VULKAN

VULKAN (lot. vulcanus) — qad. Rim mifologiyasida olov, yongin, oʻchoq xudosi, olov bilan bogʻliq boʻlgan kasb-hunarlar homiysi. Yunon mifologiyasidagi olov va temirchilik sanʼati xudosi Gefestga toʻgʻri keladi. Koʻp tillarda tarqalgan «vulkan» (vulqon) soʻzi shundan kelib chiqqan (q. Vulkanlar).

Prev Article

VUJUDIYUN

Next Article

VULKAN BOMBASI