YAKKA PORSON — mil. 8-asrga oid qadimiy yodgorlik. Qoraqalpogʻistonning Beruniy tumani sharqida (Burgut qalʼa choʻllarida) joylashgan. Xom gʻishtdan qurilgan mustahkam istehkom. Ya. p. ni 1959 yil Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasi oʻrgangan. Topilmalar orasida teri va yogʻochga bitilgan qadimiy xorazmiy yozuv xarakterlidir.