YUNUS

YUNUS — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Zunnun, yaʼni katta baliq (kit)ning hamrohi degan nom ham olgan. Bibliyadagi Ionaga toʻgʻri keladi. Qurʼonning 10-surasi uning ismi bilan ataladi. Qurʼonda Allohning yagonaligini tan olmagan oʻz qavmidan gʻazablanib, parvardigorning iznisiz shahardan chiqib ketgani, kemada qochgani, suvga tashlangani, uni katta baliq yutib yuborgani, Alloh uni qutqargani, soʻng u targʻibot olib borgan qavm bu dunyo jazolaridan qutulib qolgani haqida bayon etiladi. Qurʼondagi Yunus qissasida qavmni hidoyatga boshlashda sabrtoqatli, bardoshli boʻlishga daʼvat bor. Hoz. vaqtda Yunus paygʻambarning qabri (Iroq, Mosul shahri yaqini) qadamjolardan hisoblanadi.

Prev Article

YUNON-FORS URUSHLARI

Next Article

YUNUS RAJABIY