TOVUSH (musiqada) — musiqaning ifoda kuchiga ega eng kichik tarkibiy qismi. Musikiy Tovushlar maʼlum musiqiy tizimni tashkil etib, muayyan balandpastlik (lad), uzunqisqalik (ritm va metr), dinamika va tembrga ega boʻladi. Odatda, musiqada 16 gs — 4500 gs (S2—d5) orasidagi, 0,015 sek —23 min. uzunligidagi Tovush lardan foydalaniladi. Shuningdek, musiqada muayyan balandlikka ega boʻlmagan (aleatorika, sonoristika, usul) T. lardan ham qoʻllaniladi. Musiqiy Tovush larning oʻziga xosligi, shuningdek, badiiy talqin jarayonidagi (agogika, artikulyatsiya, surʼat, melizmlar va b.) xususiyatlar bilan belgilanadi (yana q. Nagʻma, Ton).
Ad.: Nazaykinskiy Ye., Zvukovoy mir muzoʻki, M., 1988.