UZOQLASHTIRUVCHI NERV

UZOQLASHTIRUVCHI NERVbosh miya nervlarining 6jufti. Miya koʻprigining orqa chekkasidan, koʻprik b-n uzunchoq miyaning piramidasi orasidagi egatdan chiqadi, soʻng koʻz kosasiga keladi va koʻzning tashqi toʻgʻri muskulini innervatsiyalaydi. Uzoqlashtiruvchi nerv zararlanganda tashqi toʻgʻri muskul falajlanganligi sababli, ichki toʻgʻri muskullar koʻz soqqasini ichki tomonga tortib ketadi va gʻilaylikka olib keladi.

Prev Article

UZOQ SHARQ

Next Article

UZOQNI OʻLCHAGICH