VASSA, toqi — oʻzbek meʼmorligida sinchkor binolarda keng qoʻllaniladigan qurilish materiali. Vassa oqtol gʻoʻlalaridan tayyorlanib, binolar shiftiga qoʻiilgan toʻsin (bolor) lar ustiga zich teriladi. Toʻsinlarining ustiga Vassalar terilgach, ustidan boʻyra yoki bordon yopiladi. Vassalar, baʼzan ohak bilan oqartiriladi yoki rang-barang boʻyoqlar b-n boʻyalib, gullar ishlanadi. Vassajuft imorat — toʻsinlariga Vassalar terib ishlangan bino.