ZARBDOR

ZARBDORJizzax viloyati Zarbdor tumanidagi shaharcha (1992-y. dan), Zarbdor tumanining markazi. Tumanning jan. da joylashgan. T. y. stansiyasi. Viloyat markazi — Jizzax sh. dan 30 km sharqda. Aholisi 9 ming kishi (2001). Zarbdorda tuman hokimiyati binosi, un kti, paxta tozalash zdi, avtokorxonalar, dehqon bozori, maishiy xizmat va savdo shoxobchalari, madaniyat saroyi, klublar, 2 umumiy taʼlim maktabi, kasbhunar litseyi, stadion va b. bor. Shaharcha muhim avtotransport yoʻllari yoqasida joylashgan. Viloyat markazi va b. aholi punktlari bilan avtomobil yoʻli orqali bogʻlangan.

Prev Article

ZARBA

Next Article

ZARBDOR TUMANI