USTAXONA — 1) kasbhunar egalari — ustalar ishlashi uchun maxsus jihozlangan joy, ishxona. Sharq (jumladan, Oʻrta Osiyo)da ustalar, asosan, koʻcha yuziga qaratib, uylaridan maxsus joy ajratib, Ustaxona qilganlar; shu tarzda zargarlik, temirchilik va b. U. lar mahalla (rasta)lari yuzaga kelgan. Shuningdek, Ustaxonada ustalar ishlash bilan birga «ustashogird tizimi» asosida shogirdlar ham tayyorlagan; bu anʼana hozir ham saklangan; 2) sanoat korxonalarida tuzatish ishlari olib boriladigan boʻlim;
3) ijodkor, jumladan, rassom, haykaltarosh va b. ning ish (ijod) xonasi (yana k. Studiya).