YOʻLDOSHEV Karim (1940.15.1, Tosh-kent) — rej., Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1980). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intining rej. lik f-tini tugatgan (1965). 1965—75 y. lar Namangan teatrida rej., bosh rej., direktor, 1987—98 y. lar rej., 1999-y. dan yana bosh rej. 1975—86 y. lar Qashqadaryo teatrida bosh rej. Eng yaxshi spektakllari: «Sarvqomat dilbarim» (Ch. Aytmatov), «Layli va Majnun» (Xurshid), «Qaroqchilar» (F. Shiller), «Mayna Hasanova» (A. Rahmat), «Gʻariblar» (V. Delmar), «Oʻn uchinchi rais» (O. Abdullin), «Usmon Nosir qayerda» (A. Aʼzamov), «Qatagʻon» (Oʻ. Hoshimov), «Qirol Lirning soʻnggi nabiralari» (Shekspir va Pushkin asarlari asosida), «Alpomish» (A. Jabbor) va b. Hamza teatrida «Sohibqiron Temur» (A. Oripov) spektaklini sahnalashtirgan.