taʻrixi Shaxruxi» kak istoricheskiy istochnik, AlmaAta, 1987; Munirov K., Irisov A., Nosirov A., Toshkent tarixida baʼzi siymolar, Toshkent, 1983; Sodiqova N. S.,ʻBuryakov Yu. F., Qadimgi va hozirgi Toshkent, Toshkent, 1965; Bulatova V. A., Mankovskaya L., Pamyatniki zodchestva Tashkenta (XIV—XIX), T,, 1983, Muham madjonov A. R., Qadimgi Toshkent, 2002; Toshkent atlasi, M., 1984.

Prev Article

TOSHKAKRA