TUMAN

TUMANtomchi holidagi suyuq dispers fazali aerozollar. Oʻta toʻyingan bugʻlardan kondensatsiya natijasida hosil boʻladi. Atmosferadagi Yer sirti qatlamlaridagi suv bugʻlarining toʻyinishidan hosil boʻlgan suv tomchilari yoki muz kristallari toʻplamidan iborat. Tuman 1 km dan kamroq masofaga gorizontal koʻrinishni xiralashtiradi. T. Yerga yaqin havo qatlamining sovishi yoki uning namlanishi oqibatida yuzaga keladi. Sovish natijasida paydo boʻladigan Tuman quyidagilarga ajraladi: 1) Yer yuzasi salbiy radiatsiya balansi natijasida bunyodga keladigan va Yer yuzasidagi havo qatlamini sovitadigan radiatsion Tuman, bunday Tuman, odatda, sal shamol boʻlib ayoz tunda, qishda esa kunduzi ham boʻlishi mumkin;

2) sovuq Yer ustiga issiq havoning adveksiyasi natijasida paydo boʻladigan advektiv Tuman ; bulutlar past boʻlib sovuq shamol turganda sutkaning har qanday paytida ham yuzaga kelishi mumkin;

3) atmosfera fronti ustidagi yomgʻir tomchilarining bugʻlanishi hisobiga paydo boʻladigan frontal T. Qishda qattiq sovuq adveksiyasi paytida dengizlar ustida, yezda va kuzda esa qirgʻoqdan kechasi sovigan havoning oqib kelishi oqibatida suv havzalari ustida kuzatiladi. Koʻp vaqt T. yuqorida aytib oʻtilgan jarayonlarning birgalikdagi yoki ketma-ket taʼsiri ostida ham paydo boʻladi.