YADATOSHI

YADATOSHI, yada, jada, sangi jadi, xajar ulmutur (forscha jodu dan olingan) — rivoyatlarga koʻra, qadimda turkiy xalqlarda maxsus tosh yordamida tegishli afsun-duo oʻqish yoʻli bilan qor, yomgʻir, shamol, boʻron chaqirish yoki ularni toʻxtatish udumi. L. N. Gumilyovning yozishicha, Yadatoshi 20-asrgacha amaliyotda boʻlib kelgan. Sigir, ot yoki toʻngʻiz oshqozonidan chiqqan tosh ustida oʻqilgan duo yordamida yomgʻir chaqirilgan. Yadatoshi haqidagi dastlabki maʼlumotlar Xitoy manbalarida (Tan shu) qayd etilgan. Turkiy xalqlarga oid oʻrta asr tarixiy manbalarida dushmanga qarshi kurashda Yadatoshidan unumli foydalanilganligi haqida koʻplab maʼlumotlar uchraydi (q. Jangiloy). S. Ye. Malovning fikricha, Yadatoshi bilan bogʻliq marosimlar yaqin vaqtlargacha nafaqat oltoyliklar, tuvalar, balki boshqa turkiy xalqlar tomonidan ham oʻtkazilib kelingan (yana q. Sus xopgin).

Prev Article

YAGONA IQTISODIY MAKON

Next Article

YADRO