USTUN

USTUN — binoning tayanch qismi. Asosan, tomni koʻtarib turishga xizmat qiladi. Ustun deyarli hamma xalklarning meʼmorligida qadimdan mavjud. Meʼmorlik sanʼati yuksak darajaga koʻtarilgan Qad. Misr, Yunoniston, Rimda, shuningdek, budda dini tarqalgan mamlakatlarda Ustunning shakli, hajmi, bezaklariga asoslangan memorlik orderlariaa kolonna va kolonnadaparnit turli tasvir va naqshlar bilan bezatilgan oʻziga xos turlari vujudga kelgan.

Imom al-Buxoriy majmuidagi ustunlar. Oʻrta Osiyoda geografik muhit taqozosi b-n U. lar xalq meʼmorligida, asosan, tik va toʻgʻri oʻsgan daraxt (tol, terak, qayragʻoch) tanasidan yasalgan xillari kengtarkalgan. Ustunlar poyustun, koʻzagi, bosha kabi qismlarga boʻlingan. Ular badiiy talqinda odam gavdasiga qiyos etiladi. Ustunlar tayanch vazifasidan tashkari bezak sifatida ham muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Yoyuch oʻymakorligidya pardozlangan Ustunlar xdqiqiy sanʼat asari hisoblanadi. Ustunlar aylana, murabba, 6 va 8 qirrali shakllarda ishlanadi. Xorazm Ulari mustahkamligi, bezaklarga boyligi, balandligi (bal. 7,8 m gacha) bilan ajralib turadi (Juma masjid, Toshhovli va b.). U. lar xoz. kun meʼmorligida ham keng qoʻllaniladi. Pishiq gʻisht, tosh, metall, temirbeton kabi Ustun larning oʻziga xos turlari zamonaviy qurilishda keng tadbiq etilmokda.

Prev Article

USTRUSHONA

Next Article

USTURLAB