USMON NOSIR

USMON NOSIR (taxallusi; asl ismsharifi Nosirov Usmon) (1912.13.11, Namangan — 1944.9.3, Kemerovo viloyati Mariinsk sh. yaqinidagi Suslovo qishlogʻi) — shoir. Kambagʻal hunarmand oilasida tugʻilgan. 4 yoshidan otasidan yetim krlib, dastlab togʻasi qoʻlida tarbiyalangan. 1921-y. da oʻgay otasi bilan birga Qoʻqonga koʻchib borgan. Shu yerdagi «Yangi hayot» va ikkinchi bosqich maktablari (1921 — 29)da oʻqigan. Soʻngra Moskvadagi Kinematografiya in-tining ssenariy ftida 1 yil tahsil koʻrgan (1929 — 30). Oʻqishni davom ettirmay, Koʻqondagi qisqa muddatli taʼlim va tarbiya kurslarida oʻqituvchi, ilmiy boʻlim mudiri va shahar teatrida adabiy emakdosh boʻlib ishlagan (1930—33). Samarqanddagi Ped. akademiya (hoz. SamDU)ning til va adabiyot ftida birmuncha muddat tahsil olishda davom etgan (1933—34). Keyin Toshkentga koʻchib kelib, «Yosh leninchi» gaz. da ishlagan (1934) va erkin ijod bilan mashgʻul boʻlgan.

«Haqiqat qalami» ilk sheʼri 1927-y. «Yangi yoʻl» gaz. da, fuqarolar urushi mavzuiga bagʻishlangan «Norboʻta» nomli birinchi dostoni 1931-y. «Yangi Fargʻona» gaz. da, «Quyosh bilan suhbat» va «Safarbar satrlar» dastlabki sheʼriy toʻplamlari esa 1932-y. da eʼlon qilingan. Shundan keyin Usmon Nosirning «Naxshon» (1934) dostoni, «Traktorobod» (1934), «Yurak» (1935) va «Mehrim» (1936) sheʼriy kitoblari nashr etilgan.

Usmon Nosir 30-y. larning boshlarida oʻzbek sheʼriyatiga chaqmoq oʻlaroq kirib keldi. Usmon nosir ijodining dastlabki kezlaridanoq hayotda roʻy berayotgan muhim voqea va hodisalarni lirik qahramonning hissiyot va kechinmalari orqali ifodalashga, yangi tarixiy davr qahramonini topishga intildi. «Tojixon», «Isroil» kabi sheʼrlarida yangi davr qahramoni obrazini mahorat bilan yaratdi. Usmon Nosir qisqa muddat ichida sheʼriyat sanʼatini mukammal egallab, goʻzal lirik sheʼrlar yoza boshladi. Usmon Nosirning «Monolog», «Yurak», «Yana sheʼrimga», «Nil va Rim» singari sheʼrlari nafaqat uning, balki shu davr oʻzbek sheʼriyatining eng kjsak namunalaridan boʻldi. «Naxshon» dostoni esa shoirning liroepik janrlarda ham badiiy yuksak asarlar yaratishi mumkinligini namoyish etdi.

Usmon Nosir qisqa ijodiy umri davomida dramaturgiya sohasida ham qalam tebratib, «Zafar» (1929), «Nazirjon Xalilov» (1930), «Dushman» (1931), «Soʻnggi kun» (1932) singari sahna asarlarini yozgan va bu asarlar Qoʻqon shahar teatrida sahnallashtirilgan. Shoirning «Atlas» (1935) pyesasi oʻz vaqtida havaskorlar teatri sahnasida qoʻyilgan.

Usmon Nosir ijodida tarjima, ayniqsa, muhim oʻrinni egallaydi. A. S. Pushkinning «Boqchasaroy fontani» va M. Yu. Lermontovning «Demon» dostonlarini mohirlik bilan oʻzbek tiliga tarjima qildi. 1937-y. boshlarida V. Kirshonning «Ulugʻ yoʻl» dramasi Usmon Nosir tarjimasida Hamza teatrida sahnaga qoʻyilgan.

Usmon Nosir 1937-y. 13-iyulda «xalk, dushmani» sifatida hibsga olinib, dastlab Magadan, soʻngra Kemerovo viloyatlaridagi qamoqxonalarga yuborilgan va oʻsha yerda vafot etgan. Toshkent sh. dagi Forobiy kabristonida va Kemerovo viloyati Suslovo qishlogʻidagi mahbuslar qabristonida uning xotirasiga ramziy sagʻana barpo etilgan.

Namangan, Qoʻqon va Toshkentdagi bir necha koʻcha, maktab, texnikum va jamoa xoʻjaliklariga Usmon Nosir nomi berilgan.

Ad.: Gʻafurov I., Lirikaning yuragi, T., 1982; Kari mo v N., Usmon Nosir, T., 1993; Karimov N., Usmon Nosirning soʻnggi kunlari, T., 1994; Rashidova N., Usmon Nosir, T., 2003.

Prev Article

USMON I

Next Article

USMON XOʻJA