TOY — otning 1 yoshdan 2 yoshgacha boʻlgan bolasi. Toylik davri qulunpik va gʻoʻnonlik davrlari oʻrtasiga toʻgʻri keladi. Toylar sutdan ajratilganidan keyin onasidan hamda erkagi urgʻochisidan ajratilgan holda boqiladi. Toy larda jinsiy uygʻonish 1,5 yoshdan boshlanadi, 2,5 yoshida saralanadi va yilqi uyurlarini yangilash va toʻldirishga jalb etiladi.