Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

VZVOD

VZVOD (rus.) — rota, batareya tarkibiga kiradigan harbiy boʻlinma. Bir nechta (2—4) boʻlinma, raschyot yoki ekipajdan iborat. Dastlab 17-a. oxirida piyoda va otliq, keyinchalik artilleriya qoʻshinida tuzilgan. Yangi qoʻshin turlari paydo boʻlishi bilan Vzvod ular tarkibiga ham kirgan. OʻzR harbiy xizmatida ham Vzvod tuzilishi saqlanib qolgan.

Prev Article

VYORSTKA

Next Article

VIA