VODIY — relyefning uzunasiga choʻzilgan botiq shakli. Hosil boʻlishiga koʻra erozion va tektonik Vodiy boʻladi. Vodiy larning dastlabki shakli, asosan eroziya natijasida, vaqtincha oqar suvlar hosil qilgan jarliklardir. Bir kancha shunday jarliklar birlashib suvi havzaga quyilgungacha kattalasha boradi. Vodiy yon bagʻri baland yoki past, tik yoki qiya, yondan Karaganda (profili) botiq, toʻgʻri qavariq yoki zina shaklida (terrasalar) boʻlishi mumkin. Tub jinslarning yotishiga (strukturasiga) qarab sinklinal, antiklinal, monoklinal, uzilma va graben V. lar boʻladi. Shakliga qarab Vodiy quyidagilarga boʻlinadi:
1) dara — tor V., yon bagʻirlari tik boʻladi, togʻli joylarda uchraydi. Tojikiston va Oʻzbekistonning bir qancha tumanlarida tangi deyiladi; 2) kanyon — tagi ancha tor, yon bashrlari juda tik, chuqur Vodiy, togʻ va platolarda uchraydi. Oʻrta Osiyoda qopchigʻay deyiladi; 3) koʻndalang kesimi V-simon Vodiy, asosan togʻlarda boʻladi;
4) tagi tekis Vodiy, tekisliklarda koʻp uchraydi;
5) togʻorasimon Vodiy — troglar; togʻlarda muzliklarning harakati natijasida vujudga keladi. Vodiyning yon bagʻirlarida terrasalar boʻladi. Tektonik choʻkish natijasida paydo boʻlgan baʼzi bir botiqlar — V. larga Oʻrta Osiyodagi Zarafshon vodiysi, Olay vodiysi, Fargʻona vodiysi, Shim. Amerikadagi Kaliforniya vodiysi va b. bunga mi-sol boʻla oladi. Bunday Vodiy larda aholi koʻpincha zich yashaydi.