YOM, jom (moʻgʻulcha — yoʻl) — choparlar, yoʻlovchilar qoʻnadigan va ot almashtiradigan joy, bekat. Yo. da doim otlar shay turib, bir qancha kishi xizmat qilgan. 13a. da tashkil etilgan. Yom xizmatchisi yomchi deb atalgan (ruscha yamщik shundan olingan).