XLOR

XLOR (yun. chloros — och yashil, sargʻishyashil, lot. Chlorum) , C1 — Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub kimyoviy element, galogenlarga kiradi. Tartib rakami 17, at. m. 35,453. Normal sharoitda 2 atomli gaz (S12). Xlorni ilk bor 1774-y. da shved kimyogari K. Sheyeli xlorid kislotani marganes (R/) oksid taʼsirida oksidlab hosil qilgan. J. GeyLyussak, fransuz kimyogari L. Tenar, ingliz kimyogari va fizigi G. Devi 1810-y. da Xlorning element ekanligini isbot qilishdi.

X. Yer poʻstining massa jihatidan 1,710^2% ini tashkil etadi, dengiz va okean suvlarida 2% gacha X. mavjud. Faol element boʻlgagʻgi sababli erkin holda vulqon gazlaridagina uchraydi. Asosiy minerallari: ga lit NaCl, silvin KS1, silvinit KClNaCl, bishofit MgCl26H2O va b. X.2ta barqaror izotoplar 35S1(75,53%) va 37S1(24,47%) aralashmasidan iborat. Sunʼiy radioaktiv izatoplaridan 34S1(T|/2=32,4 min), 36S1 (T1/2=3,08105-y.), 38S1(T|/2=37,29 min) kimyoviy va biokimyoviy jarayonlarni oʻrganishda foydalaniladi.

X. — oʻtkir hidli, sargʻishyashil tusli gaz. Havoga nisbatan 2,5-marta ogʻir. Suyuklanish trasi — YUG, kaynash trasi 34,G, zichligi 3,214 kg/m3. Suvda yaxshi eriydi. Tra koʻtarilishi bilan Xlorning suvda eruvchanligi pasayadi (100° li suvda X. amalda erimaydi). X. oʻz birikmalarida — 1, +1, +3, +4, +5 va +7 valentli. U kimyoviy jihatdan juda faol boʻlgani uchun koʻpchilik elementlar bilan bevosita birikadi, uglevodlardagi vodorod oʻrniga almashinadi. Tuyinmagan birikmalar SO, S2N4 va b. X. ni biriktirib olishi mumkin. Kislorod, azot, uglerod va inert gazlar X. bilan bevosita reaksiyaga kirishmaydi. Namgarchilik bulmagan muhitlarda X. temir bilan birikmaganligi bois un poʻlat ballonlarda tashish mumkin. l. vodorod bilan shiddatli reaksiyaga kirishib vodorod xlorid NS1 hosil qiladi. Suvda gidrolizlanishi natijasida kuchsiz gipoxlorid kislota NS1O va kuchli xlorid kislota NO hosil boʻladi. Xlorning S12O, S1O2, S12O6, S1207kabi kislorodli birikmalari va S12O8 tarkibli peroksidi maʼlum. X. ishqorlarning eritmalari bilan reaksiyaga kirishib xona trasida gipoxloritlar, qizdirilganda esa xloratlar hosil qiladi. X. boshqa galogenlar bilan reaksiyaga kirishib S1Gʻ,S1Gʻ3,VgS1, IC1, 1S13 kabi birikmalar beradi. Sanoatda X. NaCl ning suvdagi eritmasini poʻlat katod va diafragmadan foydalanib (diafragma usuli), ion almashtiruvchi membranalar yoki simob katod qUllab (simob usuli) elektrolizlab olinadi. X. dezinfeksiyalovchi vosita sifatida, ichimlik suvini tozalash va zararsizlantirishda qullanadi.

Metil xlorid, xloroform, tetraxlormetan, freonlar va tarkibida X. tutgan turli polimerlar olishda Xlordan keng foydalaniladi.

X. zaharli. X. ishlatiladigan korxonalarning havosida uning konsentratsiyasi 1 mg/m3 dan ortiq boʻlmasligi kerak. X. ionlari baʼzi fermentlarning faolligini oshiradi. Natriy xlorid tirik organizm hayoti uchun nihoyatda zarur modda. Odam organizmining qariyb 0,25% ini X. tashkil etadi.

Ad.: Parp iyev N. A., Rahimov X. R., Muftaxov A. G., Anorganik kimyo, T., 2003; Kasыmova S. S, Biogennыye elementы, T., 1990.

Rustam Maʼrupov.

Prev Article

XLAMIDOZ

Next Article

XLOR OKSIDLARI