XARAKIRI

XARAKIRI (yaponcha xara — qorin va kiri — yormoq, kesmoq) — Yaponiyada qornini yorib tashlash orqali shaxsning oʻz joniga qasd qilishi. Oʻrta asrlardan maʼlum. Samuraylar orasida qabul qilingan boʻlib, hukmga binoan yoxud ixtiyoriy suratda (samurayning oʻz homiysi, xoʻjayiniga sadoqat belgisi sifatida, samurayning «ornomusi toptalgan» chogʻda va b. holatlarda) amalga oshirilgan. 2-jahon urushida Yaponiya yengilgach (1945-y. avg.), bir qancha yapon soldat va zobitlari ittifoqchi qoʻshinlarga asir tushmaslik uchun Xarakiriga amal qilib, oʻzlarini oʻldirganlar. Hoz. Yaponiyada X. hodisalari kam uchraydi.

Prev Article

XARABALGʻAS

Next Article

XARAKTER