USPENSKIY Viktor Aleksandrovich [1879.19(31).8, Kaluga 1949.9.10, Toshkent] — kompozitor, etnograf, pedagog, musiqa jamoat arbobi, sanʼatshunoslik d-ri (1943). Oʻrta Osiyo musiqiy folkloristikasi asoschilaridan.
Turkmenistan (1929) va Oʻzbekiston (1937) xalq artisti. Peterburg konservatoriyasini tugatgan (1913). 1917-y. dan Toshkentda. Turkiston xalq konservatoriyasi (1918), Maorif xalq komissarligi huzuridagi musiqiy etnografiya seksiyasi (1920) tashkilotchilaridan. Toshkent xalq konservatoriyasining Eski shahar boʻlimi rahbari (1919—22), Buxoro Sharq musiqa maktabida oʻqituvchi (1923), Oʻzbek musiqa texnikumi (hoz. Toshkent musiqa kolleji)da millim musiqa boʻlimi rahbari (1928—34), Sanʼatshunoslik in-tida musika kabineti mudiri (1932—49), Toshkent konservatoriyasida pedagog (1936-y. dan), prof. (1943—49).
Uspenskiy 1919—23 y. lar Oʻrta Osiyo xalklarining etnofafik konsertlarini uyushtirgan. Ota Jalol, Ota Gʻiyoslardan Shashmaqomning cholgʻu va ashula boʻlimlarini (1923), Sh. Shoumarovdan Fargona — Toshkent maqom yoʻllari (1934)ni notaga olgan. Folkloretnofafik ekspeditsiyalarini uyushtirib, yuzlab ashula, katta ashula, cholgʻu kuy va xalq qoʻshiqlarini (Fargʻona vodiysi, 1927, 1931), 350 dan ortiq turkman qoʻshiq va cholgʻu kuylarini (Turkmaniston, 1925, 1927, 1929) yozib olib nashr ettirgan: «Shashmaqom» (M., 1924), «Turkman musiqasi» (M., 1928), «Oʻzbek vokal muzikasi» (T., 1950) va b.
Uspenskiy «Farhod va Shirin» (Xurshid pyesasi, 1936; 2tahriri G. Mushel bilan hamkorlikda, 1937) musiqali dramasi, «Muqanna» simfonik syuitasi, «Turkmancha kaprichchio», «Oʻzbekcha poema rapsodiya», «Lirik poema» (1947, Navoiy xotirasiga bagishlangan) kabi simfonik asarlar, spektakl («Yoriltosh», G. Mushel bn), kinofilmlar («Ravot qashqirlari» va h. k)ga yozilgan musiqalar va b. muallifi. Bularda Uspenskiy uzbek, turkman xalklari folkloriga tayangan. Uspenskiy bir necha oʻzbek xalq qoʻshiq va kuylarini qayta ishlagan («Oʻrta Osiyo xalklarining 4 kuyi» va b.). Toshkentdagi maxsus musika internatmaktabi va musika litseyiga Uspenskiy nomi berilgan.
Ad.: Pekker Ya., Viktor Aleksandrovich Uspenskiy, T., 1959; Viktor Aleksandrovich Uspenskiy (Nauchnoye naslediye…), T., 1980.