VELIKAYA

VELIKAYA — RF Pskov viloyatidagi daryo. Bejanitsi qirlaridan boshlanadi, delta hosil qilib Chud-Pskov koʻliga quyiladi. Uz. 430 km, havzasining mayd. 25,2 ming km2. Asosiy irmoklari: Issa, Sinyaya, Utroya (chapda), Sorot, Chere-xa, Pskova (oʻngda). Oʻrtacha yillik suv sarfi Pyatonovo qishlogʻi yonida 134 m3/ sek. Velikaya noyabrdan apr. boshigacha muzlab yotadi. Quyilish yeridan Velikayada yogʻoch oqiziladi. 40 km masofada kema qatnaydi. Velikaya sohilida Ostrov, Pskov va Opochka sh. lari joylashgan.

Prev Article

VELIGER

Next Article

VELIKOROSSIYA