YARIM OROL — uch tomoni suv bilan oʻralgan va faqat bir tomondan materik yoki orolga tutashgan quruklik yer. Koʻpincha Yarim orol geologik jihatdan materik bilan bir butunni tashkil etadi. Mas, Arabiston, Hindiston, Qrim, Bolqon, Kamchatka ya. o. lari.