ZARANG

ZARANG (Acer L.) — zarangdoshlar oilasining bir turkumi. Bargi karamaqarshi joylashgan, tekis qirrali, patsimon murakkab; guli shingil, sargʻishkoʻkimtir, aktinomorf. Mevasi quruq, qoʻshqanotli, ikki urugʻli, Yevropa, Osiyo, Shim. Afrika, Shim. Va Zarang: 1 — toʻpguli; 2—mevasi; 3—bargi. Markaziy Amerika va b. yerlarda 120 ga yaqin turi bor. Uzbekistonda 14 turi usadi, shundan 9 turi park va xiyobonlarda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Ikkita yovvoyi turi — A. turkestanicum Pax va A. semenovii Rgl. Et Herd Uzbekistonda keng tarqalgan boʻlib, togʻlarda 2000 m gacha balandlikda ham oʻsadi. 3. choʻl va adirlarni koʻkalamzorlashtirish maqsadida koʻplab ekiladi. Yogʻochi duradgorlikda ishlatiladi.

Prev Article

ZAR SUVI

Next Article

ZARANGDOSHLAR