VOLTA — ingichka paxta tolasidan polotno oʻrilishda toʻqiladigan ipakdek mayin ip-gazlama. Fakturasi (toʻqilishi) jihatdan batistga yaqin turadi, lekin undan bir oz dagʻalroq boʻladi. Koʻpincha, rang-barang gullar bosib, och va yorqin ranglarga boʻyab, baʼzan oxorlab va guldor qilib ishlab chiqariladi. V . dan ayollarning yengil yozgi koʻylaklari va ich kiyimlari tikiladi.