XYUISH (Hewish) Entoni (1924.11.5, Foy sh., Kornuoll grafligi) — ingliz astronomi, London Kirollik jamiyati aʼzosi (1968-y. dan). Kembrij universitetida oʻqigan. Kembrij universitetining Mallard radioastronomik rasadxonasida ishlagan (1946-y. dan). Ilmiy ishlari radioastronomiyaga oid. Kichik burchak oʻlchamli radiomanbalarning ssintillyatsiyaskni tadqiq qilgan va Quyosh tojining tashqi qatlamlarini oʻrganish usullaridan birini taklif kilgan. Pulsarlarnk ochgan radioastronomlar guruhiga rahbarlik qilgan (1967). Nobel mukofoti laureati (1974; M. Rayl bilan hamkorlikda).