YOSTIQ

YOSTIQ — 1) bosh qoʻyib yotiladigan, yenboshlab yoki suyanib oʻtiriladigan uy ashyosi. Jildi gazlamadan tomonlari teng (murabba), toʻrtburchak yoki dumaloq (bolish) shaklida tayyorlanadi, ichiga par, paxta, jun solib tikiladi;

2) arava gupchagiga qoqilgan yogʻoch boʻlak;

3) objuvoz oʻqining turumi joylanadigan quyma choʻyan boʻlak, turumlarni tekis aylanishini taʼminlaydi;

4) Yostiq shaklidagi naqsh.

Prev Article

YOSIN TIZMASI

Next Article

YOSTIQPOʻSh