UBAYDULLOH ibn ZIYOD (taxm. 649 taxm. 685) — Arab xalifeishgining Xurosondagi noibi (673—674); Movarounnaxrni arablar tomonidan fath etilishining dastlabki bosqichida faol katnashgan arab sarkardasi. Xalifa Muoviya tomonidan 673-y. oxirlarida arab qoʻshiniga bosh boʻlib Amudaryoni birinchi boʻlib kechib oʻtgan. Soʻngra Buxoroni qamal qilgan. Buxoro malikasi (q. Xutak xotun) turklarni yordamga chaqirgan va ular yordamida arablarga qarshi zarbalar bergan. Biroq oqibatda arab qoʻshini gʻolib kelib, oʻrtada sulh tuzilgan. Sulhga koʻra Buxoro malikasi bir lak (bir million) dirham hajmda boj toʻlagan, shuningdek, arablar koʻplab qurolyarogʻlar, kiyimkechaklar, oltin, kumush buyumlar va 4 ming buxorolik kamonchilarni oʻlja olib Xuroson noibi qarorgohi — Marvga qaytishgan. Ubaydulloh ibn ziyod ibn 3. buxorolik kamonchilarni oʻzining shaxsiy gvardiyasiga aylantirgan. Muoviya Ubaydullohni 674-y. Xurosondan chaqirtirib olib Basra noibi etib tayinlagan, 681-y. dan — Basra va Kufa noibi.