TURKLAR — xalq. Turkiyaning asosiy aholisi (50 mln. kishi). Umumiy soni 53,3 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Turk tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Turklar antropologik jihatdan jan. yevropeoid irqning Oʻrta dengiz guruhiga mansub. Etnik jihatdan Turklar 2 asosiy komponent: 11 — 13-a. larda saljuqiylar va moʻgʻullar istilosi davrida Oʻrta Osiyo va Erondan Kichik Osiyoga koʻchib kelgan koʻchmanchi turkchorvador qabilalari (asosan, oʻgʻuzlar va turkmanlar) va mahalliy (Kichik osiyolik) aholidan tarkib topgan. Turklarning bir qismi (uzlar va bijanaklar) Bolqon ya. o. orkali Kichik Osiyoga kirib kelgan.
Turklar mahalliy aholi (greklar, armanlar, gruzinlar va b.) bilan aralashib, ularning bir qismini oʻziga singdirib oldi, ularning xoʻjaligi va madaniyatining juda koʻp belgilarini oʻzlashtirdi. Etnogenezida, shuningdek, arab, kurd, jan. slavyan, rumin, alban va b. elementlar ham qatnashgan. 14 — 16-a. larda T. Bolqon ya. o. va Kiprni egallaganlar. Turk xalqi taxm. 15-a. da tarkib topdi. Turklar tarkibida yarim koʻchmanchi etnografik guruhlar: yuruklar, turkmanlar, taxtajlar, abdallar va b. bor. Yarim koʻchmanchilar oʻtroklashib, Turklar tarkibiga singib bormoqda. Hoz. Turklarning koʻpchiligi (65%) qishloq xoʻjaligi. da (dehkrnchilik va chorvachilik), mln. dan oshiqrogʻi sanoatda band.