YOVVOYILIK

YOVVOYILIK — insoniyat tarixi 3 davrining (Yo., vahshiylik, sivilizatsiya) birinchi bosqichi. Bu tushunchani fanga amerika tarixchisi va etnografi L. G. Morgan (1818—81) kiritgan. U odamning paydo boʻlishidan boshlab kulolchilikning kelib chiqishi bilan tugaydigan bosqichni Yovvoyilik davri deb hisoblagan. Yovvoyilik davri odamning shakllanish va ilk urugʻchilik tuzumi vaqti (arxeologik davrlashtirishga koʻra paleolit va mezolit davrlari)ga toʻgʻri keladi. Yo. Kuchma maʼnoda — oʻta madaniyatsizlikni bildiradi.

Prev Article

YOVVOYI GʻOʻZALAR

Next Article

YOVMUT