VASSERMAN REAKSIYASI

VASSERMAN REAKSIYASI — zaxmni aniqlash uchun qoʻllaniladigan serologik reaksiya. Uni kashf etgan nemis olimi A. Vasserman (1866—1925) nomi bilan yuritiladi. Vasserman reaksiyasi komplementni bogʻlab olish reaksiyasi (KBR)ga asoslangan boʻlib, u bir yoʻla uchta antigenni ishlatgan holda olib boriladi. Tekshiriladigan zardob 1:4 nisbatda suyultirilib, 4 ta probirkaga 0,1 ml dan kuyiladi. Reaksiya bosqichini krest (+dan to ++++) lar soni bilan ifodalanadi. Vasserman reaksiyasining musbat boʻlishi, bemorda zaxm kasalligi borligini koʻrsatadi. Zaxmdan boshqa kasalliklar (bezgak, qaytalama terlama va b.)da ham Vasserman reaksiyasi qoʻyiladi.

Prev Article

VASSALLIK

Next Article

VASSOF