ZAKAVKAZYE (rus — Kavkazorti) — Kavkazning Katta Kavkaz yoki Bosh (Suvayirgich) tizmasidan jan. dagi kismi. Zakavkazyega Katta Kavkaz jan. yon bagʻrining koʻp qismi, Kolxida pasttekisligi va KuraArake pasttekisligi, 3. togʻligi, Tolish togʻlari va Lenkoran pasttekisligi kiradi. Zakavkazyeda Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya respublikalarining aksari qismi joylashgan.