YALTA

YALTA — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar (1837 yil dan). Qora dengiz boʻyidagi port va mashhur iqlimiy kurort, Qrim ya. o. ning lan. sohilida. Simferopolt. y. stansiyasidan 79 km (Ya. — Simferopol yoʻnalishida trolleybus qatnaydi). Simferopol, Boqchasaroy. Sevastopol shahrilariga boradigan avtomobil yoʻllari chorrahasi. Dengiz yoʻllari orqali Odessa, Batumi, RostovDon shahri lari bilan boglashan. Aholisi 81,6 ming kishi (2001).

Shahar 1 145-yildan Jalita nomi bilan maʼlum. 14-asrdan Gsnuya koloniyasi, 1475-yildan Turkiya qaramogʻiyaa. 1783-yilda Rossiyaga qoʻshib olingan. 1838-yildan Tavriya gubernyasining uyetd shahri. 19-asr oxirlaridan Yalta kurort sifatida rivojlandi. 1445-yil da Yaltada Qrim konferensiyayei boʻlib oʻtgan. 1954-yildan Ukraina tarkibida. 1991-yildan Ukrainaning Qrim Respublikasi tarkibida.

Yaltada tamakifermentatsiya, sut, asfaltbeton zdlari, vino sanoatining «Massandra» ishlab chiqarish agrar birlashmasi, baliq k-ti, bosh kiyimlar f-kasi bor. Suvenirlar ishlab chiqariladi. 2 teatr, filarmoniya, tarixiy muzey, A. P. Chexov uy-muzeyi faoliyat koʻrsatadi. Yalta yaqinida Nikita botanika bogʻi bor. Shaharda oʻrta asrlardan Isar istehkomi xarobalari, Iograf unguri saqlangan.

Prev Article

YALPIZDOSHLAR

Next Article

YALTIRBOSH