VAN

VANTurkiya sharqida, togʻ oraligʻidagi oqmas shoʻr koʻl. Dengiz sathidan 1720 m balandlikdagi tektonik soylikda joylashgan. Mayd. 3764 km2. Chuq. 145 m. Shoʻrligi 19,1%o. Koʻl suvi Subxon va Namrut vulkanlarining otilishi vaqtida chiqqan jinslar bilan toʻsilib qolgan. Vandan tuz olinadi, baliq ovlanadi va mahalliy kema qatnovi (AnqaraTabriz t. y. paromi) mavjud. Sharqiy sohilida Van sh. bor.

Prev Article

VAMPUM

Next Article

VAN