UYGARAK

UYGARAK — saklarning mozorqoʻrgʻoni (mil. av. 7—5-a. lar). Sirdaryoning qad. irmogʻi Inkardaryo boʻyida (Qozogʻiston) joylashgan. 1961—63, 1965-y. larda 80 ta mozorqoʻrgʻon (diametri 10—14 m, bal. 0,4—2 m)dan 70 tasi oʻrganilgan. Mozorqoʻrgʻonning bal. 20 m, uz. 2 km dan iborat. Uygarak dagi qabrlarning asosiy qismiga jasadlar yakka koʻmilgan. 3 ta juft xrlda va bitta — jamoa (3 kishi) qilib dafn etilgan, qabr ochilgan. Uygarakdan skiflarning hayvonlar tasviri uslubida jezdan ishlangan ot abzali, qurolaslahalar (jez paykonlar, jez va temir xanjarlar va b.), toshdan yasalgan kichik qurbongoh, jez koʻzgu, bezak buyumlar, sopol idishlar topilgan.

Prev Article

UYBAT CHAATASI

Next Article

UY-JOY