VEKTOR

VEKTOR (lot. vector — eltuvchi, koʻchuvchi) — toʻgʻri chiziqning yoʻnalishga ega boʻlgan kesmasi. Bu kesma uchlaridan biri Vektorning boshi, ikkinchisi esa oxiri boʻladi. Boshi bilan oxiri ustma-ust tushgan Vektor nol vektor deyiladi. Vektor, odatda, qora harflar yoki ustiga strelka qoʻyilgan oddiy harflar bilan koʻrsa-tiladi, mas., boshi A nuqtada, oxiri V nuqgada boʻlgan Vektor bunday belgilanadi: yoki aʼ yoki yoxud a., mat. va mexanikaning faqat son bilan emas, balki yoʻnalish bilan ham ifodalanadigan mikdorlarni tekshiruvchi masalalari Vektor tushunchasiga olib keladi. Mas., kuch, tezlik V. mikdorlardir. Uzunligi teng boʻlib, yoʻnalishi bir xil boʻlgan ikki Vektor bir-biriga teng boʻladi. Aytib oʻtilgan Vektor miqdorlar-dan siljish, tezlik, tezlanish kabilarni fazoning istalgan nuktasidan chiqqan Vektor bilan tasvirlash mumkin. Bunday Vektor miqdorlar erkin vektorlar deyiladi. Kuch, burchak tezlik singari Vektor miqdorlarni toʻla aniqlash uchun ularning son qiymatlari, yoʻnalishlaridan tashqari yana taʼsir chiziqlarini ham bilish zarur (mas., kuchni faqat shu kuch yoʻnalishi boʻyicha koʻchirish mumkin). Bunday Vektor mikdorlar sirpanuvchi vektorlar deyiladi. Fazoda biror O nuqga maʼlum boʻlsa, shu nuktaga nisbatan fazodagi boshqa istalgan nuqta, mas., M nuqta vaziyatni OM=g bilan aniqlash mumkin. g vektor M nuqtaning radius vektori deyiladi. Tekislik yoki fazodagi har qanday Vektorni koordinatalar boshidan chiqqan deb hisoblash mumkin. Shu sababli, Vektor uchining vaziyati koordinatalar bilan aniqlanadi. Shunga koʻra, har qanday Vektor tekislikda ikkita (x,x2), fazoda uchta (lg,*^), va oʻlchovli fazoda p ta (xt,xv…,x^ son bilan aniqlanadi.

Next Article

VEKTOR DIAGRAMMA