TUKANLAR

TUKANLAR (Rhamphastidae) — qizilishtonsimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. 37 turni birlashtirgan 5 urugʻi bor. Eng katta vakili — katta tukan uz. 60 sm cha; tumshugʻi —15—17 sm. Patlari turli rangda va juda chiroyli. Monogam qush. 1 — 4 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini nari va modasi navbat bilan bosadi. Bolalari 6 — 8 haftada uchirma boʻladi. Markaziy va Jan. Amerikadagi tropik oʻrmonlarda yashaydi. Tukanlar, asosan, mevalar, qisman umurtqasiz hayvonlar, mayda sudralib yuruvchilar, qushlar tuxumi hamda bolasi va b. bilan oziklanadi.

Prev Article

TUKAN

Next Article

TUKLI ARILAR