YOQUBOV

YOQUBOV Dadaxon (1954.20.4, Jalolquduq tumani) — jurnalist. Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1990). ToshDUni tugatgan (1979). Ish faoliyatini telejurnalist sifatida boshlagan. «Hayot quvonchlari va tashvishlari» telekoʻrsatuvi, «Navroʻz» uzluksiz koʻrsatuvi bilan elga tanildi. 1992-y. may oyidan «Navroʻz» xayriya jamgʻarmasi tuzildi va shu yildan Yoqubov jamgʻarmaning raisi. «Hayot quvonchlari va tashvishlari», «Muhabbat mavsumi» badiiypublitsistik kitoblarida insonni eʼzozlash, milliy kadriyatlarni ulugʻlash, «Navroʻz» anʼanalarini keng targʻib qilish, teran, ayni vaqtda oddiy ijtimoiyfalsafiy fikrlar orqali Vatanga muhabbat gʻoyalari aks etgan. Oʻzbekiston Oliy Kengashi deputat (1990—95). «Mehnat shuhrati» ordeni bilan takdirlangan (1999).

Prev Article

YOQUBOV