XARTLAYN

XARTLAYN (Hartline) Xolden Keffer (1903.22.12, Blumsberg, Pensilvaniya — 1983) — amerikalik fiziolog va biofizik. AQSH Milliy FA aʼzosi. Baltimordagi Jons Xopkins universitetini tugatgan (1927). Pensilvaniya universiteti (1943—49), J. Xopkins universiteti (1943—53), Rokfeller universiteti (1953 — 74) prof. Ilmiy ishlari boʻgʻimoyoklilar koʻzidagi ayrim nerv hujayralarining bioelektr potensiallariga oid. Nobel mukofoti laureati (1967; R. Granit va J. Uold bilan hamkorliqda).

Prev Article

XARTIYA

Next Article

XARTUM