YEREVAN UNIVERSITETI

YEREVAN UNIVERSITETI — 1920-y. da tashkil etilgan. Mat., kibernetika, fizika, kimyo, biol., filol., tarix, huquqshunoslik, geol., sharqshunoslik, falsafa va b. ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Aspirantura, kutubxonasi (1,5 mln. ga yaqin asar) bor. «Ilmiy asarlar» nashr etadi. 7 mingga yaqin talaba oʻqiydi. Tashkil etilgandan beri 35 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi.

Prev Article

YEREVAN-3

Next Article

YEREVAN XONLIGI